246
jihatidan asosiy o‘rinni egallaydi. Sinfdan tashqari ishlardagi ,,o‘lka” tushunchasida
bevosita o‘rganish mumkin bo‘lgan hudud (o‘z shahri yoki qishlog‘i, yaqin atrof,
ma’muriy jihatdan o‘z tumani, o‘z viloyati yoki tabiiy geografik rayoni) nazarda
tutiladi. Sinfdan tashqari ishlarning tematikasida Vatanimizning va uning e’tiborga
sazovor bo‘lgan joylarini, yirik shaharlari, yangi qurilishlarini o‘rganish ham muhim
o‘rinni egallaydi. O‘quvchilar sayyoramizning ayrim e’tiborga sazovor joylari
(g‘orlar, yirik sharsharalar, Antarktida tabiati, tabiat yodgorliklari, okeanlardagi
ajoyib hayot va h.k.)ga uyushtirilgan sayohatlarga qiziqadilar. Ular xalqaro
voqealarni ham, odatda, qiziqish bilan kuzatadilar. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil
etishda o‘quvchilarning bu qiziqishlarini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak.
Sinfdan tashqari ishlarda o‘quv ko’rsatmali qo‘llanmalarni tayyorlash va ularni
ta’mirlash ishlari alohida o‘rin tutadi. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda
o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini ham hisobga olish lozim. V-VII sinflardagi
ishlarning mazmuni ko‘proq tabiatni o‘rganishga qaratilmog‘i, VIII-X sinflarda esa
ishlar iqtisodiy-geografik xarakterda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: