Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author


“mavzu”, “konflikt”, “kompozitsiya”, “kadr”, “plan”, “montaj”



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   149


“mavzu”, “konflikt”, “kompozitsiya”, “kadr”, “plan”, “montaj” 
kabi 
tushunchalarni o‘quv jarayoniga aloqadorlikda tushunib, amalda qo‘llab, 
o‘zlashtirib boradilar. 
Shuning uchun ham media darslar:
 

“Badiiy-immitatsiyali” 
– kichik ssenariyalar, minissenariya, media-
matnlar tuzish, uni interfaol ta’lim metodida namoyish etish; 

Teatrlashgan vaziyat hosil qilish 
media matn asosida ayrim epizodlarni 
inssenirovka qilish, media matn jarayonini namoyish etish; 

Tasviriy-immitatsiya tayyorlash 
afishalar yaratish, fotoko‘rgazma, 
ma’lum mavzuda asarlardagi rasmlarni namoyish etish kabilarni tushunish, qo‘llay 
olish ko‘nikmasini hosil qiladi. 
Yuqoridagi didaktik materiallarni tayyorlash, namoyish etish, tahlil asosida 
xulosa qilish, talabalarni emotsional qabul qilish orqali nafis san’atni tushunishga 
olib keladi. Bu holat talabalarni umumintellektual rivojlanishida, bilim olishi, 
tarbiya topishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 
Media ta’lim metodlari asosidagi darslar berilayotgan axborotlarni qabul 
qilish va o‘zlashtirib olish jarayonida quyidagi ikki komponentlar ishtirokini 
ta’minlaydi. 
1.
Media ta’lim darslarida kompyuterlar universal holda qo‘llanishi va 
ishtiroki bilan xarakterlanadi. 
2.
An’anaviy texnologiyalar vositalari yoniga dasturli vositalar to‘ldiruvchi 
bo‘lib kiradi. U holda ayrim predmetlar, mavzularni o‘qitishga, o‘zlashtirishga 
qulay muhit yaratadi. Unda ta’lim mazmuni matni aniq, ravon shakllantirilgan 
bo‘ladi. U ta’lim mazmuni tasvirlangan holda sxema, rasmlar, tablitsalar, 
videofragmentlar, ovozli, animatsion ta’minotlar bilan namoyish etiladi. 
Yuqoridagi faoliyatni amalga oshirishda kompyuter va dasturlar bir-biri 
bilan uyg‘unlashgan, moslashgan holda bir-birini to‘ldirishi kerak. Ta’lim 
maqsadi, mazmuni, shakli, o‘qitish metodlari, o‘qituvchi va talabalar faoliyati 
muvofiqlashtiriladi. Bunday holda tashkil etilgan media ta’limning didaktik 
prinsiplari, imkoniyatlari kengayadi, boyib boradi. Bu esa ta’limni yangi prinsip – 
individuallashtirilgan, faollashtirilgan holda tashkil etishni ta’minlaydi. Media 
ta’lim metodi asosidagi darslarning eng afzallik tomoni shundaki, ta’lim jarayonida 
talabalarning hozirgi axborot oqimlari jadallashayotgan bir vaqtda mustaqil ijod 
qila olish imkoniyatlari, qobiliyatlarini rivojlantirib boradi. Shu munosabat bilan 
media ta’lim metodi asosidagi darslar mazmunini belgilash, tashkil etishda 
faqatgina predmet yoki mavzu mazmuniga qarab qolmay, balki uning ta’limiy, 
tarbiyaviy, umumrivojlantiruvchi tomonlarini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. 
Ular axborotdan foydalanish madaniyatini shakllantirishga yo‘g‘rilgan bo‘lmog‘i, 


236 
ya’ni kerakli axborotni olish qobiliyatini, ularni yangi texnikalar yordamida qayta 
ishlash, amaliyotda qo’llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilishi talab etiladi. 
Media ta’lim metodi asosidagi darslar kompyuterlashtirilgan sinflarda, 
multimediani proektorlar bilan jihozlashda o‘tkaziladi. 
Kompyuterlashgan sinflarda o‘quv faoliyatining namunali-samarali kechishi 
uchun u yerda qo‘shimcha joylashtirilgan o‘quv stollaridan foydalanish maqsadga 
muvofiq. Bu holat sanitar-gigienik me’yorlarga rioya etish, talabalarning o‘quv 
faoliyatini boshqa joyda tashkil etish imkoniyatini yaratadi.
Agar o‘qituvchi ko‘rgazmali tasvirlardangina foydalansa, ularni bir 
komplekt kompyuterda ekranga namoyish etish bilan cheklanadi. Auditoriyada 
talabalar bilan ishlashni quyidagicha tashkil etish mumkin: 
-
video fragmentlarni frontal ko‘rish; 
-
topshiriq, mashqlarni bajarishda amaliy mashg‘ulotlarni individual 
ishlash; 
-
umumiy o‘quv loyihalarini modelli eksperimentni bajarishda kichik 
guruhlarda ishlash; 
-
media ta’lim metodi asosida darslarni tashkil etishda ham o‘quv 
jarayonining hamma komponentlari o‘z aksini topishi, faoliyat kompyuter va 
kompyutersiz almashinib turishi mumkin; 
-
faollashtirish (o‘quv materialini takrorlash, materialni birinchi bora 
o‘zlashtirish) kompyuterda yoki kompyutersiz; 
-
bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish (o‘quv axborotlari blokining 
mohiyatini bilib, tushunib olish va uni mustahkamlash) kompyuterda yoki uning 
ishtirokisiz; 
-
o‘quv materiallarini amalda qo‘llay olish, o‘quv materialini 
o‘zlashtirganligini nazorat qilish: kompyuter va kompyutersiz variantda. 
Yuqoridagilardan xulosa shuki, media ta’lim metodi asosida darslarni 
tayyorlash, samarali o‘tkazish o‘qituvchilardan quyidagilarni talab etadi: 
-
yuqori darajadagi kasbiy mahoratga ega bo‘lish; 
-
zamonaviy metodik tayyorgarlikka ega bo‘lish; 
-
talabalar bilan muloqotga kirishish, chuqur psixologik va pedagogik 
bilimlarga ega bo‘lish; 
-
yuksak ma’naviy va ma’rifiy madaniyatga ega bo‘lish; 
-
zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini o‘zlashtirib 
olish va Internetdan foydalanish; 
-
o‘quv faoliyatiga innovatsiya, pedtexnologiya, interfaol metodlarni 
o‘zlashtirish orqali o‘quv jarayonini tashkil eta bilishi talab etiladi. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin