Iqtisodiy muvozanatlilikning mohiyati va unga erishish yo\'lla (2)
II BOB. OZBEKISTONDA MAKROIQTISODIY BARQARORLIKKA ERISHISH VA IQTISODIYOT TARKIBIY TUZILISHINI. 2.1 Makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyotning siklligi. iqtisodiy inqirozlar. Makrodarajada umumiy iqtisodiy muvozanat - bu mamlakat butun iqtisodiyotning mutanosibligidir. Bu barcha sohalar, tarmoqlar, xojaliklarning me’yorida rivojlanishini ta’minlaydigan iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari hamda barcha bozordagi ozaro bogliq muvozanatlar tizimini oz ichiga oladi.Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashda asosan ikkita ozaro bogliq usuldan foydalaniladi:
Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli.
Jamgarma va investitsiyalami taqqoslash usuli.
Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish umumiy hajmining miqdoriy korsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste’mol hajmi va sof investitsiya sarflarining umumiy summasi (S+I) olinadi. Mazkur modelda yalpi investitsiyalar omiga sof investitsiyalar korsatkichidan foydalanish ishlab chiqarish umumiy hajmini ifodalashda YAIMomiga SMMning qollanishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy muvozanat darajasini tahlil qilish jarayonini soddalashtirish maqsadida yalpi sarflar tarkibidagi davlat (G) hamda chet el omili (X) e’tiborga olinmaydi.
Mavjud iqtisodiy tizimni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish iqtisodiyotning rivojlanishidagi turli nomutanosibliklar hamda tanglik holatlarini keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli bozor iqtisodiyotiga otish yolida iqtisodiyotni jonlantirish, bir tekis rivojlantirish va barqarorlashtirish jarayoni qonuniy bosqich hisoblanadi. Barqarorlashtirish jarayoni iqtisodiy rivojlanishda inqiroz holatlarining oldini olish uchun ishlab chiqarish va chiqarilayotgan mahsulot tarkibini ozgartirishga yonaltiriladi. Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki davrida barqarorlashtirish siyosatidan kozda tutilgan maqsad eng awalo, makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishni keskin darajada pasayishining oldini olish va ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga yol qoymaslikdan iborat boldi.
Iqtisodiyotni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish uning rivojida nomutanosibliklar bolishi va tanglik holatlarning kelib chiqishiga muqarrar qilib quyadi. Shu sababli iqtisodiyotni barqarorlashtirish, bozor iqtisodiyotiga otish jarayonida uni jonlantirish va bir tekis rivojlantirish yolidagi qonuniy bosqichdir. U iqtisodiy rivojlanish butunlay inqirozga uchrashiga chap berish uchun ishlab chiqarshi chiqarilayotgan mahsulot tarkibini ozgartirishiga, ya’ni tangli hodisalariga barhamberishga yonaltiriladi. Rsspublikada barqarorlashtirish siyosatidan kozda tutilgan maqsad eng avvalo, makroiqtisodiyotda muvozanati saqlash, ishlab chiqarishni keskin darajadaa pasayishining oldini olish va ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga nol koymasliqdan iborat boladi. Shu bilan birga bu siyosat pul emissiyasining boshqarish, uning qadrsizlanishining oldini olish, mamlakat tolov balansini bir me’yorda saqlash kabi maqsadlarni hamuz ichiga oladi.
Tarkibiy siyosatning hududiy jihatlari odamlar turmush darajasida vujudga kelgan hududiy nomutanosiblikni bartaraf etish, resurslar va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishdni ta’minlash katta ahamiyatga ega.Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishidagi qayta qurishda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turiii ozgarirish, uning sifatini yaxshilash va mahsulox tayyorlashga kstadigan jami xarakatlarni kamaytirish talablari hamhisobga olinadi.Iqtisodiyot tuzilishidaga ozgartirshilar, chetdan mahsulot olib kelishi qisqarishi, xalq xojaligi xomashyo yetishtirishga qaraltilgan bir tomonlama yonalishini bartaraf etishi va uning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, tarmoqlar ichidaga va xududiy jihatdan vujudga kslgai nomutanosibliklarni bartaraf etish asosida iqtisodiyotning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta’minlash vazifalarini hal etish bilan bogliqdir.Shu vazifalardan kelib chiqib, iqtisodiyot ichki tuzishidagi ozgarishlar respublikaning energetika va oziq-ovqat mustaqilligini ta’minlovchi tarmoqlarni rivojlantirishga qaratiladi. Bunda birinchi navbatda eng muhimozak tarmoqlarni neft va gaz sanoatini, energetikani, rangli metallurgaya sanoatini, mashinasozlik majmuasini, qishloq xojalik va agrosanoat majmuasining boshqa sohalariga rivojlantirishga ustunlik beriladi.
Xalq xojaligining takror ishlab chiqarish tuzilishini tubdan ozgartirish asosida umumiqtisodiy barqarorlikka erishishda iste’mol bilan jamgarish fondi ortasida eng maqbul mutanosiblikni ta’minlash asosiy orin tutadi. Iste’mol fondining eng maqbul darajasiga erishish ichki bozorda talab bilai taklif ortasida nomutanosiblikni ta’minlash muhimrol oynaydi. Shu sababli davlat eng muhimmakroiqtisodiy takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solib turuvchi omillarga koproq e’tibor beradi.Bozor iqtisodiyotiga otish darida iqtisodiyotni barqarorlashtirish muammosini hal etishda ishlab chiqarish infratuzilmasining muhandislik kommunikatsiyalari, transport va aloqa tizimi singari tarmoqlarini ustivor rivojlantirishga hamalohida e’tibor beriladi.Nomoddiy ishlab chiqarish sohasida tarkibiy qayta qurishlar faol investitsiya siyosatini otkazish orqali amalga oshiriladi. Shu sababli respublika investitsiya bazasini rivojlantirishga katta e’tibor berib, bunda oz sarmoyalarimiz, tashqi kreditlar, bevosita investitsiyalar va ularning barcha manbalaridan foydalanish kozda tutiladi. Tashqi investitsiyalarni jalb qilishda bevosita investitsiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlar moliyaviy kredit resurslari shakllarida amalga oshirish mumkinligi hisobga olinadi.Shunday qilib, respublikada iqtisodiy islohotlar davomida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurish vazifalariga aholining real turmush darajasini yaxshilash uchun zaruriy shart-sharoitlar sifatida qaraladi.Respublikada barqarorlashtirish siyosatini ishlab chiqish jahon tajribasida sinalgan yondashuvlar hisobga oliiib ishlab chiqarish sohalariga osimlik beriladi. Modsiy ishla chiqarish sohalarining rivojlaiishida ularni tarkibiy qayta qurish hamkozda tutiladi. Bunda asosiy e’tibor katta istiqbolga ega bolgan, butui xalq xojaligining rivojlanish tamoyillariii belgilab beradigan yetakchi tarmoq va sohalarga qaratiladi.
Har qanday mamlakat, shu jumladan industrial rivojlangan mamlakatlar hamiqtisodiy osishga, hamda toliq bandlik va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi, ammo uzoq muddatli iqtisodiy osish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari bilan uzilib turadi. Iqtisodiy osish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan obyektiv qonunlarning ozgartirib bolmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo boladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bolishidir.
Iqtisodiy sikl deganda, odatda ishlab chiqarishning bir iqtisodiy holatdan, choqqidan yoki inqirozdan ikkinchisi boshlangunga qadar takrorlanib turadigan tolqinsimon harakat tushuniladi, Sikl quyidagi fazalarni: inqiroz, turgunlik jonlanish, yuksalish fazalarini oz ichiga oladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazalarning otish uchun sharoit yuzaga keladi.
Inqiroz ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi siklning qayd etuvchi ifodasidir.U bir siklni nihoyasiga yetkazib, yana muqarar ravishda inqiroz bilan tugaydigap yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz vaziyatda asosi kapitalning ortiqcha jamgarilishi uning hamma funksional shakllarida namoyon boladi. Inqirozdan keyin turgunlik keldiki, uning davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uch sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga yetadi.
Jonlanish fazasining boshlanishi ozmi-kopmi darajada barqaror ishlab chiqarishning kengayishiga otishni bildiradi.
Ish bilan ta’minlanish darajasining ortishi va foydalarning tez osishi jonlanishning yuksalishi bosqichiga osib otishiga komaklashadi. Yangi sikl yuksalishning boshlanish nuqtasi hisoblanadi. Yuksalish fazasida ish kuchiga bolgan ta’labning kengayishi ishsizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish haqining osishiga olib keladiki, buning oqibatida iste’mol tovarlariga tolovga qodir talab kengayadi. Pirovad talabning oshishi, oz navbatida, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoklariga bozorni kengaytirishga jadal turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarning toplanib borishidan iborat zanjirli reaksiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bolib qoladi.
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi boyicha keskin farqlanadi. Shu bilan birga ularning hammasi bir xil fazalarga ega boladi va har xil tadqiqotchilar tomonidan turlicha nomlanadi. 1-chizmada asosiy kopchilik iqtisodchilari tomonidan tan olingan iqtisodiy sikl korsatilgan. Siklning eng yuqori nuqtasida, iqtisodiyotda toliq bandlilik kuzatiladi va ishlab chiqarish toliq yoki deyarli toliq quvvat bilan ishlaydi. Siklning bu fazasida narx darajasi osish tamoyiliga ega boladi, iqtisodiy faollikning osishi toxtaydi.
2.1-chizma
Tanazzul fazasida ishlab chiqarysh va bandlilik qisqaradi, ammo narxlar pasayish tamoyiliga berilmaydi. Tanazzulning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlilik ozining eng past darajasiga erishishi bilan xarakterlanadi.