Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   149


 
 
“Pedagogik texnologiya”ning rivojlanish bosqichlari 
XX asrning 20-yillarida “pedagogik texnologiya” termini birinchi bor 
pedagogika bo‘yicha asarlarda tilga olingan. Shu vaqtning o‘zida yana bir boshqa – 
“pedagogik texnika” termini ham tarqaldi. U pedagogik ensiklopediyada 30-
yillarda o‘quv mashg‘ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga qaratilgan uslublar 
va vositalar sifatida ifodalangan. Pedagogik texnologiyalarga o‘quv va laboratoriya 
uskunalari bilan ishlash, ko‘rgazmali qo‘llanmalardan foydalanishlar mahoratlari 
ham kiritilgan. 
O‘tgan asrning 40-50-yillarida o‘qitish, o‘quv jarayonlariga texnik vositalarni 
tatbiq etish boshlanganida “ta’lim texnologiyasi” termini paydo bo‘ldi, u keyingi 
yillar davomida “pedagogik texnologiyaga” aylantirildi. 
60-yillar o‘rtalarida bu tushunchaning mazmuni chet ellarda pedagogik 
nashrlarda va xalqaro konferensiyalarda keng muhokama etildi, natijada ushbu 
sohada turli mamlakatlarda (AQSh, Angliya, Yaponiya, Fransiya, Italiya, 
Vengriya) o`rganildi va darajasiga qarab uni talqin qilish ikki yo‘nalishi belgilandi. 
Birinchi yo‘nalish tarafdorlari texnik vositalar va dasturlashtirilgan o‘qitish 
vositalarini qo‘llash zarurligini ta’kidladilar (technologyineducation). 
Ikkinchi yo‘nalish tarafdorlari esa o‘quv jarayonini tashkil etish 
samaradorligini oshirish va pedagogik g‘oyalarning texnikaning keskin 
rivojlanishidan ortda qolishini yo‘qotish muhim deb hisobladilar. Shunday qilib, 1-
yo‘nalish “o‘qitishda texnik vositalar” sifatida belgilandi, biz biroz keyinroq 
yuzaga kelgan 2-yo‘nalish “o‘qitish texnologiyasi” yoki “o‘quv jarayoni 
texnologiyasi” sifatida belgilandi. 
70-yillarning boshlarida turli xildagi o‘quv uskunalarini va quv vositalarini
modernizatsiyalashtirish zarurligi anglab yetildi. Bularsiz o‘qitishning sifatliligi va 
samaradorligiga erishib bo‘lmas edi. 
60-yillar o‘rtalari va 70-yillarning boshlarida AQSh, Angliya, Yaponiya, 
Italiya kabi yuksak rivojlangan davlatlarda pedagogik texnologiyalar masalalari 
bilan shug‘ullanuvchi jurnallar nashr etilar edi, keyinchalik bu muammo bilan 
ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va markazlar shug‘ullana boshlaydi. 
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik texnologiyalar markazlari 
AQSh 1971 yil – “Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar bo‘yicha 
AQSh Assotsiatsiyasi”. Hozirgi kunda mamlakat bo‘ylab va Kanadada bu 
kengashning 50 ta filiallari ish olib bormoqda. AQShda 1961-yilda “Pedagogik 
texnologiya” jurnali (Yeducational Technology), 1971 yilda esa – “Audiovizual 
o‘qitish” jurnali nashr etila boshlandi. 


185 
Angliya 1967-yil Pedagogik texnologiya bo‘yicha Milliy kengash 1964-yildan 
boshlab “Pedagogik texnologiya va o‘qitishni dasturlashtirish” (
Yeducational 
Technologyprograttedtearning
) jurnalini, 1971-yildan “Pedagogik texnologiya” 
jurnalini nashr eta boshladi. 
Yaponiyada pedagogik texnologiyalar muammolari bilan 4 ta ilmiy tashkilot 
shug‘ullanadi. 1967-yilda “Pedagogik texnologiyalar bo‘yicha Milliy kengash” 
tashkil etildi, uning filiallari 22 ta davlat universitetlarida joylashtirilgan. 1965-
yildan boshlab yapon tilida har uch oyda “Pedagogik texnologiya” jurnali va ingliz 
tilida yiliga ikki marta “Pedagogik texnologiyalar sohasida tadqiqotlar” jurnali 
nashr etiladi. Yaqinda “Pedagogik texnologiyalar bo‘yicha umumyapon Markaziy 
kengashi” tashkil etildi, u muammolar bo‘yicha xalqaro aloqalar o‘rnatish bilan 
ham shug‘ullanadi. 
Italiyada 1971-yili pedagogik texnologiyalar bo‘yicha Milliy markaz tashkil 
etildi va “Pedagogik texnologiyalar” jurnali nashr etiladi. 
Vengriyada 1973-yili o‘qitish texnologiyasi Davlat Markazi tashkil etildi. 
SSSRda 1965-yili SSSR PFA qoshida maktab ta’limi va o‘qitish texnik 
vositalari ITI (NII) tashkil etildi. 
“Texnologiya” tushunchasi bu vaqtda ideologik nuqtayi nazardan qabul 
qilinmagan edi. “Maktab va ishlab chiqarish” jurnali nashr etila boshlandi.
O‘qitish texnologiyasi bo‘yicha Xalqaro seminarda (Budapesht, 1977) sovet 
olimi S.G.Shapovalenko o‘qitish jarayonining uchta texnologik prinsiplarini 
ko‘rsatdi: 
1.
Bilim va texnikani mukammal egallash. 
2.
Audiovizual materiallari fondi bilan tanishish. 
3.
Ulardan samarali foydalanish metodikasini bilish, shu jumladan, ijodiy 
yondoshishning rivojlanishi ham. 
Vengriya olimi L. Salai “o‘qitish texnologiyasi” tushunchasiga rejalashtirish, 
maqsadlarni tahlil qilish, o‘quv-tarbiyaviy ishlar jarayonini ilmiy tashkil etish, 
samaradorligini oshirish maqsadida eng muhim vosita va materiallarni tanlashni 
kiritib o‘qitish jarayonini tashkil etuvchilarni doirasini ancha kengaytirdi. 
E.Bisterski va J.Sellerlar (AQSh) to‘plagan ma’lumotlar bo‘yicha o‘qitish 
texnikasi faqatgina yordamchi vosita va yangi sistemadan iborat bo‘libgina 
qolmay, balki o‘qish jarayoni tashkiliy shaklini, metodi va mazmunini o‘zgartirib 
uning rivojlanishida katta rol o‘ynaydi. Bu esa o‘z navbatida o‘qituvchilar va 
o‘quvchilar pedagogik fikrlashlariga katta ta’sir ko‘rsatdi. 
Shunday qilib, o‘tgan asrning 70-yillari oxiri, 80-yillari boshlarida texnika 
rivojlanishi va chet elda ta’limning kompyuterlashtirilishi boshlanishi oqibatida 
“o‘qitish texnologiyasi” va “pedagogik texnologiya” tushunchalari o‘quv 
tarbiyaviy jarayonni tashkil etish va boshqarish vositalari, metodlari sistemasi 
sifatida tushunila boshlandi va mazmunan quyidagicha guruhlarga bo`lindi: 
1.
Amaliy masalalarni yechish uchun sistemali bilimlarni qo‘llash. 
2.
O‘quv jarayonida texnik vositalardan foydalanish. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin