Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author


 Yangi materiallarni o‘rganish, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish va



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   149


 
7.2.2. Yangi materiallarni o‘rganish, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish va 
mustahkamlash darsi. 
Bunday dars tarkibiy qismida bilimlarni tekshirish alomati uchramaydi
darsning asosiy maqsadi o‘quvchilarga yangi bilimlar berishdan iborat bo‘ladi. 
O‘rganiladigan material hajmi katta bo‘lib, uni o‘zlashtirish o‘quvchilar 
uchun birmuncha qiyinchilik tug‘dirsa hamda turli ko‘rsatmali qurollar va vositalar 
talab etiladigan bo‘lsa, shu xil darsdan foydalaniladi.
Chorak boshida, yirik va murakkab mavzularni o‘rganishda butun dars yangi 
bilimlarni egallashga qaratilishi mumkin. Bu dars o‘qituvchidan bilim, mahorat, 
ijod talab qiladi. Yangi bilimlarni berish darsi o‘qituvchidan o‘quvchilar diqqatini 
uzoq vaqt o‘ziga jalb qilib turishni talab qiladi. Bunday darslar iqtisodiy geografiya 
darslarida ko‘p qo‘llaniladi. 
Bunday 
darslarda 
egallangan 
bilimlarni 
amalda 
sinash, 
ko‘proq 
o‘quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash, har xil mashqlarni bajarishga e’tibor 
beriladi. 
Bu darslarning asosiy maqsadi geografiyaga xos bo‘lgan hamda nazariy 
bilimlar bilan mustahkam aloqada bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni 
shakllantirishdan iborat. O‘quvchilar faoliyati amaliy ishlarni bajarishga ko‘proq 
jalb qilinadi. Ko‘nikma va malakalar bevosita bilimlarni egallash jarayonida 
bajariladigan amaliy ishlarda shakllantiriladi. Masalan, geografik koordinatalarni 
aniqlash, tekisliklarga, tog‘larga ta’rif berish, mahalliy va mintaqa vaqtiga oid 
masalalar yechish, karta va globus asosida xilma-xil mashqlarni bajarish va 
boshqalar. 
Amaliy ishlarning ba’zilarini yangi materialni o‘rganib uni mustahkamlash 
qismida, ayrimlarini so‘rash jarayonida ham uyushtirish mumkin, so‘rash 
jarayonida uyushtirilgan amaliy ishlarni oldindan tuzilgan tayyor reja asosida 
amalga oshirish maqsadga muvofiq. Masalan, tekisliklarni ta’riflash, daryolarni 
taqqoslash, geografik koordinatalarni aniqlash va hokazolar. Ko‘nikma va 
malakalarni shakllantirish, amaliy ishlarni mashq qilish va yakuniy guruhlarga 
ajratish mumkin. Mashq qilish tarzidagi amaliy ishlar o‘quv ishlarining biror-bir 


153 
metodida o‘rgatishni, masalan, obyektning geografik o‘rnini aniqlash, karta 
bo‘yicha profil tuzishni o‘rganish va hokazolarni maqsad qilib qo‘yadi. Yakuniy 
tarzda amaliy ishlar geografik obyektlarga ta’rif berishda, masalan, tabiiy hududiy 
komplekslar, tabiiy rayonlar, xalq xo‘jaligi tarmoqlari kabi masalalarni o‘rganishda 
keng qo‘llaniladi. Ularni bajarish uchun maxsus darslar ajratilgan bo‘lib, bunday 
darslarning asosiy maqsadi geografiyaga xos bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni 
shakllantirishdan iborat. Ko‘nikma va malakalarni shakllantiruvchi darslar 
quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘ladi: 
1) ta’lim-tarbiyaviy vazifalarning qo‘yilishi;
2) o‘quvchilarni amaliy topshiriqlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan o‘quv vositalari 
bilan tanishtirish;
3) amaliy topshiriqlar natijalarini yakunlash uchun ko‘rsatmalar berish, ishga 
yakun yasash va uyga topshiriq berish. 
Yakuniy tarzdagi amaliy ishlari o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil 
qiladi. Masalan, okean, materiklar, tabiiy komplekslar yoki biror mamlakat og‘ir 
sanoati, qishloq xo‘jaligiga ta’rif yozish bunga misol bo‘ladi. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin