Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   149


7.6. Dars uchun material tanlash 
Darsda o‘rganiladigan materiallar mazmuni o‘quv dasturiga mos bo‘lishi 
kerak. Dasturda o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan tushunchalar va ularni 
o‘zlashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan bo‘lsa, darslikda esa tushunchalar mazmuni ochib 
beriladi. O‘qituvchining o‘quvchilarga beradigan ta’lim mazmuni maktab 
darsligidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Ayrim qo‘shimcha bilimlar 
o‘quvchilarni geografiya faniga qiziqtirishni e’tiborga olgan holda berilishi ham 
mumkin. Har bir dars nafaqat o‘quvchilar bilimini oshirishi, balki ularning 
geografik madaniyatini har tomonlama rivojlantirishi kerak. Eng muhimi, 
o‘quvchilarni tarbiyalovchi funksiyalarga ega bo‘lishi zarur. Tajribalar va 
kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, faqat geografik obyektlarni tasvirlovchi va ularni 
sanab o‘tuvchi darslar o‘quvchilarda hech qanday chuqur iz qoldirmaydi, balki 
sabab-oqibat bog‘lanishlarni ochib beruvchi darslar o‘quvchilarning katta qiziqish 
bilan eshitish va qatnashishlariga imkon beradi. Aytaylik, Tokio shahriga tavsif 
berilganda, faqat undagi sanoat tarmoqlari aytilib, uning geografik o‘rniga ta’rif 
berish bilan chegaralansa, o‘quvchilarning ushbu darsga bo‘lgan faolligi biroz 
susayadi. Qachonki, Tokioning jahonda tutgan o‘rni, shaharsozlikdagi o‘ziga xos 
xususiyatlari, aholining milliy taomlari, yo‘llari, madaniy hayotidan misollar 
keltirilib o‘tilsa, darsga o‘quvchilar juda katta qiziqish va ehtiyoj sezgan holda 


167 
ishtirok etadilar. Bunday paytlarda dars mazmuni darslikdan birmuncha farq qiladi. 
O‘qituvchi tomonidan berilayotgan materiallar darslikka qaraganda ko‘rgazmali 
tarzda geografik axborot tizimidan samarali foydalansa, birmuncha chuqurroq va 
mazmunan boyitilgan darsning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyati yanada oshadi. 
Har bir darsda asosiy yetakchi masala, ya’ni darsning asosiy g‘oyasi ajratib 
olinishi kerak. Qolgan barcha ikkinchi darajali bilimlar ana shu o‘q atrofida 
aylanishi va asosiy g‘oyani (bilimni) egallashga xizmat qilishi kerak. Bunday 
tanlov nafaqat bilimlarni, balki o‘quvchilar bilimini tekshirishda ham yetakchi 
o‘rinni egallashi zarur. Chunki darslikdagi butun materialni qisqa vaqt ichida 
tekshirish imkoniyati yo‘q. Faqat eng muhim asosiy bilimni, g‘oyani tekshirish 
samarali natijalar berishi tajribalarda isbotlangan. Bunday tekshirish dars uchun 
ajratilgan vaqtni tiklash imkonini beradi. Aksariyat hollarda amaliyotda 
o‘quvchilar bilimini tekshirishga ko‘p vaqt sarflanadi. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin