Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   149


 
7.2.7 Muammoli dars turi 
Zamonaviy dars jarayonlarida o‘quvchilarning mustaqilligini oshirish ijodiy 
faoliyatini rivojlantirish uchun ta’lim muammoli tarzda tashkil etilishi lozim. 
O‘quvchilarning zehnini uyg‘otadigan, aktivlashtiradigan metodik tadbirlar tashkil 
etilishi lozim.
Hozirgi geografiya darsi, maksimal ma’lumotlar, ko‘plab raqamlar, 
geografik nomlar berishgagina emas, balki o‘quvchilarning informatsion manbalar 
bilan ishlab, mustaqil bilim olish yo‘llarini o‘rgatishga qaratilmog‘i maqsadga 
muvofiqdir. Yangi mavzuni o‘rganish tushuntirishdan, yangi bilimni bayon 
etishdan iborat bo‘lmay, materiallarni mustaqil o‘rganish yo‘llari, usullarini 
o‘rgatish bilan birga olib borilishi kerak. O‘quvchining o‘zi biror muammoni hal 
etishi, tafakkurini ishga solishi ma’qul. Ular biron masalani hal etsa, albatta, 
mamnun bo‘ladi, ilhomlanib, kelgusi mashg‘ulotlarda ham biror masalani 
yechishga intiladi. Materialni mustaqil o‘rganish o‘quvchidan muntazam 
fikrlashni, nimanidir hal etishni talab qiladi. Muammoli darsning zaruriy shart-
sharoiti muammoli vaziyat yaratishdir. Muammoli vaziyat masalani hal etish 
uchun yangi bilimlar va faoliyatlarning yangi turlarini izlab topishni talab etadigan 
intelektual-aql-idrok talab etuvchi qiyinchiliklardan iborat. Muammoli ta’lim, 
o‘qituvchilarning hikoya qilishi, tushuntirishi, bilimini aniqlash sxemasini tan 
olmaydi.
Bunday ta’limning mohiyati uni amalga oshirishda 2 fikr, yo‘nalish mavjud. 
1. O‘quvchining o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarini bajarib, 
mustaqil o‘rgansalar, geografik ma’lumotlarni bilish uchun izlansalar, buni 
muammoli dars deb hisoblaydilar. Ular qiyoslash, tabiat komponentlari orasidagi 
o‘zaro aloqadorlik sabablarini aniqlash maqsadida evristik (savol-javob) suhbat 
uchun an’anaviy Blis so‘rovni muammoli deb hisoblaydilar. 
Masalan, materikning qit’dan farqi? Nima uchun Antarktida juda sovuq 
materik? Meksika iqtisodiyotining bir tomonlama rivojlanishiga sabab nima? 
2. Muammoli dars geografiya fani metodlari va fan tarixini maktab 
geografiya kursida aks etishi deb tushuniladi. Fan tarixi deganda yirik ilmiy 
kashfiyotlar xronologiyasi, olimlar, metodist geograflarning nomlari, geografiya 
fanida vujudga kelgan muammolar, ilgari surilgan gipotezalar, ularni tadqiq etish 
va nazariyaga aylantirish yo‘llarini bilish nazarda tutiladi.


158 
Geografik obyekt va hodisalar haqidagi bilimlar va ularning vujudga kelishi 
usullarini ko‘rsatish «yangi bilim qanday vujudga kelganligi» haqida muntazam 
Blis so‘rov berib borish bilan qo‘shib o‘rganilsa, bu ta’lim muammoli deb 
hisoblanadi. O‘quvchilar faktlarni biladilar, ammo geografik aloqadorlikni tabiat 
komponentlari orasidagi bog‘lanishlarni aniqlashda qiynaladilar. Ilgari egallagan 
bilimlarni tadbiq etishni bilmaydilar. 
Muammoli darsni amalga oshirish uchun geografiya o‘qituvchilarining 
asosiy vazifalari: 
1. Har bir geografiya kursi oldida turgan muhim va amaliy muammolarni, 
ularni hal etish metodlarini belgilab chiqishlari lozim. 
2. Nazariy va amaliy muammolar geografiya fanining asosiy metodlaridan 
qaysi birlarini, qaysi kursda, qaysi mavzuda o‘quvchilarga yetkazish maqsadga 
muvofiqligini ishlab chiqishi lozim. 
3. Har bir geografiya kursiga oid muhim ilmiy kashfiyotlar, ularning 
muammolarini belgilab chiqishlari kerak. 
4. Har bir geografiya kursi har bir yirik mavzu uchun muammoli yangi 
bilimlarni egallash usullarini izlashni talab etuvchi topshiriqlar sistemasini ishlab 
chiqishlari shart. 
5. Muammoli darsni amalga oshirish uchun geografiya o‘qituvchilarida 
yangi bilimlarni egallash usullarini, bilimlarni o‘quvchilarga yetkazish yo‘llarini, 
o‘quvchilar o‘zlashtirishlari lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni bilish kerak. 
6. Geografiya fanining asosiy metodlarini o‘quvchilarga tushuntirishlari, 
egallagan bilimlarni amalda tadbiq etish bilan mustahkamlashlari lozim. 
Muammoli darslarni amalga oshirishda tadqiqot natijalari va geografiya fani 
metodlari haqida bilim berishda illustratsiyali tushuntirish metodlaridan 
foydalanish mumkin. Bu o‘quvchilarni mustaqil ishga tayyorlaydi. O‘qituvchi 
o‘quvchiga tushuntirishni, izohlashni, asoslashni, dalillar ko‘rsatishni talab etuvchi 
topshiriqlar beradi va ijrosini talab etadi. Bilim berishda o‘quvchilarning bilish 
qobilyatlarini rivojlantiruvchi didaktik o‘yinlardan foydalaniladi. O‘yinlar 
jarayonida mulohaza qilish, fikrlash, bahslashish va o‘z fikrini dalilashga urinish 
bilan muammoli darsning elementlari amalga oshiriladi. 
Masalan, Sankt-Peterburgdan Vladivostok shahriga (Yevrosiyo materigining 
atrofidagi okean va dengizlar orqali) kemada sayyohat qiling. 
1.
Qaysi okean, dengizlardan o‘tasiz. 
2.
Qaysi bug‘oz orqali o‘tasiz. 
3.
Qaysi yarim orollardan o‘tishga to‘g‘ri keladi. 
4.
Qaysi iqlim mintaqalari va iqtisodiy rayonlarni kesib o‘tadi. 
Muammoli darsni amalga oshirish uchun:


159 
1. Geografiya o‘qituvchilari o‘rta maktab geografiya dasturlari mazmunini, 
o‘quvchilar egallashlari lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni qunt bilan o‘rganib 
chiqishlari kerak.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin