“sirtqi boʻlim” “iqtisodiyot va turizm” kafedrasi


Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari



Yüklə 131,81 Kb.
səhifə6/11
tarix20.11.2023
ölçüsü131,81 Kb.
#165105
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Iqtisodiy muvozanatlilikning mohiyati va unga erishish yo\'lla (2)

Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari.

Milliy iqtisodiyotdagi muvozanatlik uning turli tomonlari va sohalari o‘rtasida mutanosiblik bo‘lishini taqozo qiladi.
Iqtisodiy mutanosiblik - iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o‘rtasida miqdor va sifat jihatdan ma’lummoslik bo‘lishidir. Bunda tenglik bo‘lishi shart emas. Ular mos keluvchi nisbatlarda (masalan, 2:3, 5:3, 3:1) bo‘lishi mumkin.
Makroiqtisodiy jarayon g‘oyat murakkab va ko‘p qirrali bo‘lishi sababli mutanosiblik turlari hamko‘p va xilma-xil. Jumladan, professor A.G.Gryaznova va boshqalar iqtisodiyotda muvozanatga erishishni ta ‘minlovchi beshta asosiy mutanosiblikni ajratib ko‘rsatadilar:

  1. resurslarning hajmi, tarkibiy tuzilishi va samaradorligini moddiy ne’matlar va xizmatlar ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasi bilan bogMovchi omillar (ishlab chiqarish, mehnat, moliyaviy resurslar) mutanosibligi;

  2. jamg‘arish me’yorini, ya’ni ishlab chiqarishning ma’lumhajmiga erishish uchun uni kengaytirishga yo‘naltiriluvchi mamlakat milliy daromadidagi ulushni belgilovchi jamg‘arish mutanosibligi;

  3. ishlab chiqarish faoliyatidan olingan daromadlarni ishlab chiqarish omillarining barcha egalari o‘rtasida taqsimlanishi nisbatini belgilab beruvchi taqsimot mutanosibligi;

  4. iste’molchi talabi va taklifining hajmi, tarkibiy tuzilishi va qiymati bo‘yicha nisbatini belgilab beruvchi ayirboshlash (sotish) mutanosibligi;

  5. tovar va pul massasi o‘rtasidagi nisbatni aks ettiruvchi tovar-pul mutanosibligi.

Iqtisodiy mutanosibliklarni bu kabi turli ko‘rinishdagi turkumlashlar boshqa manbalarda hamko‘plab uchraydi. Shunga ko‘ra, ularning barchasini urnumlashtirib mutanosiblikning quyidagi guruhlari tarkibiga kiritish mumkin.

  1. Umumiqtisodiy tavsifdagi mutanosibliklar. Bunga milliy daromaddagi tarkibiy qismlar: iste’mol fondi va jamg‘arish fondi o‘rtasidagi; iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar massasi bilan pul massasi o‘rtasidagi; aholining daromadlari bilan xarajatlar o‘rtasidagi mutanosibliklarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.

  2. Tarmoqlararo mutanosibliklar. Milliy iqtisodiyotning muvozanatini ta ‘minlashda tarmoqlararo mutanosibliklar alohida o‘rin tutadi. Mamlakat xalq xo‘jaligi juda ko‘p tarmoq va sohalardan iborat b o‘lib, ularning rivojlanishi bir-birini taqozo qiladi. Bir tarmoqda yaratilgan mahsulot boshqa tarmoqda iste’mol qilinadi yoki pirovard mahsulotga aylantirilib, o‘z iste’molchisini topadi. Masalan, qishloq xo‘jalik mahsulotlarning ko‘pchilik qismi (paxta, g‘aila, pilla, sut va h.k.) sanoatning tegishli tarmoqlarida qayta ishlanib, pirovard mahsulotga aylantiriladi va iste’molchilik tovarlari bozoriga chiqariladi. O ‘z navbatida sanoatning ishlab chiqarish vositalari yaratadigan sohalarning mahsulotlari xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari (qishloq xo‘jaligi, qurilish va h.k.)da unumli iste’mol qilinadi. Bu ularning bir-biriga bog‘liqlikda rivojlanishini taqozo qiladi. Tarmoqlararo mutanosibliklarga sanoat bilan qishloq xo‘jaligi va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosibliklar misol bo‘ladi.

  3. Tarmoq ichidagi mutanosibliklar. Tarmoqlararo mutanosiblik va milliy ishlab chiqarish darajasidagi muvozanatlik tarmoqlar ichidagi mutanosiblik orqali ta ‘minlanadi. Tarmoqlar ichidagi mutanosiblik alohida olingan tarmoq tarkibidagi soha va ishlab chiqarishlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Masalan, sanoatning ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlari ishlab chiqaradigan sohalari, qishloq xo‘jaligining dehqonchilik va chorvachilik sohalari o‘rtasidagi mutanosibliklar va h.k. Shu bilan birga, ta ‘kidlab o‘tilgan sohalarning ichidagi tarkibiy bo‘linmalar o‘rtasida hambog‘liqlik bo‘lishi zarur. Masalan, sanoatning qazib olish va qayta ishlash tarmoqlari, chorvachilikning sut va go‘sht ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida va boshqalar.

  4. Hududiy (territorial) mutanosibliklar. Iqtisodiy rivojlanish mamlakat ayrimhududlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni hamtaqozo qiladi. Yuzaki qaraganda hududlar o‘rtasidagi mutanosibliklarning mamlakat iqtisodiy rivojidagi roli to‘liq namoyon bo‘lmaydi. Lekin alohida hududiy boiinmalar (viloyat, tuman, shahar va boshqa hududiy birliklar)ning birbiriga iqtisodiy va tashkiliy jihatdan bog‘liqligi, ixt isoslash ish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi va kommunikatsiya nuqtai nazaridan qaralsa, bu bog‘liqlikning ahamiyati yaqqol ko‘rinadi.

  5. Davlatlararo mutanosibliklar. Bu mutanosiblikni ikki holat taqozo qiladi. Birinchidan, dunyoning ko‘pchilik mam­ lakatlari xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir-biri bilan bog‘langan, ikkinchidan, shu bog‘liqlik orqali milliy ishlab chiqarishning bir qismi chet elliklar tomonidan xarid qilinadi yoki milliy ishlab chiqaruvchilar o‘z iste’molining bir qismini chetdan keltirilgan mahsulotlar hisobiga qondiradi. Bu bog‘liqlik qanchalik katta bo‘lsa, sof eksport hajmi orqali makroiqtisodiy muvozanati ikka shunchalik kuchli ta ‘sir ko‘rsatadi.


Yüklə 131,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin