236
ya’ni kerakli axborotni olish qobiliyatini, ularni yangi texnikalar yordamida qayta
ishlash, amaliyotda qo’llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilishi talab etiladi.
Media ta’lim metodi asosidagi darslar kompyuterlashtirilgan sinflarda,
multimediani proektorlar bilan jihozlashda o‘tkaziladi.
Kompyuterlashgan sinflarda o‘quv faoliyatining namunali-samarali kechishi
uchun u yerda qo‘shimcha joylashtirilgan o‘quv stollaridan foydalanish maqsadga
muvofiq. Bu holat sanitar-gigienik me’yorlarga
rioya etish, talabalarning o‘quv
faoliyatini boshqa joyda tashkil etish imkoniyatini yaratadi.
Agar o‘qituvchi ko‘rgazmali tasvirlardangina foydalansa, ularni bir
komplekt kompyuterda ekranga namoyish etish bilan cheklanadi. Auditoriyada
talabalar bilan ishlashni quyidagicha tashkil etish mumkin:
-
video fragmentlarni frontal ko‘rish;
-
topshiriq, mashqlarni bajarishda amaliy mashg‘ulotlarni individual
ishlash;
-
umumiy o‘quv loyihalarini modelli eksperimentni bajarishda kichik
guruhlarda ishlash;
-
media ta’lim metodi asosida darslarni tashkil etishda ham o‘quv
jarayonining hamma komponentlari o‘z
aksini topishi, faoliyat kompyuter va
kompyutersiz almashinib turishi mumkin;
-
faollashtirish (o‘quv materialini takrorlash, materialni birinchi bora
o‘zlashtirish) kompyuterda yoki kompyutersiz;
-
bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish (o‘quv axborotlari blokining
mohiyatini bilib, tushunib olish va uni mustahkamlash) kompyuterda yoki uning
ishtirokisiz;
-
o‘quv materiallarini amalda qo‘llay olish, o‘quv
materialini
o‘zlashtirganligini nazorat qilish: kompyuter va kompyutersiz variantda.
Yuqoridagilardan xulosa shuki, media ta’lim metodi asosida darslarni
tayyorlash, samarali o‘tkazish o‘qituvchilardan quyidagilarni talab etadi:
-
yuqori darajadagi kasbiy mahoratga ega bo‘lish;
-
zamonaviy metodik tayyorgarlikka ega bo‘lish;
-
talabalar bilan muloqotga kirishish, chuqur psixologik va pedagogik
bilimlarga ega bo‘lish;
-
yuksak ma’naviy va ma’rifiy madaniyatga ega bo‘lish;
-
zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini o‘zlashtirib
olish va Internetdan foydalanish;
-
o‘quv faoliyatiga innovatsiya, pedtexnologiya,
interfaol metodlarni
o‘zlashtirish orqali o‘quv jarayonini tashkil eta bilishi talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: