Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author


Pedagogik texnologiyalarga talablar va texnologik mezonlari



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   149


Pedagogik texnologiyalarga talablar va texnologik mezonlari.
Har qanday pedagogik texnologiya ba’zi bir metodologik talablarga yoki 
texnologiklik mezonlariga javob bera olishi kerak. Pedagogik texnologiyalarning 
asosiy sifatlari quyidagilarda ifoda etiladi: 
1.
Konsetuallik. Har bir pedagogik texnologiyaga ta’lim maqsadlariga 
erishish falsafiy, psixologik, didaktik va ijtimoiy-pedagogik asoslarini ichiga 
oluvchi ma’lum ilmiy konsepsiyaga tayanish xos bo‘lishi kerak. 
2.
Sistemalilik. Pedagogik texnologiya sistemalilik belgilariga ega bo‘lishi 
kerak: jarayonning mantiqi, uning hamma qismlari bog‘liqligi, yaxlitligi. 
3.
Boshqariluvchanligi o‘qitish jarayoni diagnostik maqsadni ko‘zlash, 
rejalashtirish, lohalashtirish, bosqisma-bosqich diagnostika qilish, natijalarni 
tuzatish maqsadida vosita va metodlarni o‘zlashtirish mumkinligini ko‘zda tutadi. 
4.
Samaraliligi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar aniq sharoitlarda 
mavjud va natijalar bo‘yicha samarali, harajatlar bo‘yicha optimal bo‘lishi, 
o‘qitishning ma’lum standartiga erishishni kafolatlashi kerak (ya’ni, 70% dan ortiq 
o‘quvchilar “yaxshi” bahoga va “a’lo” bahoga o‘qishlari kerak, bu esa agarda 
sinfda 25 ta o‘quvchi bo‘lsa – shundan 19 tasi deganidir). 


182 
Qayta yangilanishi pedagogik texnologiyani boshqa bir turdagi ta’lim muas-
sasalarida, boshqa sub’ektlar bilan qo‘llanilishini (takrorlanishini, qayta 
tiklanishini) nazarda tutadi.
 
 
Pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslari 
Maktab, ijtimoiy institut sifatida butun jamiyatning holatini aks ettiradi. U 
siyosatdan alohida, g‘oyalarlardan alohida yashay olmaydi, hech qanday falsafani 
targ‘ib qilmay yashay olmaydi.
Shunday qilib, har qanday umumpedagogik umumta’lim texnologiyasi 
ma’lum falsafiy poydevorga asoslanadi. Falsafiy konsepsiyalar pedagogik 
texnologiyalarni metodologik ta’minlash tarkibiga kiruvchi eng umumiy tartibga 
soluvchi sifatida ishtirok etadi. Falsafiy asosi ta’limning yakuniy maqsadida ancha 
aniq ko‘rinadi (misol uchun, diniy tarbiyalash, texnokratik, insonparvarlik 
pedagogik va shu kabi). Falsafiy nuqtayi nazarlar ta’lim mazmunida, o‘quv fanlari 
mazmunida ancha aniq kuzatiladi. Ammo ko‘pincha ularning g‘oyaviylik 
yo‘nalishlarida birlik bo‘lmaydi, yagona umumiy falsafiy asoslar yo‘q. 
O‘zbekiston Respublikasida zamonaviy ta’lim mazmuni ana shunday ziddiyatlar 
bilan farq qiladi. Ta’limning metodlari va vositalarida falsafiy asoslarni aniqlash 
qiyinroq. Bir xil metodlar g‘oyalari bo‘yicha, umuman qarama-qarshi texnologiya-
larda qo‘llanilishi mumkin. Shuning uchun bir texnologiya u yoki bu falsafiy 
asosga moslanishi mumkin (misol uchun: o‘yin). 
Zamonaviy jamiyatshunoslikda u yoki bu darajada ta’lim jarayonida mavjud 
bo‘lgan falsafiy yo‘nalishlar, maktab, oqimlarning ko‘p turlari mavjud. 
Umumpedagogik texnologiyalarda asosiy falsafiy muammolar 
Pedagogik texnologiyalar konsepsiyalarida eng aniq ko‘rinadigan bir necha 
bir-biriga mos falsafiy asoslarni ajratib ko‘rsatamiz: materializm va idealizm; 
dialektika va metafizika; sseptizm va tabiiy muvofiqlik; insonparvarlik va 
antiinsonparvarlik; antroposofiya va teosofiya; pragmatizm va ekzistensializm. 
Materializm. Ta’lim ma’lumotlari milliy zahiralarida – O‘zbekistonning - 
o‘quv metodik adabiyotlarda eng avval dialektik materializm falsafiy yo‘nalishlar 
aks ettirilgan. Maktab ta’lim muammolarini boshqacha tushunish sobiq sovet 
davrida bema’ni hisoblangan. An’anaviy ta’lim tizimi aynan ana shu falsafaga 
asoslangan. Shu bilan birga jahon pedagogika fani va amaliyotida har tomonlama
rivojlanish (ma’naviy, g‘oyaviy, intellektual, estetik, jismoniy) masalasini samarali 
hal etuvchi dunyoqarash muammolariga bir qator alternativ yondoshishlar mavjud. 
Insonparvarlik. Insonni shaxs sifatida qadrlovchi, uning erkinligi, baxti, 
rivojlanishi va hamma qobiliyatlarini namoyon etish huquqini tan oluvchi 
dunyoqarash sistemasi. Bu sistema inson farovonligini ijtimoiy hodisani baholash 
mezoni, tenglik prinsipini – haqiqat, insoniylikni esa jamiyatdagi munosabatlar 
istalgan qoidalari deb hisoblaydi. Insonparvarlik falsafasiga antroposofiya, 
pedotsentrizm, erkin tarbiyalash, tabiat muvofiqligi, neopizitivizm, pozitiv 
ekzistensilizm kabi yo‘nalishlar qo‘shiladi. 


183 
Teosofiya diniy yo‘nalish maktablari mazmun asosi hisoblanadi. Teosofiya 
insonparvarlik paradigmasi xalq pedagogikasida ancha chuqur ildizlarga ega, 
yoshlarda yomonlik va yaxshilik, shavqatlilik xulqi haqida tasavvurlarini ancha 
to‘g‘ri shakllantiradi. Antroposofiya muataassiblik tuzilishlar, sektantliklar bilan 
hech qanday bog‘liqligi yo‘q, u moddiy emas, ma’naviy qadriyatlarni o‘rganishga 
qaratilgan dunyoqarashga qat’iy mo‘ljallangan maqsadni ko‘zlaydi, u hayot 
maqsadi haqidagi, mazmuni haqidagi savollarga javob beradi. Pedotsentrizm 
falsafasi antroposofiyaga yaqin. 
Pedotsentrizm. U falsafiy tarbiyaning bir yo‘nalishi bo‘lib, u bolaning 
qiziqishlari 
va 
talablarini 
birinchi o‘ringa qo‘yishdan kelib chiqadi. 
Pedagogikaning asosiy vazifasi bolalar rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish deb 
biladi. 
Ekzistensializmning falsafiy konsepsiyasi “inson o‘zidan nima qilsa, ana 
shudir” tezisidan kelib chiqadi. Klassik ekzistensializm vakillari ekzistensiya 
ma’nosini, uning ma’naviy mohiyatini negativ xususiyatli hissiyot va 
kayfiyatlardan (qo‘rquv, gunohkorlik, noumidlik) iborat deb bilganlar, 
neaekzistensialistlar esa ko‘tarinkilik, sovuqqonlik, ishonch, kelajakka ishonish va 
umid hissi kabi fazilatlar bilan ekzistensiyani boyitib, ba’zi gumanistik g‘oyalarni 
asos qilib oladilar. Ana shu xislatlar hisobiga deb hisoblaydilar ular, insonning 
ma’naviy tanlovi ongli va aniq bo‘ladi, uning dunyoga faol munosabati muhim 
sharti bo‘lib ishtirok etadi. 
Pragmatizm konsepsiyasi (unga neopozitivizm, neofreydizm falsafiy oqimlari 
ham qo‘shiladi) shaxsning intellektual va ma’naviy sifatlari uning noyob tabiatida 
mavjud bo‘ladi va ularning namoyon bo‘lishi eng avval insonning individual 
tajribasi bilan bog‘liq bo‘lishidan kelib chiqadi. Shundan kelib chiqqan holda 
pragmatizm vakillari ta’lim vazifalarini shaxsning ma’lum ma’naviy sifatlari, 
prinsiplari, yo‘nalishlari qadriyatlarini shakllantirishda emas, balki unga tabiat 
tomonidan berilgan qobiliyatlari, sifatlari va uning individual tajribasini o‘zini 
amalga oshirish asosiy sharti sifatida oshirib borishdagina deb hisoblaydilar. 
Muvaffaqiyatga erishish inson hayotining asosiy maqsadi deb hisoblab, 
tarbiyaning pragmatik konsepsiya tarafdorlari insonni oldiga yuksak maqsadlar 
qo‘yish, ijtimoiy g‘oyalarga intilishlardan ozod etib muvaffaqiyatni inson hayoti 
faqatgina individual doirasi bilan chegaralaydilar. 
Zamonaviy neopragmatik falsafa shaxsning individuallistik nuqtai nazari va 
uni insonparvarlik yo‘nalishi qarama-qarshiliklarini murosaga keltiradi. 
Insonparvarlik yo‘nalishiga alternativ deb ssientistik –texnokratikkonsepsiyasi 
hisoblanadi. Ratsionalizm, ochiq-oydin insonparvarlikka qarshi nazariya (Irqiy, 
millatchilik va boshqalar). Ssientizm dunyoqarash yo‘nalishi sifatida insoniy 
jamiyat madaniyati tizimida fan va texnikaning rolini absolyutizatsiyalashda o‘zini 
namoyon etadi. Paradigma sifatida qaraladigan umuman ilmiy bilim namunalari 
tabiiy va aniq fanlarga xos bo‘lgan bilimlar qurish uslubi va umumiy metodlari 
absolyutlashtiriladi. Ssientik ko‘rsatmalar aniq va texnik fanlarga tashqi taqlid 
qilishda ifoda etiladi: matematik belgilarni sun’iy qo‘llashda, sxemalashtirishda, 
nazariylashtirishda, texnologiyalashtirish va texnikalashtirishda. Sseptizmga 


184 
qarama-qarshi prirodosoobraznost, prirodosoobrazis hisoblanadi: inson tabiiy qobi-
liyatlarini hisobga olishga chaqiruvchi, ularga tayanish hamda insonning tabiat 
bilan birligini, ularning o‘zaro aloqalari mosligi va uyg‘unligini targ‘ib qiluvchi 
dunyoqarash, falsafiy konsepsiyalarga qarab shaxsning rivojlanishi va tashkil 
topishi asosiy prinsiplarini tashkil qiladi. “Pedagogik texnologiya” tushunchasi 
o‘qitish nazariyasida keyingi paytlarda yanada kengroq tarqaldi.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin