“sirtqi boʻlim” “iqtisodiyot va turizm” kafedrasi


Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash



Yüklə 131,81 Kb.
səhifə4/11
tarix20.11.2023
ölçüsü131,81 Kb.
#165105
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Iqtisodiy muvozanatlilikning mohiyati va unga erishish yo\'lla (2)

Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish umumiy hajmining miqdoriy ko‘rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste’mol hajmi va sof investitsiya sarflarining umumiy summasi (S + In) olinadi. Mazkur modelda yalpi investitsiyalar o‘rniga sof investitsiyalar ko‘rsatkichidan foydalanish ishlab chiqarish umumiy hajmini ifodalashda YalMo‘rniga SMMning qollanishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy muvozanat darajasini tahlil qilish jarayonini soddalashtirish maqsadida yalpi sarflar tarkibidagi davlat (G) hamda chet el omili (Xn) e’tiborga olinmaydi.
Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi bu ishlab chiqarishning shunday hajmiki, u ishlab chiqarish mazkur hajmini sotib olish uchun etarli umumiy sarflarni ta’minlaydi. Boshqacha aytganda, sof milliy mahsulot muvozanatli darajasida ishlab chiqarilgan tovarlaming umumiy miqdori (SMM) xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga (S+In) teng bo‘ladi (2-chizma).
1.1-chizma

Chizmadan ko‘rinadiki. yalpi sarflar hamda ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi tenglik ushbu ko‘rsatkichlar joylashgan o‘qlarning o‘rtasidan 45° burchak ostida o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq orqali ifodalanadi. Haqiqatan hambu to‘g‘ri chiziqning har qanday nuqtasidan chiqarilgan yotiq va tik yo‘nalishdagi chiziqlar teng miqdorlarni ko‘rsatadi. S chizig‘i esa, iste’mol sarflari miqdorini aks ettirib, daromad (ya’ni SMM) hajmi oshib borishi bilan uning darajasi hamo‘sib boradi. Yalpi sarflar (S + In) chizig‘ini hosil qilish uchun iste’mol sarflarining (S) turli hajmiga mos tushuvchi sof investitsiyalar ( ln) miqdori qo‘shib boriladi. Bu o‘rinda tadbirkorlar tomonidan amalga oshirish ko‘zda tutilayotgan investitsiyalar hajmi daromad darajasiga bog‘liq emas, deb qabul qilinadi. Shu sababli yalpi sarflar chizig‘i iste’mol sarflari chizig‘idan In miqdoriga teng uzoqlikda joylashadi.
Chizmada iqtisodiy muvozanatga E nuqtada erishiladi, ya’ni aynan shu nuqtada ishlab chiqarilgan sof milliy mahsulot hajmi (SMMe) iste’mol qilingan mahsulot hajmiga ( S + l n)E teng keladi.
To‘la bandlik sharoitida yalpi sarflar SMMhajmi bilan mos kelmasligi mumkin. Bu mos kelmaslik chizmada retsession yoki inflyatsion farq ko‘rinishida ifodalangan. Yalpi sarflarning SMMhajmidan kambo‘lgan miqdori retsession farq. yalpi sarflarning SMMhajmidan ortiqcha bo‘lgan miqdori inflyatsion farq deyiladi.

Yüklə 131,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin