Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author


 Sinfdan tashqari ishlarning turlari



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   149


 
9.2. Sinfdan tashqari ishlarning turlari 
Sinfdan tashqari ishlar turli tadbirlar tarzida tashkil etiladi. Ulardan muhimlari 
– geografik adabiyotlarni o‘qish, geografik mazmundagi axborot (doklad tarzida) 
berish, navbatchi karta tashkil etish, devoriy gazeta chiqarish, maxsus fotoal’bomlar 
tayyorlash, geografik kecha va konferensiyalar o‘tkazish, geografik o‘yinlar tashkil 
etish, karta asosida tasvirli sayohat qilish, geografik olimpiadalar o‘tkazish, 
ko‘rgazmalar tashkil etish, kinolar kursatish, ekskursiya va sayohatlar uyushtirish, 
ijtimoiy foydali mehnatlarni tashkil etish va h.k. Sinfdan tashqari olib boriladigan 
tadbirlar mazmuniga, mahalliy sharoitga, o‘quvchilarning yosh xususiyati va 
qiziqishlariga qarab olib boriladi. Sinfdan tashqari vaqtlarda geografiyadan olib 
boriladigan ishlarni quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin. Bu sxema sinfdan 
tashqari olib boriladigan, amaldagi ish turlarini o‘z ichiga oladigan namunadir. 
Sinfdan tashqari ishlarni sxemada kursatilmagan boshqa turlaridan ham foydalanish, 
shuningdek bo‘limlarning ba’zilarini birlashtirish yoki ba’zilarini alohida 
bo‘limlarga bo‘lish ham mumkin. Sinfdan tashqari ishlardagi hamma tadbirlar
geografiya to‘garagi yoki o‘quvchilarning ilmiy jamiyatida tashkil etiladi. 
Geografiya to‘garagi. Sinfdan tashqaridagi har qanday ishlarning ko‘pchiligi 
to‘garakda olib boriladi. To‘garak ishi, odatda, sinfdan tashqari ayrim tadbirni 
amalga oshirish bilan ham vujudga keladi. Masalan, qiziqarli o‘tkazilgan har bir 
ekskursiya, doklad, geografik adabiyotlardan parcha o‘qish va boshqa tadbirlar 
geografiya to‘garagining boshlanishiga asos bo‘lishi mumkin. To‘garak ishini hatto 
8-10 o‘quvchi bilan ham boshlash mumkin. To‘garakning rahbari, kotibi bo‘ladi. 
To‘garak a’zolarining har biri o‘z qobiliyatiga yarasha, o‘zi qiziqqan ish bilan 


247 
shug‘ullanishi kerak. To‘garak ishida o‘qituvchi asosiy maslahatchidir. U 
mashg‘ulotni shunday tashkil qilishi kerakki, geografiya to‘garagiga qiziqish dars 
jarayonidayoq boshlanib, keyinchalik o‘quvchi o‘z xohishi bilan bu to‘garakka 
qatnashadigan bo‘lsin. Geografik yangiliklar va navbatchi karta. Maktab 
o‘quvchilari kundalik xalqaro ahvol masalalariga, dunyoda ro‘y berayotgan 
voqealarga (suv toshqinlari, zilzilalar), kosmosni zabt etishda erishilayotgan 
muvaffaqiyatlarga va boshqa shu kabi masalalarga juda qiziqib qaraydilar hamda 
ularni qunt bilan kuzatadilar. O‘quvchilarning bu qiziqishlarini maktabda tashkil 
etilgan “Olamda nima gap?” va “Navbatchi karta” yordamida qondirish mumkin. 
Maktabdagi “Olamda nima gap?” degan suhbat haftada bir marotaba, geografiya 
o‘qituvchisi rahbarligida yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘tkaziladi. Muhim 
masalalar bo‘lsa, o‘qituvchining o‘zi o‘tkazadi, ba’zi bir voqealar bo‘lsa, alohida 
belgilab qo‘yilgan o‘quvchilar tayyorlanadilar. Masalan, bir o‘quvchi xorijiy 
mamlakatlardagi yangiliklarni, ikkinchi o‘quvchi esa Vatanimizda sodir bo‘layotgan 
yangiliklarni gazeta va jurnal materiallari, radio eshitiruvlari va televedenie 
ko‘rsatuvlaridan foydalanib gapirib beradi. Geografik yangiliklarni yoritib borishda 
navbatchi karta, ayniqsa, katta ahamiyatga ega. O‘quvchilar navbatchi kartada 
kundalik voqea va yangiliklarni belgilab boradilar. Bu dunyoda ro‘y berayotgan 
hodisalarni, yangiliklarni qaysi materikda ekanligini darhol tasavvur qila olishga, 
kartada belgilangan fakt va hodisalarga geografik nuqtayi nazardan yondashishga 
o‘rgatadi.
Bunday ishlar o‘quvchilarning geografik bilimlarini kengaytirishda, ularni 
siyosiy-ma’naviy jihatdan tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin