242
Talabalar har bir fanning namunaviy dasturi bo‘yicha ko‘zda tutilgan
auditoriya soatlari hisobidan o‘tiladigan mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari davrida
o‘qituvchi rahbarligida bilim oladi. Auditoriyadagi mustaqil ta’lim mashg‘ulotida
talaba shu fan bo‘yicha belgilab qo‘yilgan ballar taqsimotida ko‘zda tutilgan
muayyan ball miqdorida baholanadi. Odatda, auditoriyada amalga oshiriladigan
mustaqil ta’lim amaliy (seminar) mashg‘ulotining shakli sifatida suhbat, bahs-
munozara, kollokvium yoki yozma ish shaklida o‘tkaziladi.
Auditoriyadan tashqari mustaqil ish sifatida talaba fan dasturi bo‘yicha
ko‘zda tutilgan har bir mavzu uchun qo‘shimcha ravishda o‘qib o‘rganish
maqsadida ma’ruzachi tomonidan aniq vazifa va topshiriqlar oladi. Ushbu vazifa
va topshiriqlarning bajarilishi amaliy (seminar) mashg‘ulotlarida o‘qituvchi
tomonidan muntazam nazorat qilinadi. Mustaqil ish sifatida berilgan vazifa va
topshiriqlarning talabalar tomonidan bajarilishi joriy, oraliq va yakuniy nazorat
jarayonida tahlil etib borilishi lozim.
Fanning o‘quv dasturida mustaqil ta’lim va mustaqil ish uchun beriladigan
vazifa va topshiriqlar mazmuni, ularning rejalashtirilishi qayd etilishi zarur.
Mustaqil ish samarali bo‘lishi o‘sha fandan maxsus adabiyotlarning mavjud
bo‘lishiga bog‘liq. Talabalar mustaqil ishlarni bajarishda darslik, o‘quv va metodik
qo‘llanma, metodik ko‘rsatma va tavsiyalar, EATR ma’lumotlar to‘plami va banki,
ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, Internet xalqaro axborot tarmog‘i materiallari,
mavzu bo‘yicha bajarilgan mavjud ishlar banki va boshqalardan
Dostları ilə paylaş: