Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   149


axborot manbasi
sifatida foydalanadi. 
Birinchi kurs talabalarini mustaqil ishga o‘rgatishda ularga fan bo‘yicha 
biror bir mavzu yoki bobni uyda o‘qib o‘rganish vazifasi yuklanadi. Buning uchun 
o‘sha fandan darslik va o‘quv qo‘llanmalari yetarli darajada bo‘lishi lozim. 
Berilgan vazifa esa seminar va kollokviumlarda, bajarilgan referatlarni yoqlash 
orqali yoki yakka tartibda tashkil etiladigan mashg‘ulotlar mobaynida nazorat 
qilinadi. Ma’ruza mavzusining bir qismini tarqatma materiallar orqali mustaqil 
ravishda o‘qib-o‘rganish mavzuni chuqurroq anglash imkoniyatini beradi. 
Tarqatma materialning hajmi har bir ma’ruza uchun 4-5 bet (bosma harfda) 
bo‘lishi tavsiya etiladi. Mustaqil ishni shu tariqa tashkil etish umumkasbiy va 
mutaxassislik fanlari hamda, odatda, yuqori kurs talabalari uchun taalluqli. 
Mustaqil ishning bu turi nazorati reyting tizimining har bir bosqichida amalga 
oshiriladi. O‘quv jarayonida kompyuter va boshqa axborot-kommunikatsion 
texnologiyalar keng qo‘llaniladigan fanlar uchun avtomatlashtirilgan tizimlar bilan 
mustaqil ravishda ishlashni tatbiq etish maqsadida dasturiy materialning bir qismi 
yakka tartibda mustaqil ishlash uchun rejalashtiriladi. Bu uslub barcha kurs 
talabalariga tegishli va uning natijalari reyting tizimining tegishli bosqichlarida 
nazorat qilinadi. 


243 
Referat, kurs ishlari yoki malakaviy bitiruv ishlari loyihalari ustida ishlash 
jarayonida fan bo‘yicha biror bir bo‘lim yoki boblar bo‘yicha maxsus va ilmiy 
adabiyotlarni mustaqil o‘rganish. Ushbu turdagi mustaqil ish birinchi kurs 
talabalaridan boshqa barcha kurs talabalari uchun taalluqli. Bu turdagi mustaqil ish 
natijalari reyting tizimining tegishli bosqichlarida nazorat qilinadi. Har bir OTM 
rahbariyati talabalarning mustaqil ta’lim olishlari, mustaqil ishlarni o‘z vaqtida, 
sifatli bajarishlari uchun zarur axborot manbalari, kompyuter texnikasi va Internet 
xalqaro axborot tarmog‘idan samarali, maqsadli foydalanishlari uchun zarur shart-
sharoitlar yaratib berishi lozim. Har bir fan bo‘yicha talabalarning mustaqil 
ishlariga rahbarlik qilish ko‘rsatkichlari (vaqt miqdori) OTM professor-
o‘qituvchilari shaxsiy ish rejasining “Tashkiliy-uslubiy ishlar” bo‘limida (1540 
soat hajmida) qayd etiladi. 
Kurs ishi (loyihasi), malakaviy bitiruv ishi va ta’lim oluvchilik 
dissertatsiyasini tayyorlashda har bir talaba uchun ajratiladigan soatlar professor-
o‘qituvchilar shaxsiy ish rejasining “O‘quv ishlari” bo‘limida ko‘rsatiladi. 
Talabalarning mustaqil ta’limiga rahbarlik qilish kafedrada tuzilib, fakultet 
dekanati tomonidan tasdiqlanadigan maslahat (konsultatsiya)lar jadvaliga muvofiq 
amalga oshiriladi. Maslahat uchun ajratilgan soatlari guruh jurnallarida qayd etib 
boriladi. Talabalarning mustaqil ishlarini nazorat qilish o‘quv mashg‘ulotlarini 
bevosita olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Mustaqil ishlarning 
bajarilishi tegishli fan ishchi dasturida ajratilgan soatlarga mos ravishda reyting 
tizimi (ballar) asosida baholanadi. Har bir talabaning mustaqil ish bo‘yicha olgan 
ballari uning tegishli fan bo‘yicha to‘plangan umumiy reyting ko‘rsatkichlari 
qo‘shiladi. Mustaqil ish uchun talaba tomonidan olgan ball ko‘rsatkichi guruh 
“Reyting oynasi”da, shuningdek, OTMning maxsus elektron tarmog‘ida yoritib 
boriladi. 
Tegishli fandan mustaqil ish bo‘yicha beglilangan maksimal reyting 
ballining 55% dan kam ball to‘plagan talaba shu fan bo‘yicha yakuniy nazoratga 
qo‘yilmaydi. O‘quv va mutaxassislik fanlari bo‘yicha talabalarning mustaqil 
ishlarni tayyorlashga qaratilgan faoliyatlari muntazam ravishda talabalar guruhlari, 
tegishli kafedra yig‘ilishlari va fakultet Ilmiy kengashlarida muhokama etib 
boriladi. Har bir mustaqil ish kafedra arxivida ro‘yxatga olinadi va o‘quv yili 
mobaynida saqlanadi. Ayni o‘rinda shuni ham qayd etib o‘tish joizki, talabalarning 
kurs ishi (loyihasi), malakaviy bitiruv ishi yoki magistrlik dissertatsiyasini 
ro‘yxatga olish va saqlash tartibi tegishli me’yoriy hujjatlar asosida belgilangan 
tartibda amalga oshiriladi. 
Ijodiy yondashuv asosida sifatli bajarilgan mustaqil ishlarning mualliflari 
bo‘lgan talabalar OTM rahbariyati tomonidan ma’naviy va moddiy 
rag‘batlantiriladi. Shunday qilib, individual, dasturiy va mustaqil ta’lim ham 


244 
shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning asosiy, muhim turlari sanaladi. Ularning har 
uchchalasi ham ta’lim jarayonini individuallashtirish, har bir ta’lim oluvchi ichki 
imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilganligi bilan ta’limiy 
ahamiyat kasb etadi. Barcha zamonaviy ta’lim turlari kabi individual, dasturiy va 
mustaqil ta’lim ham o‘z texnologiyalariga ega. Individual va dasturiy ta’lim 
texnologiyalari ta’lim jarayonini individuallashtirish, o‘quv materiallarini ta’lim 
oluvchilarning imkoniyatlari, bilimlarni qabul qilish darajasiga moslashtirgan 
holda turli darajalarda muayyan izchillikda taqdim etilishini ta’minlaydi. Mustaqil 
ta’lim texnologiyalari esa to‘la ma’noda ta’lim oluvchilarning o‘qituvchining 
yo‘naltiruvchi ko‘rsatmalari asosida mustaqil ravishda o‘quv hamda mutaxassislik 
fanlari asoslarini puxta o‘zlashtirishlari uchun zarur sharoitni yaratishga xizmat 
qiladi. Shunday ekan, oliy ta’lim muassasalarining pedagoglari o‘z faoliyatlarida 
individual, dasturiy va mustaqil ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish 
ko‘nikma, malakalarining o‘zlashtira olishlari talab etiladi. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin