Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author


 Geografiya darslarida media ta’limi metodi



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   149


 
8.10. Geografiya darslarida media ta’limi metodi 
Media ta’lim 
interfaol, talabalarga individual ta’sir etadigan metod sifatida 
ta’lim jarayoniga jadal sur’atlar bilan kirib kelmoqda. 
Media ta’lim metodi 
talabalarni shaxsiy fikr yuritishga, ijodkorlik faoliyatlarini rivojlantirishga, 
axborot olish uni qayta ishlash, analiz va sintez qilish, shaxsiy xulosalar 
chiqarishga o‘rgatadi. 
Auditoriyalarga matbuot, televidenie, radio, kino, video va internetlar olib 
kirilmoqda. Bularning barchasi 
media darslar nomi bilan ta’lim jarayonini tashkil 
etishga yordam bermoqda. 
Media darslarni quyidagi metodik imkoniyatlar va afzalliklarga ega: 

o‘quv jarayonida dars sifati, samaradorligini oshirishga yordam beradi. 
Bunday jarayonda bir vaqtning o‘zida o‘qituvchi nazariy axborotlarni berish bilan 
materiallarni yuqori darajadagi zamonaviy texnika ta’lim vositalarida namoyish 
etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘quv obyektlarini va voqealarini modellashtiradi, 
uni avtomatik ravishda test ketma-ketligida namoyish etadi, tasvirini tushiradi; 

o‘quv mehnat faoliyatlarini tashkil etishda kompyuter texnikalarini 
qo‘llash, foydalanish imkoniyatini tug‘diradi. Shaxsan o‘zlari o‘quv materialini 
amaliyotda sinab, bajarib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar; 

talabaning yakka tartibda ishlagan holda qiziqish va ijodiy ishlarini 
takomillashtirish imkoniyati yaratiladi; 

multimedia texnikasi ularning o‘quv mazmunini o‘zlashtirishlariga 
qiziqishini yanada oshiradi; 

talabalarda ko‘rgazmali va obrazli ta’sirda fikr yuritishga, motorik va 
verbal kommunikativ ko‘nikmalarning shakllanishiga olib keladi; 

axborot bilan ishlash, axborot qidirish, zarurlarini ajrata bilish, qayta 
ishlash, tartibga keltirish. Axborotlardan mazmunni tushunish, mantiqiy yaqinlarini 
ajratishga o‘rganadi. 
Shular asosida axborotni olish madaniyati shakllanadi. 
Media ta’lim metodining bosh maqsadi – asosiy qonunlarni tushunishga 
yordam berish, oddiy yo‘nalishlardagi media axborotlar tilini o‘rganish, talabani 


234 
badiiy o‘sishi, rivojlanishiga hissa qo‘shish, media matn (tekst)larni malakali tahlil 
eta olish, o‘rgatish va qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat

Media ta’limning asosiy mazmuni media madaniyat tilini, uning tarixini 
bilish (kino san’ati, badiiy televidenie va badiiy media) material tekstlarini 
tushunishdir. 
Uning pedagogik strategiyasi media matnlarni badiiy tahlil qila olish, unga 
interpretatsiya asosida baho bera olishdan iboratdir. Shuni aytish kerakki, media 
ta’lim qanday shakllanadi, u bir haqiqatni ifodalaydimi, kimning manfaatini 
ko‘zlaydi, uning mazmuni nimalardan iborat va talabalar uni qanday qabul 
qiladilar? 
Lekin shuni yodda tutish kerakki, media ta’lim metodining markazida talaba 
shaxsi turadi, uning qiziqish, xohish, istaklari hisobga olinishi, olingan 
axborotlarga tanqidiy ko‘z bilan qarab, ularni tanqidiy fikrlashga o‘rgatish kerak. 
Media ta’lim metodi haqidagi Rossiya va chet ellik olimlar fikriga ko‘ra, 
media ta’lim ham tarbiyaviy, ham ta’limiy ahamiyatga ega bo‘lib, talabalarni 
o‘quv-bilish jarayonida kreativ fikrlashga o‘rgatadi. 
Media ta’lim metodining o‘quv-bilish jarayoni quyidagi bosqichlardan 
iborat: 

media ta’lim tarixi haqidagi bilimlar, uning tuzilish nazariyasini 
o‘rganish-o‘zlashtirish; 

media matn (tekst)larni ongli qabul qila olish, uning tilini bilish va 
“o‘qita 
olish”
shu haqida tasavvurlarini kengaytirish, ko‘rish orqali xotirasini 
mustahkamlash, tanqidiy, mantiqiy, ijodiy, obrazli, muammoli fikr yuritishni 
o‘rganish; 

media 
ta’lim materiallarini kreativ fikrlash orqali amaliyotda 
foydalanishdan iborat. 
Media ta’lim metodining eng muhim vazifalaridan biri o‘sib kelayotgan 
yosh avlodni tobora jadallashib borayotgan axborotlar oqimida har xil axborotlarni 
olish, tushunib yetish, uni inson psixikasiga ta’sirini bilish va undan to‘g‘ri, 
maqsadli foydalanishga olib keladi. 
Media ta’lim metodi orqali olingan axborotlarni integratsiya qilish asosida 
shaxsiy fikrini bildirish va qayta olishga chorlaydi. O‘z fikrini erkin bildirish, 
shaxsiy rivojlanish, turli informatsion hurujlarga qarshi fikr bildirish orqali uning 
ijtimoiy jamiyatdagi faolligi oshadi. Media ta’lim metodi talabalarda axborotlardan 
faol va to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantiradi. Talabalar shu orqali 
berilayotgan axborot haqida erkin va faol fikr yurita boshlaydilar. 
Media ta’lim metodida talabalar kreativ fikr yuritadilar, ya’ni yangi 
tushunchalarni o‘zlashtira boshlaydilar. Jumladan, ular 
fabula”, “sujet”, 


235 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin