Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   149


1.
 
Muammali darsni joriy etish har bir geografiya o‘qituvchisidan 
takomillashtirilgan, zamonaviy jarayonli ta’lim metodlarini tadbiq etishni talab 
etadi. 
2.
 
Geografiya o‘qituvchisining eng asosiy mas’uliyatli vazifasi zamon talabi 
asosida, yuqori saviyada ta’lim berish.
 
 
7.3. O‘quvchilar bilimini tekshirishning shakl va usullari
 
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish asosan uch xil 
usulda amalga oshiriladi:
1 – og‘zaki tarzdagi tekshirish usuli;
2 - yozma tekshirish usuli;
3 – amaliy ishlarni tekshirish usuli.
Og‘zaki tekshirish usuli. Tekshirishning bu usuli barcha tekshirish 
jarayonida yetakchi hisoblanadi. Og‘zaki tekshirish ikki xil: yakkama – yakka va 
yoppasiga so‘rash usulida olib boriladi. Individual so‘rash-og‘zaki tekshirishning 
asosiy va ko‘p qo‘llaniladigan turidir. So‘rashning bu usuli o‘quvchilarning 
fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishi lozim, bu esa, beriladigan savolga bog‘lik. 
Asosiy savol birinchi berildigan savol bo‘lib, u kengroq, to‘liqroq javob 
berishni talab qiladi. Masalan, “Yevrosiyo iqlimi” mavzusi yuzasidan quyidagi 
Blis so‘rovni tavsiya etish mumkin:
a) Yevrosiyo iqlimining tarkib topishiga qaysi omillar hal qiluvchi ta’sir 
ko‘rsatadi?
b) Yevrosiyo iqlimining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
v) Hind okeani Yevrosiyoning relyefi va iqlimining tarkib topishiga qanday 
ta’sir ko‘rsatadi? 
O‘quvchilarning javobi faqat mazmuni jihatidangina emas, balki shakli 
jihatidan ham tekshirilishi lozim. O‘quvchilarni muayyan bir tartib bilan adabiy 
tilda javob berishga o‘rgatish kerak. Individual so‘rashning ayrim salbiy tomonlari 
ham bor. So‘rash vaqtida ko‘pchilik o‘quvchilar javobni tinglamasligi, boshqa ish 
bilan shug‘ullanib o‘tirishlari yoki o‘qituvchining chaqirishini kutib, navbatdagi 
beriladigan savolga javob axtarib o‘tirishi mumkin. Yoppasiga so‘rash mavzu 
o‘rganib bo‘linganidan keyin ham o‘tkazilishi mumkin. Yangi mavzuni 
o‘rganishga kirishishdan oldin ham o‘rganilgan mavzular o‘quvchilardan 
yoppasiga so‘raladi. Ko‘rgazmali qurollar yuzasidan ba’zi bir Blis so‘rov berish 


160 
yo‘li bilan ham o‘quvchilarning tabiiy geografik obyektlar to‘g‘risida olgan 
tasavvurlari va bilimlari tekshirib ko‘riladi. 
Yozma tekshirish usuli. Bu usul o‘quvchilarning bilimini aniqlash 
maqsadida o‘tkaziladi. Bunday tekshirishlar kundalik dars hamda katta mavzular 
va bilimlar yuzasidan o‘tkazilishi mumkin. Yozma tekshirishda o‘quvchilarning 
karta bilan ishlashga doir ko‘nikma va malakalarini aniqlashga alohida e’tibor 
berish lozim. O‘zbekistondagi ilg‘or geografiya o‘qituvchilarining “kartadan 
sharhlash” usulida olib boradigan yozma ishlari diqqatga sazovordir. O‘quvchilar 
bilimini yozma tekshirishda jadvallar to‘ldirish, “karta sayohat”ni yozma tasvirlash 
va geogrifik diktantdan foydalanish mumkin. Matn usulidagi topshiriqlar bir 
qancha Blis so‘rovdan iborat bo‘ladi: Javob berishda raqamlar o‘rnini almashtirish, 
qisqacha javob yozish, yoki chizib qo‘yish bilan kifoyalanishi kerak. Test usulida 
tekshirish o‘quvchilarning haqiqiy bilim va ko‘nikmalarini aniqlashga yordam 
beradi. Geografik diktant o‘quvchilarning geografik tasavvurlarini kengaytiradi, 
ularni topqirlik va xozir javoblikka o‘rgatadi. Yozma ish olingandan so‘ng 
navbatdagi darsdayoq uning natijasini, ya’ni baholarini eshittirish lozim. 
Amaliy tekshirish usuli. Bu usul qisqa (10 minut chamasi) vaqt ichida 
barcha o‘quvchilar bilimini aniqlash va baxolashga yordam beradi. Amaliy 
tekshirishning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin: 
1.
Kartada bajariladigan ishlar va mashqlar - o‘quvchilarning kartada mo‘ljal 
olishlari, kartaning masshtabi, karta va globusdagi gradus turlaridan foydalana 
olishlarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Kartada aniqlangan o‘lchov natijalari 
bilan globusda aniqlangan o‘lchov natijalari solishtiriladi. 
2.
Topografik diktant - o‘quvchilarning topografik karta belgilarini qay darajada 
bilib olganliklarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Masalan, daftarda yoz 
paytida o‘tkazilgan sayohat marshruti va atrofdagi joylarni tasvirlash mumkin. 
3.
Geografik topshiriqlar. Bunday topshiriqlarning mazmuni xilma - xil bo‘lishi 
mumkin. Havo temperaturasi har 100m. balandga ko‘tarilgan sari 0,6 soviy 
boshlasa 3450 m. balandlikka ko‘tarilgandan keyin necha gradus bo‘ladi? 
4.
Kartalarni solishtirish. Bu usul o‘quvchilarni karta bilan ishlashga, ularni 
xayolda fikran solishtirishga o‘rgatish maqsadida qo‘llaniladi va o‘quvchilar 
bilimini tekshirishda foydalaniladi. 
5.
Yozuvsiz karta bo‘yicha berilgan topshiriqlar. Yozuvsiz kartalardan geografik 
diktantlardan tashqari nazorat topshiriqlar uchun ham foydalanishi mumkin. 
6.
Asboblar yordamida ko‘nikmalarni tekshirish. Bu usulda o‘quvchilarning bilim 
va ko‘nikmalari - ruletka, playshet, kompas, termometr, flyuger, qor qalinligini 
o‘lchaydigan reyka, gnomon, skafis kabi asboblar bilan aniqlanadi. 
7.
O‘quvchilarning bilimi butun dars jarayonida hisobga olinib, dars oxirida 
baholanadi, bunda quyidagilarga e’tibor berish lozim: 


161 
a) o‘rganilgan mavzuni yaxshi bilishiga; 
b) qonuniyatlarni tushunib olishiga; 
v) javobni o‘lka materiallari bilan bog‘lay olishiga; 
g) yangi o‘rganilgan mavzuni ilgari o‘rganilgan mavzularga bog‘lab javob 
qaytarishga; 
d) kartani o‘qiy bilishiga;
e) mustaqil va ishonch bilan javob berishiga.
Bilimni tekshirish va baholash - o‘qituvchidan qunt va mahorat talab 
qiluvchi ta’limning murakkab qismidir. Ta’limning texnika vositalaridan, xususan, 
o‘rgatish va bilimni tekshirish uchun qullaniladigan yangi nazorat mashinalaridan 
foydalanish esa vaqtni ko‘p oladigan bu jarayonni avtomatlashtirishga imkon 
beradi. Xozirgi vaqtda maktab o‘quvchilarining bilim va malakalarini nazorat 
qilish va baholashda “Ekzamenator”, “Ogonok”, “TE-3”, “AKPO”, “ASPK- 7B”, 
“O‘zbekiston”, “TEMP -2M” va boshqa mashinalar hamda eng dasturlashtirilgan 
nazorat qurilmalari, perfokartalardan foydalanilmoqda. Bu vositalarning vazifasi 
maxsus nazarat dasturlari yordamida o‘quvchilarning o‘quv materialini qay 
darajada o‘zlashtirganliklari to‘g‘risida axborot olishdir. Bu mashina boshqa 
nazorat qilish mashinalariga ko‘ra ancha qulaydir. U bilan butun sinfni 5 minut 
ichida so‘roqlash va natijada olingan axborotni 4 minut ichida tekshirish va 
baholash mumkin. O‘quvchilarning geografik bilim va malakalarni tekshirish va 
baholash uchun turli variantlarda test dasturlari tuziladi. Har bir o‘quvchida 
bittadan indentifikatsion kartalar bo‘lib,ularda 1 dan 6gacha Blis so‘rov nomeri va 
1dan 4 gacha javoblar nomeri hamda 1 dan 6 gacha variantlar nomeri bo‘ladi. 
O‘quvchilarning familiya, ism, sinfi va jurnaldagi nomeri identifikatsion kartaning 
tashqi qismiga yozib, o‘quvchilarga test Blis so‘rovi bilan birga tarqatiladi. 
O‘quvchi Blis so‘rovga to‘g‘ri javob nomerlarini aniqlab, panelning mos nomeriga 
tug‘ri kelgan kontaktni qalam bilan bo‘yab belgi qo‘yadi. 
O‘quvchi kartalarni yig‘ishtirib olib, mashinadagi to‘g‘ri javoblar kodi va 
variant nomerlarini moslagan holda mashinaga joylashtiradi. So‘ng baho dastagini 
bosadi. Mashina ko‘rsatkichida o‘quvchining variant raqami va to‘g‘ri javob 
raqamiga to‘g‘ri keladigan baho aks etadi. Mashinaga kiritilgan qalamda qo‘yilgan 
belgilar o‘chirg‘ich bilan o‘chirilib, qayta ishlatilish mumkin. Agar maktabda 
nazorat qiluvchi va baholovchi mashinalar bo‘lmasa, ularning vazifasini 
perfokartalar ham bajarishi mumkin. Buning uchun 14x20 sm kattalikda karton 
qog‘oz olinib, quyidagicha teshiklar hosil qilinadi. 
Ushbu perfokartadan xar bir o‘quvchiga 1tadan tayyorlanadi. Perfokartadan 
foydalanish quyidagi tartibda bajariladi. 
1.
Perfokartaning orqa tomaniga qisqich yordamida oq qog‘oz yopishtiriladi va uni 
test dasturi bilan birga o‘quvchilargi beriladi. 


162 
O‘quvchi perfokartaning teshiklariga o‘z ismi, familiyasi, sinfi, variant nomerini 
yozadi. So‘ngra o‘quvchi to‘g‘ri javob nomerlarini perfokartaning mos nomeriga 
qalam bilan belgi qo‘yadi. 
Ismi va familiyasi 
Sinfi 
Variant № 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin