Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   149


7.2.6. Ma’ruza darsi 
Ma’ruza (leksiya) deganda mavzuni ravon, ilmiy va izchillik asosida bayon 
etilishi tushuniladi.
Leksiya 30-40 minut davom etiladi. Qolgan vaqtni o‘qituvchi tomonidan 
berilgan maslahat va uyga vazifa egallaydi. Bu metodlar boshqa metodlar bilan 
uyg‘unlashtirilib olib borilsa, uning samarasi yuqori bo‘lishligi tajribalarda 
isbotlangan. Ma’ruza o‘quvchilardan o‘qituvchining bir oz uzun nutqini eshitishni 
talab qiladi. Shu tufayli undan yuqori sinflarda ko‘proq foydalaniladi. Ma’ruza oliy 
o‘quv yurtlaridagi talabalarga 80 minutda, maktab o‘quvchilariga 30-40 minut 
vaqtda o‘qitilishi bilan farq qiladi. Ma’ruza o‘qituvchidan katta tayyorgarlik talab 
qiladi. U bir vaqtning o‘zida ta’lim shakli bo‘lish bilan birga o‘qitishni og‘zaki 
bayon qilish uchun ham mo‘ljallanadi. Geografiya ta’limida ma’ruza qilish 
darslarida, dasturning yirik boblarini o‘tganda, o‘rganilayotgan materialda nazariy 
bilimlar ko‘proq bo‘lsa, keng qo‘llaniladi. Ma’ruzani o‘qituvchidan tashqari ilmiy 
xodimlar, iqtisodchilar, jurnalistlar va boshqa mutaxassislar ham olib borishlari 
mumkin. 
Ma’ruzaga tayyorlanishda quyidagi reja asosida ish ko‘rish maqsadga 
muvofiq: 
1. Mavzuni tanlash va ma’ruza maqsadini aniqlash; 
2. Tinglangan mavzu bo‘yicha darslik va qo‘shimcha adabiyotlardan 
foydalanib, materiallarni o‘rganish; 
3. Ma’ruzaning reja-ko‘chirmasini tayyorlash, unda ma’ruza vazifalari, 
jihozlari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati, uy vazifasi belgilanishi kerak. 
Ilg‘or o‘qituvchilar tajribalari shuni ko‘rsatyaptiki, ma’ruzani quyidagi 
hollarda ko‘proq qo‘llash samarali natijalar beradi. 
1. Oldingi materiallar bilan oz miqdorda bog‘liq bo‘lgan yoki umuman 
bog‘liq bo‘lmagan yangi materialni o‘tishda. 
2. O‘tilgan o‘quv materiallarining turli bo‘limlarini umumlashtirishda. 
3. 
O‘rganilgan qonuniyatlarning amalda qo‘llanilishi to‘g‘risida 
o‘quvchilarga ma’lumotlar berilganda. 
4. Fanlararo aloqalar zarur bo‘lgan mavzular o‘rganilayotganda. 
5. Muammoli darslarni o‘tkazishda. 


156 
Oliy maktab ma’ruzasi konkret material ustida atroflicha nazariy muhokama 
yuritish, uni ilmiy asoslash chuqur tahlil qilish va umumlashtirishdan iborat. 
Ma’ruza materiallari tahlili umumlashtirishlar suhbat shaklida emas, monolog 
shaklida bo‘ladi. Tahlil qilish, umumlashtirish, tartibga solish va muhokama 
yuritish ma’ruza metodining eng muhim tomonlarini tashkil etadi. Oliy maktab 
ma’ruzasi o‘zining ana shu xususiyatlari bilan ajraladi. Maktab ma’ruzasi faqat 
ajratilgan vaqtning ko‘p yoki ozligi bilan emas, balki o‘zining mazmuni, o‘qitilish 
va o‘rganishning metodlari jihatdan ham oliy maktablardagi ma’ruzalardan farq 
qiladi. Uning ahamiyati shundaki, o‘quvchilarni tinchlantirishga, asosiy narsalarni 
ajrata bilishga va konspekt olishga ham o‘rgatadi. Ma’ruza uchun nazariy bilimlar 
ko‘proq mujassamlangan mavzu tanlash kerak. Bundan tashqari tanlangan material 
o‘zida qiziqarli faktlarni mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak. O‘qituvchi leksiya 
mavzusi bilan birga uni bayon qilish rejasini ham e’lon qiladi. Reja doskaga yozib 
qo‘yilsa, yana ham yaxshi, har bir bandga alohida to‘xtash kerak. 
Maktab ma’ruzasida suhbatning ayrim ko‘rinishlari ham qo‘llaniladi. 
O‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, ularning diqqatini ma’ruzani 
muhim tomonlariga jalb qilish maqsadida Blis so‘rov berib boriladi. Maktab 
ma’ruzasi bayon qilingan material yuzasidan yakuniy suhbat bilan tugaydi. Maktab 
ma’ruzasida o‘quvchilar yozib ulgurishlari uchun sekin o‘qiladi. Ma’ruzadagi 
raqam materiallar, ayrim tushunchalar, atamalar, doskaga yozib borilishi yanada 
yaxshi. O‘quvchilarni ma’ruza rejasini mustaqil tushunishga o‘rgatish kerak. 
O‘quvchilar tuzgan reja baholab borilsa, samarali natijalar berishi mumkin. 
Ma’ruzani ikki usulda tashkil qilish mumkin: O‘qituvchi ma’ruzasi olim 
yoki mutaxassis ma’ruzasi, tajribalar shuni ko‘rsatadiki, mutaxasis yoki olim 
o‘qigan leksiya o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi. Ma’ruza jarayonida texnik 
vositalar, turli ko‘rgazmali qurollardan ham foydalanish kerak. Iqtisodiy 
geografiya kurslarida zonalar, jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasida 
rivojlangan mamalakatlar, Osiyodagi rivojlanayottgan mamlakatlar, Afrika 
mamlakatlari, jahon iqtisodiy munosabatlari kabi juda ko‘p mavzularda ma’ruza 
metodini qo‘llash mumkin. Ma’ruzani sinov - seminar tizimi bilan qo‘shib olib 
borish maqsadga muvofiq. Ma’ruzada o‘quvchilarning mustaqil ishlariga ham 
e’tibor berish lozim. Maktab ma’ruzasi quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
1. Ma’ruza ilmiy jihatdan mukammal bo‘lishi lozim. 
2. Ma’ruza darslik mazmuniga qaraganda keng, uni ko‘p jihatdan 
oydinlashtiradigan bo‘lishi kerak. Ma’ruza mazmuni darslik mazmunidan qisqa 
yoki aynan shu mazmundan iborat bo‘lib qolsa, uni o‘quvchilar deyarli tinglamay 
qo‘yishlari mumkin. 
3. Ma’ruza mazmunan ko‘rgazmali bo‘lishi kerak. 


157 
4. Ma’ruza o‘quvchilarni fikrlashga, voqea va hodisalarni tahlil qilishga
umumlashtirishga o‘rgatishi kerak. 
5. Ma’ruzaning o‘quvchilarga yetib borishi uchun o‘qituvchi o‘zining nutqi 
ustida ko‘p ishlashi lozim. 
6. Blis so‘rov ma’ruza yakunida berilishi maqsadga muvofiq.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin