Forumda ishlash qoidalari quyidagicha:
9.
Forumga kirish.
10.
Forumga kirish uchun ro‘yxatga yozilish.
11.
Forumda ishtirok etish.
12.
Forumda axborot olish, axborot yuborish.
Xulosa qilib aytganda, o‘quv jarayoniga Forumning kirib borishi o‘quvchi-
talabalarga ta’lim olishda eng qulay muhit yaratadi. Ularning shaxsiy qiziqishi va
ehtiyojlari qondiriladi. O‘quv faniga va bilimni egallashga o‘quvchi-talabalarning
ma’suliyati oshadi. Natijada ta’limning sifati va samaradorligi oshadi.
240
8.12.
Geografiyada mustaqil ta’lim texnologiyalarini yaratish
masalalari
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim turlari orasida mustaqil ta’lim ham o‘ziga xos
ahamiyatga ega.
Mustaqil ta’lim
– oliy o‘quv yurti talabalarida pedagog rahbarligi va
nazorati ostida o‘quv hamda mutaxassislik fanlari bo‘yicha ma’ruza, seminar va
amaliy
mashg‘ulotlarda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni
mustahkamlash, boyitish, ular tomonidan yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni
mustaqil o‘zlashtirilishini ta’minlash, ularni kasbiy faoliyatni mustaqil tashkil eta
olishga tayyorlashga yo‘naltirilgan ta’lim.
Bu turdagi ta’lim talabalar tomonidan o‘quv, mutaxassislik fanlari asoslarini
chuqur egallash, ularda topshiriqlarga ijodiy yondoshish, mustaqil fikrlash, o‘z
bilimlarni izchil oshirib borishga intilish, adabiyotlardan keng, samarali
foydalanish borasidagi ko‘nikma, malakalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda oliy o‘quv yurtlarining barcha o‘quv va mutaxassislik fanlari
bo‘yicha yaratilgan dastur, shuningdek, ta’lim muassasalarining o‘quv rejasida
ham talabalarning mustaqil ta’limiga alohida o‘rin ajratilgan. Bakalavriat va
magistratura bosqichida talabalar o‘quv jadvalidan o‘rin olgan barcha fanlar
bo‘yicha mustaqil ish topshiradi. Talabalar mustaqil ta’limning natijasi sifatida
bajariladigan mustaqil ish turi kafedralar tomonidan o‘quv dasturida qayd etiladi.
Oliy o‘quv yurtlarida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishda
muayyan vazifalar hal etiladi. Jumladan:
-
talabalarda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarida egallangan bilim,
ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash va boyitish;
-
ularda yangi bilimlarni mustaqil ravishda puxta o‘zlashtirish ko‘nikma,
malakalarini hosil qilish;
-
talabalarni axborot manbalaridan samarali foydalanishga odatlantirish;
-
ularni zarur ma’lumotlarni izlash, umumlashtirish, tahlil qilish, saralash va
muhimlarini belgilashga o‘rgatish;
-
talabalarda mustaqil ishni bajarishda samarali va maqbul metod,
vositalardan foydalanish tajribasini hosil qilish;
-
ularni o‘quv va amaliy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar, elektron o‘quv
adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash malakalarini o‘zlashtirishga
rag‘batlantirish;
-
talabalarda Internet xalqaro axborot tarmog‘idan maqsadli, oqilona
foydalanish mas’uliyatini tarbiyalash;
-
ularni mustaqil ishni mavjud talablar asosida sifatli bajarilishi yuzasidan
javobgarlikni his qilishga o‘rgatish;
241
-
talabalarda yakunlangan va nihoyasiga yetkazilgan ishni ekspertizaga
tayyorlash, ekspertizadan o‘tkazish, ekspert xulosasi asosida qayta ishlash
malakalarini hosil qilish;
-
talabalarni mustaqil ishlarni sifatli, maqsadli bajarishga nisbatan ijodiy
yondoshishga o‘rgatish;
-
ularni
yakunlangan,
nihoyasiga
yetkazilgan
va
ekspertizadan
muvaffaqiyatli o‘tkazilgan mustaqil ishlarni mutaxassislar jamoasida ochiq himoya
qilishga tayyorlash kabilardir.
Belgilangan tartibga ko‘ra ajratilgan vaqt budjeti doirasida fanlar bo‘yicha
tegishli kafedralarda mustaqil ishning tashkiliy shakllari va o‘quv topshiriqlarining
variantlari ishlab chiqilib, fakultet ilmiy-uslubiy kengashida tasdiqlanadi. Shu bilan
birga tegishli kafedralarda fanlar bo‘yicha mustaqil ishni bajarish yuzasidan
talabalar uchun metodik ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi hamda metodik
qo‘llanma tayyorlanadi. Mustaqil ishlar sifati va mazmunini baholash mezonlari
tegishli kafedra tomonidan ishlab chiqilib, fakultet kengashi yig‘ilishining qarori
bilan tasdiqlanadi. Mazkur mezonlar talabalarga o‘quv yili (semestri) boshlanishi
oldidan metodik materiallar bilan birgalikda tarqatiladi.
Talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishda turli shakllardan
foydalaniladi. Ular:
-
ayrim mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;
-
berilgan mavzu bo‘yicha mustaqil ravishda axborot (referat) tayyorlash;
-
mustaqil ravishda seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik
ko‘rish;
-
laboratoriya ishlarini bajarishga mustaqil tayyorlanish;
-
hisob-grafik ishlarini mustaqil bajarish;
-
mustaqil ravishda kurs ishi (loyihasi)ni bajarish;
-
malakaviy bitiruv ishi va magistrlik dissertatsiyasini rahbar ko‘rsatmasi va
nazorati ostida mustaqil tayyorlash;
-
mustaqil ravishda nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash;
-
mavjud muammolarning yechimini mustaqil topish (keys-stadi);
-
mustaqil ravishda va ijodiy yondoshgan holda maket, model, badiiy asar,
musiqa va namunalar yaratish;
-
ijodiy va mustaqil yondashuv asosida ilmiy maqola, ma’ruza va tezislar
tayyorlash.
Ayni o‘rinda shuni alohida qayd etib o‘tish lozim, har bir talaba o‘quv yoki
mutaxassislik fanlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mustaqil ishni
bajarishda ta’limning boshqa shakllardan ham foydalanilishi mumkin. Ta’lim
shakli, shuningdek, uning mazmuni va hajmiga qo‘yiladigan talablar o‘qitiladigan
barcha fanlar bo‘yicha namunaviy va ishchi dasturlarda bevosita ko‘rsatiladi.
242
Talabalar har bir fanning namunaviy dasturi bo‘yicha ko‘zda tutilgan
auditoriya soatlari hisobidan o‘tiladigan mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari davrida
o‘qituvchi rahbarligida bilim oladi. Auditoriyadagi mustaqil ta’lim mashg‘ulotida
talaba shu fan bo‘yicha belgilab qo‘yilgan ballar taqsimotida ko‘zda tutilgan
muayyan ball miqdorida baholanadi. Odatda, auditoriyada amalga oshiriladigan
mustaqil ta’lim amaliy (seminar) mashg‘ulotining shakli sifatida suhbat, bahs-
munozara, kollokvium yoki yozma ish shaklida o‘tkaziladi.
Auditoriyadan tashqari mustaqil ish sifatida talaba fan dasturi bo‘yicha
ko‘zda tutilgan har bir mavzu uchun qo‘shimcha ravishda o‘qib o‘rganish
maqsadida ma’ruzachi tomonidan aniq vazifa va topshiriqlar oladi. Ushbu vazifa
va topshiriqlarning bajarilishi amaliy (seminar) mashg‘ulotlarida o‘qituvchi
tomonidan muntazam nazorat qilinadi. Mustaqil ish sifatida berilgan vazifa va
topshiriqlarning talabalar tomonidan bajarilishi joriy, oraliq va yakuniy nazorat
jarayonida tahlil etib borilishi lozim.
Fanning o‘quv dasturida mustaqil ta’lim va mustaqil ish uchun beriladigan
vazifa va topshiriqlar mazmuni, ularning rejalashtirilishi qayd etilishi zarur.
Mustaqil ish samarali bo‘lishi o‘sha fandan maxsus adabiyotlarning mavjud
bo‘lishiga bog‘liq. Talabalar mustaqil ishlarni bajarishda darslik, o‘quv va metodik
qo‘llanma, metodik ko‘rsatma va tavsiyalar, EATR ma’lumotlar to‘plami va banki,
ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, Internet xalqaro axborot tarmog‘i materiallari,
mavzu bo‘yicha bajarilgan mavjud ishlar banki va boshqalardan
Dostları ilə paylaş: |