Forum – shunday imkoniyatga egaki, mavzu yoki muammolarning
yechimini hamkorlikda muhokama etish mumkin. Qisqacha qilib aytsak,
Forum – bu internet imkoniyatlaridan biridir.
Forum quyidagi imkoniyatlarni yaratib beradi:
tezkorlikda muhokama eta olish. Unda tezlikda axborotni o‘qish, javob
berish yoki o‘z shaxsiy fikrini bildirish, yoki savol berish, bergan savoliga ma’lum
vaqt o‘tishi bilan javob olish imkonini beradi;
biror loyiha yoki hujjatlarni yaratishda hamkorlikda ishlash.
Forumda hujjatlarni, rasm, sxemalarni namoyish etish, muhokama etish, tahrir qilish
mumkin. Bu o‘z navbatida g‘oyalar, hujjatlarni ishtirokchilar fikrini hisobga olib
yaratish imkonini yaratadi;
ishtirokchi o‘ziga qulay vaziyatda murojaat etishi, materiallar bilan
tanishishi, shular asosida javoblarini yozib yuborishi mumkin;
o‘zaro tajriba almashish, ma’lum mavzular bo‘yicha bilim va axborotlarni
olish – berish mumkin. Ishtirokchi passiv holda faqat mavzu mazmunini erkin
olishi mumkin. Zarur mavzulardagi ma’lumotlarni olish orqali kasbiy, metodik
mahoratlarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘ladi;
Forumda o‘z hamkasblaringiz, do‘stlarni qidirib topish imkoniyati
tug‘iladi. Qatnashchilar o‘z kasbiy va ijodiy ishlarini namoyish etish va aksincha
axborotlarni onlayn
xabarlar orqali olishi mumkin.
Elektron forumlar – Internet va elektron pochtalardan foydalanib o‘tkaziladigan seminardir. Seminarning moderatori ishtirokchilarga materiallarni beradi. Uning
mazmun-mohiyatini tushuntiradi, so‘ng savol beradi yoki mavzu mazmunini
muhokama ettiradi. Seminar ishtirokchilarini material bilan tanishtiradi, savollarga
javob beradi, o‘z xulosalarini chiqaradi. Har bir ishtirokchi muhokamada ishtirok
etadi. Muzokara natijalari asosida xulosalar chiqariladi.
Xulosalar asosida seminar qatnashchisi to‘g‘ri, yakuniy javobni oladi. Bu
esa olgan bilimlarini mustahkamlashga ta’sir etadi.
Moderator –
forumga boshchilik qiladi, munozaraning to‘g‘ri borishini
ta’min etadi, kerakli joyda uni yo‘naltiradi. Zarur hollarda tuzatishlar, takliflar
kiritadi.
Forum qatnashchilari savollar berish, ayrim narsalarni anglab olish orqali,
ishtirok etishlari kerak. Munozara qatnashchilari boshqalar savol-javoblarini
eshitgan holda o‘zlari ham faol ishtirok etishlari maqsadga muvofiq.