Iqtisodiy muvozanatlilikning mohiyati va unga erishish yo\'lla (2)
Jamgarma va investitsiyalami taqqoslash usulming mohiyati shundaki, ishlab chiqarilgan mahsulotning har qanday hajmi shunga mos daromad hajmini beradi. Biroq aholi bu daromadning bir qismini iste’mol qilmasdan jamgarmaga qo‘yishi mumkin. Jamgarma sarflar- daromadlar oqimidan potensial sarflarni olib qoyish hisoblanadi. Bunda jamgarmaga qoyilgan mablag investitsiyalar bilan toliq qoplansa, yalpi sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng boladi (3-chizma).
1.2-chizma
Investitsion sarflarning kopayishi ishlab chiqarish hajmi va daromad darajasining osishiga olib keladi. Bu ozaro natija multiplikator samarasi bilan izohlanadi. Multiplikator tushunchasi «kopaytiruvchi» degan ma’noni anglatadi. Multiplikator samarasining mohiyati investitsiya hajmining osishi jamiyat milliy daromadining unga nisbatan koproq osishiga olib kelishi orqali ifodalanadi.
Multiplikator samarasi — bu sof milliy mahsulot ozgarishining investitsiya sarflaridagi ozgarishga nisbati:
Yoki, multiplikator koeffisitentini quyidagicha ifodalash hammumkin:
Investitsion sarflardagi ozgarishdan tashqari iste’mol, davlat xaridi yoki eksportdagi ozgarishlar hammultiplikator samarasiga ta sir korsatadi.
Multiplikator samarasi ikkita holatga asoslanadi. Birinchidan, iqtisodiyotda bir subyekt tomonidan qilingan sarf, boshqasi tomonidan daromad shaklida olinadi. Ikkinchidan, daromaddagi har qanday ozgarish iste’mol va jamgarmada xuddi shunday yonalishda ozgarish bolishiga olib keladi.
Shu orinda ta kidlash lozimki, jamgarma va investitsiya darajasi hamoziga xos chegaralarga ega bolib, bu borada klassik va keynscha qarashlar tafovutlanadi. Klassik nazariya qarashlariga kora, jamgarma investitsiya manbai bolib, jamgarmaga nisbatan moyillikning yuqori darajasi muqarrar ravishda iqtisodiyotning yuksalishiga olib keladi.
Keynscha nazariya esa klassik talqinga qarshi chiqib, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda bu jarayon ozgacha kechishi ta kidlanadi. Chunki, rivojlangan mamlakatlarda jamgarmaga bolgan intilish investitsiyalashga bolgan intilishdan jadalroq bo rib, u quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
Birinchidan, yuqori foyda keltiruvchi kapital qoyilmalarning muqobil imkoniyatlari qisqarib boradi. Natijada kapital jamgarishning osishi bilan uning amal qilishining keyingi qoshilgan samaradorligi pasayib boradi.
Ikkinchidan, rivojlangan mamlakatlarda daromadlarning osishi bilan jamgarmaning ulushi oshib boradi. Shunga kora, jamgarma hajmi investitsiya sarflari hajmidan oshib ketsa, jamgarma egalari muvaffaqiyatsizlikka duchor boladilar. Bu holatni iqtisodiy adabiyotlarda «tejamkorlik paradoksi» tushunchasi orqali izohlanadi.
Bu paradoksning mohiyati shundan iboratki, investitsiyalar nazariy jihatdan avtonomva hosilaviy investitsiyalarga ajratilib, avtonominvestitsiyalar milliy daromad hajmi va uning ozgarishiga bogliq bolmasa, hosilaviy investitsiyalar milliy daromadning ozgarishiga hambogliq boladi. Aynan avtonominvestitsiyalarga qoshimcha ravishda osib boruvchi hosilaviy investitsiyalar iqtisodiy osishni kuchaytirishi, uni jadallashtirishi natijasida akselerator samarasi roy beradi («akselerator» tushunchasi jadallashtiruvchi degan ma’noni anglatadi).
Hosilaviy investitsiyalarning iqtisodiy tabiatidagi oziga xoslik shundaki, u milliy daromadning osishiga qanchalik uzviy bogliq bolsa, uning qisqarishiga hamshu darajada ta sirchan boladi. Ya’ni, iqtisodiyotdagi daromadlarning qisqarishi hosilaviy investitsiyalarning undan hamtezroq qisqarishiga olib keladi. Natijada iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarining bandlilik darajasi pasayadi. Bunday sharoitda jamgarmaga bolgan moyillikning osishi oz navbatida iste’molga bolgan moyillikning pasayishini anglatadi. Iste’mol sarflarining qisqarishi esa. mavjud tovar va xizmatlaming sotilmay qolishiga, ya’ni ishlab chiqarish zahirasining kopayishiga olib keladi. Oqibatda yangi kapital qoyilmalar amalga oshirilmaydi, ishlab chiqarish qisqaradi, ishsizlikning osishi va daromadlaming pasayishi roy beradi. Aholi tomonidan jamgarmaning haddan ortiq kopaytirib yuborilishi oqibatida kelib chiquvchi salbiy jarayonlar, ya’ni «tejamkorlik paradoksi» shunday tarzda namoyon boladi. Mazkur jarayonni quyidagi chizma orqali hamkо’rib chiqish mumkin (4-chizma):
1.3-chizma
Chizmaning yotiq o‘qida milliy daromad, tik o‘qida esa, jamg‘arma va investitsiyalar hajmi joylashtirilgan bo‘lib, F chizig‘i iqtisodiyotdagi to‘la bandlik sharoitida milliy daromad hajmini ifodalaydi.
E’tibor berilsa, chizmadagi investitsiya sarflari chizigi yotiq oqqa parallel emas, balki osib boruvchi korinishda namoyon bolmoqda. Bu esa, avtonominvestitsiyalardan farqli olaroq, hosilaviy investitsiyalarning milliy daromad hajmiga bogliqligini korsatadi.
Chizmadan korinadiki, iqtisodiyotdagi jamgarma hajmi S dan S| ga qadar osmoqda. Natijada, jamgarmaning investitsiya bilan muvozanat nuqtasi E dan Ei ga kochdi. Biroq, bu osish E nuqtadagi milliy daromad hajmi ON ning Ej nuqtadagi ON | hajmiga qadar qisqarishiga olib keldi. Tegishli ravishda investitsiya hajmi hamEN darajadan EjN) darajaga qadar qisqardi. EjEoE nuqtalarini tutashtirish natijasida hosil boluvchi uchburchak yuzasi jamgarma hajmining osishi natijasida investitsiya imkoniyatlarining qisqarishini. EEo kesma esa, investitsiyalarning qisqarishini korsatadi. Aynan shu holat, ya’ni jamgarmalarning osishi natijasida investitsiyalarning qisqarishi «tejamkorlik paradoksi» mohiyatini namoyon etadi.
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda yuqoridagi usullardan tashqari balans usulidan hamda xarajat va natijalarni taqqoslash usulidan hamfoydalaniladi. Balans usulida tarmoqlararo balans, moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi balanslaridan foydalanilib iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi..