Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author


Forum – shunday imkoniyatga egaki, mavzu yoki muammolarning  yechimini hamkorlikda muhokama etish mumkin. Qisqacha qilib aytsak,  Forum –



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   149


Forum
shunday imkoniyatga egaki, mavzu yoki muammolarning 
yechimini hamkorlikda muhokama etish mumkin. Qisqacha qilib aytsak, 
Forum – 
bu internet imkoniyatlaridan biridir.
 
Forum quyidagi imkoniyatlarni yaratib beradi: 

tezkorlikda muhokama eta olish. Unda tezlikda axborotni o‘qish, javob 
berish yoki o‘z shaxsiy fikrini bildirish, yoki savol berish, bergan savoliga ma’lum 
vaqt o‘tishi bilan javob olish imkonini beradi; 

biror loyiha yoki hujjatlarni yaratishda hamkorlikda ishlash. 
Forumda 
hujjatlarni, rasm, sxemalarni namoyish etish, muhokama etish, tahrir qilish 
mumkin. Bu o‘z navbatida g‘oyalar, hujjatlarni ishtirokchilar fikrini hisobga olib 
yaratish imkonini yaratadi; 

ishtirokchi o‘ziga qulay vaziyatda murojaat etishi, materiallar bilan 
tanishishi, shular asosida javoblarini yozib yuborishi mumkin; 

o‘zaro tajriba almashish, ma’lum mavzular bo‘yicha bilim va axborotlarni 
olish – berish mumkin. Ishtirokchi passiv holda faqat mavzu mazmunini erkin 
olishi mumkin. Zarur mavzulardagi ma’lumotlarni olish orqali kasbiy, metodik 
mahoratlarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘ladi; 

Forumda o‘z hamkasblaringiz, do‘stlarni qidirib topish imkoniyati 
tug‘iladi. Qatnashchilar o‘z kasbiy va ijodiy ishlarini namoyish etish va aksincha 
axborotlarni onlayn
 
xabarlar orqali olishi mumkin. 
Elektron forumlar – Internet va elektron pochtalardan foydalanib 
o‘tkaziladigan seminardir. 
Seminarning moderatori ishtirokchilarga materiallarni beradi. Uning 
mazmun-mohiyatini tushuntiradi, so‘ng savol beradi yoki mavzu mazmunini 
muhokama ettiradi. Seminar ishtirokchilarini material bilan tanishtiradi, savollarga 
javob beradi, o‘z xulosalarini chiqaradi. Har bir ishtirokchi muhokamada ishtirok 
etadi. Muzokara natijalari asosida xulosalar chiqariladi. 
Xulosalar asosida seminar qatnashchisi to‘g‘ri, yakuniy javobni oladi. Bu 
esa olgan bilimlarini mustahkamlashga ta’sir etadi. 
Moderator 
– 
forumga 
boshchilik qiladi, munozaraning to‘g‘ri borishini 
ta’min etadi, kerakli joyda uni yo‘naltiradi. Zarur hollarda tuzatishlar, takliflar 
kiritadi. 
Forum 
qatnashchilari savollar berish, ayrim narsalarni anglab olish orqali, 
ishtirok etishlari kerak. Munozara qatnashchilari boshqalar savol-javoblarini 
eshitgan holda o‘zlari ham faol ishtirok etishlari maqsadga muvofiq. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin