239
u holda ularning o‘zlarigina materialni o‘qishi, axborot yo‘llashi mumkin.
Bunday
forumlarda
parol orqali ishtirok etiladi;
moderlashtirilgan – bunda barcha tipdagi qatnashchilar ishtirok etadilar.
Forum
qatnashchilari axborotni o‘qishlari va xabar yuborishlari mumkin.
Forum
xabarlari
moderatorning
ruxsati bilan nashr etilishi mumkin.
Forumda
ishtirok
etuvchilar moderator va uning ishtirokchilaridir.
Moderator kim?
Moderator –
forumning
tashkilotchilik, ya’ni administratorlik huquqiga ega
shaxs – u ma’lum tajribaga ega, muhokama etilayotgan mavzu mazmunini chuqur,
puxta o‘zlashtirib olgan shaxs. Auditoriyada forum qatnashchilari ayrim
tajribalarga ega bo‘lishi, ularni qiziqish, xohishlari hisobga olinishi kerak.
Moderator forumni boshqaradi, konsultatsiyalar beradi, savollarga javob
beradi, (zarur paytlarda ishtirokchilar javobini zarur g‘oyalarda tuzatadi
qo‘shimcha materiallar taqdim etadi, ya’ni forum ishini to‘g‘ri va maqsad sari
boshlaydi. Moderator forumda faol ishtirok etish, muloqot qilish muhitini yaratadi.
Bunday faoliyatni olib borish uchun moderator o‘z bilimini va malakasini doim
oshirib borishi zarur. Moderatorlik rolini rahbar xodimlar, administratorlar,
o‘qituvchilar, o‘quvchilar, talabalar va Internetdan foydalana oladigan boshqa
shaxslar olib borishi mumkin
.
Forum qatnashchilari
– qatnashchi – bu shunday shaxski, ma’lum mavzu
bo‘yicha o‘z bilimini oshirishi yoki egallagan bilimini berishi mumkin. Muhit
interfaol, individual holda ketgani sababli o‘quv predmetini chuqur, o‘z ehtiyojiga
mos o‘zlashtirishi mumkin. O‘quv materialining ochiqligi, qulayligi, ko‘rsatma-
ko‘rgazmaliligi, olayotgan bilimini mustahkam egallaydi. O‘ziga ishonch hissi
ortadi va uning tinglovchidan faol ishtirokchiga aylanishiga sharoit yaratiladi.
O‘quv-bilish jarayoniga, o‘quv mehnatiga shaxsiy ma’suliyati ortadi. Forum
ishtirokchilari administratsiya, ya’ni ma’muriyat, o‘qituvchi, o‘quvchilar, talabalar
va boshqa Internet ishtirokchilari bo‘lishi mumkin.
Forumda ro‘yxatdan o‘tgan, hatto o‘tmaganlar ham qatnashishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: