Kurs ishining maqsadi- Men oz kurs ishimda Iqtisodiy muvozanatlilikning mohiyati va unga erishish yollari haqida tushuncha berish va imkon boricha aniq faktlar bilan va qonun qoidalar bilan izohlashni hamda yakuniy xulosamda takliflarimni berishga oz oldimga maqsad qilib qoydim.
Kurs ishining tuzilishi: kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar royxati, ilovalardan iborat bolib, jami sahifadan iborat.
I BOB. IQTISODIY MUVOZANATLILIKNING MOHIYATI VA UNGA ERISHISH YOLLARI. Iqtisodiy muvozanat, uni ta’minlash shart-sharoitlari va aniqlash usullari.
Iqtisodiyot barqaror rivojlanishi uchun uning turli tomonlari ortasida ma’lum muvozanat bolishini taqozo qiladi.
Iqtisodiy muvozanat deb, iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir-biriga teng kelgan holatiga aytiladi. Shuning uchun hambutun iqtisodiyotning muvozanati togrisida gap borganda eng avvalo, yalpi talab va yalpi taklif ortasidagi tenglik e’tiborga olinadi. Makroiqtisodiyotda iqtisodiy muvozanatning shakllanish jarayoni, uni taminlash ancha murakkab va ziddiyatli. Chunki u oz ichiga xususiy va umumiy tavsifdagi bir qator muvozanatlar tizimini oladi.
Xususiy muvozanat - bu ikldta ozaro bogliq bolgan iqtisodiy korsatkichlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi. Xususiy muvozanat ishlab chiqarish va iste’mol, aholining sotib olish layoqati va tovar taklifi masalalari, byudjet daromadlari va xarajatlari. alohida tovarlarga talab va taklif ortasidagi muvozanat korinishida namoyon boladi. Bu muvozanatlar ichida Prezidentimiz I A Karimov ta’kidlab otganlaridek: «...ichki bozorda talab bilan taklif ortasida mutanosiblikka erishish, ya’ni chiqarilgan pul miqdori bilan unga sotib olinadigan mollar salmogi ortasida togri nisbatni ta’minlash goyat katta rol oynaydI»1 Umumiy muvozanat jamiyat barcha ehtiyojlari va milliy ishlab chiqarish hajmining ozaro teng kelishini bildiradi. Umumiy iqtisodiy muvozanat bozor sharoitida, avvalo. yalpi talab va yalpi taklifning teng kelishida korinadi. Bu nafaqat iste’mol ne’matlariga, balki ishlab chiqarish vositalariga, ishchi kuchiga hamda barcha iqtisodiy faoliyat natijalariga umumiy talab va taklifning muvofiq kelishidir.
Umumiy iqtisodiy muvozanat bir qator shart-sharoitlarni taqozo etadi. Birinchidan, bu ijtimoiy maqsadlar va iqtisodiy imkoniyatlarning mos kelishidir.
Ikkinchidan, iqtisodiy muvozanat mamlakatdagi barcha iqtisodiy resurslardan samarali foydalanadigan xojalik mexanizmini taqozo qiladi.
Uchinchidan, muvozanatli ishlab chiqarishning umumiy tarkibiy tuzilishi iste’molning tarkibiy tuzilishiga mos kelishi lozimligini bildiradi.
Tortinchidan, iqtisodiyotda muvozanatning umumiy shartsharoitlari bolib bozor muvozanati, ya’ni barcha asosiy bozorlar (tovarlar, resurslar, ishchi kuchi va hokazolar)da talab va taklif muvozanatga erishishi xizmat qiladi.
Iqtisodiy muvozanat erkin raqobat bozorida barcha xaridorlar tengligi, iqtisodiy vaziyat barqarorligi kabi qator shartsharoitlarni hamtaqozo qiladi.
Real hayotda iqtisodiyot doimiy harakatda va toxtovsiz rivojlanish holatida boladi. Iqtisodiy sikl fazalarida, bozor kon’yunkturasi, bozor subyektlari daromadlari va talabi tarkibida ozgarishlar roy berib turadi.
Bularning hammasi muvozanat holatini turgun iqtisodiyotdagi shartli umumiy muvozanat sifatida qarab chiqishni taqozo qiladi.
Umumiy iqtisodiy muvozanat bozor sharoitida, awalo, yalpi talab va yalpi taklifning teng kelishida korinadi. Bu nafaqat iste’mol ne’matlariga, balki ishlab chiqarish vositalariga, ishchi kuchiga hamda barcha iqtisodiy faoliyat natijalariga umumiy talab va taklifning muvofiq kelishidir. Umumiy iqtisodiy muvozanat bir qator shart-sharoitlami taqozo etadi.
Ijtimoiy maqsadlar va iqtisodiy imkoniyatlaming mos kelishi.
Iqtisodiy muvozanat mamlakatdagi barcha iqtisodiy resurslardan samarali foydalanadigan xojalik mexanizmini taqozo qiladi.
Muvozanatli ishlab chiqarishning umumiy tarkibiy tuzilishi iste’molning tarkibiy tuzilishiga mos kelishi lozimligini bildiradi.
Iqtisodiyotda muvozanatning umumiy shart-sharoitlari bolib bozor muvozanati, ya’ni barcha asosiy bozorlar: tovarlar, resurslar, ishchi kuchi va h.z.da talab va taklif muvozanatga erishishi xizmat qiladi.
Shunday qilib, makrodarajada umumiy iqtisodiy muvozanat - bu mamlakat butun iqtisodiyotning mutanosibligidir. Bu barcha sohalar, tarmoqlar, xojaliklarning me’yorida rivojlanishini ta’minlaydigan iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari hamda barcha bozordagi ozaro bogliq va bir-birini taqozo qiladigan muvozanatlar tizimini oz ichiga oladi.
Iqtisod fanlari doktori O.Hamroyev iqtisodiy muvozanatning mazmuni va uning tarkibiy tuzilishini organishga tizimli yondoshib, ularni quyidagi chizma korinishida ifodalaydi ( 1-chizma).2 1.1-jadval
Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashda asosan ikkita ozaro bogliq usuldan foydalaniladi: 1) yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli; 2) jamgarma va investitsiyalarni taqqoslash usuli.