237
8.11. Geografiya ta’limida onlayn loyihali metodlaridan foydalanish
Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur’atlar bilan
rivojlanishi o‘quv jarayoniga ketgan vaqt va masofani qisqartiradi. Bu esa ta’lim
mazmunini tinglovchiga yetkazishda juda muhim rol o‘ynaydi. Sir emaski, o‘quv
jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
joriy etish
o‘quv-bilish jarayoni sifat-samaradorligini oshirish imkonini beradi. Bu o‘z
navbatida ta’lim olishga qulay muhit, imkoniyat yaratadi. Shuning uchun ham
axborot-kommunikatsiyalari asosidagi o‘quv jarayonini
tashkil etish keng quloch
yozib bormoqda. Bular ichida
Onlayn loyihali metodlari
o‘quv
jarayoniga
intensiv kirib kelmoqda.
Onlayn loyihali metodlar
–pedagogik texnologiyalarni,
talabalarning
o‘quv-biluv jarayonlarini amalga oshirishda juda qulay va samaralidir.
Bu zayldagi texnologiyalar talabalarning bilim olishida uni izlanishga, tahlil
qilishga undaydi, ijodiy va amaliy malakalarining rivojlanishiga juda katta ta’sir
qiladi.
Onlayn loyihali – o‘quv dastur loyihalari quyidagi bosqichlarda amalga
oshiriladi:
1.
Talabalarga yechish uchun biror muammoni yoki savolni qo‘yadiki, u
talabadagi qiziqishni orttiradi.
2.
Muammoning yechimini topish uchun talabalar biror gipotezani
mustaqil ishlab chiqadi yoki yechimini topish uchun mantiqiy fikr yuritadilar.
3.
Talabalar
muammoni yechish davomida, turli manbalardan (adabiyot,
qo‘llanma, tablitsa, grafik, karta va
Internet)dan axborotlarni to‘playdilar.
4.
To‘plangan axborotlarni o‘rganadilar, qayta ishlaydilar, qo‘yilgan
muammoni yechish bo‘yicha xulosalar chiqaradilar. Boshqacha aytganda,
muammo ustida mushohada yuritadilar, yechim topadilar.
5.
Talabalar
yakuniy xulosaga kelgach, yechimini tekshiradi va yangi
gipotezalarni ko‘z oldiga keltirib, shakllantiradi.
Shunday qilib, talabalarning
Internet
da ishlay olishi o‘quv
dasturlarini
o‘zlashtirishda yangi resurslardan foydalanish malaka va ko‘nikmasini hosil qiladi.
Bu holat o‘quv dasturini
Internet
dan topish, elektron pochtalar bilan va forum
muhitida ishlash malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishni talab etadi.
Shu o‘rinda forum nima? Forum sharoitida ishlash qoidalari, uning ish rejimi
va uning imkoniyatlari haqida fikr yuritamiz.
Forum
– saytda muloqot yuritish shaklidir. Forumda axborot beruvchining
o‘z muammolari bo‘lib, u mazmunini belgilaydi. Forumlar ma’lum
mavzularga
ega bo‘ladi. Unda ishtirok etuvchi ma’lum tomon mazmunini ochishga harakat
qiladi. Forum mazmuni, mavzulari internetda uzoq vaqt saqlanishi mumkin.