Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   149


 
9.4. Geografiya olimpiadasi 
Sinfdan tashqarida olib boriladigan ta’lim - tarbiya ishlaridan biri olimpiada 
o‘tkazishdir. Geografiya olimpiadasi o‘tkazishdan asosiy maqsad:
O‘quvchilarning geografik karta va u bilan ishlay olishlari, geografik 
kashfiyotlar tarixi to‘g‘risidagi o‘quvchilar bilimini tekshirish, turli kartalarga qarab 
geografik ta’rif bera bilish, ayrim tabiiy geografik rayonlarga qiyosiy xarakteristika 
bera olish, o‘lka materiallari asosida o‘z shahri, viloyati va respublikasi haqida 
olgan bilimlarini mustahkamlash, amaliy xarakterga ega bo‘lgan masalalarni 
(mo‘ljalga olish,topografik karta-sxema chiza olish, o‘lchov ishlarini bajarish) hal 
etish, hozirgi davrdagi yirik qurilish va o‘zgarishlardan xabardor qilishdan iboratdir. 
Olimpiada o‘tkazish bilan maktablarda olib boriladigan o‘lkashunoslik 
ishlariga yakun yasaladi.O‘lkani o‘rganish ishlari yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi 
maktablar va eng yaxshi “o‘lkani o‘rganish” to‘garaklari aniqlanadi, shuningdek 
geografiya ta’limi va o‘quvchilar bilimidagi asosiy yutuq va kamchiliklar bilib 
olinadi. To‘g‘ri o‘tkazilgan geografiya olimpiadasi qiyinchiliklarni yengishda 


252 
o‘quvchilar faolligini oshiradi. Olimpiadani o‘tkazishda universitet, pedagogika 
institutlari, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi (shahar bo‘limi), viloyat (shahar) 
pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlari, bolalar va 
o‘smirlar saroylari, Yoshlar Ittifoqi, o‘lkashunoslik muzeyi va bolalar turistik 
stansiyalari o‘z hissalarini qo‘shadilar. 
Geografiya olimpiadasi to‘rt bosqichda o‘tkaziladi. Bosqichlarni o‘tkazish 
vaqtini Respublika xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 
belgilaydi. Geografiya olimpiadalari – maktablarda dekabr oyi oxirida (birinchi 
bosqich), tuman(shahar)lar bo‘yicha yanvar oyi(qishqi ta’til) paytida (ikkinchi 
bosqich),viloyat bo‘yicha mart oyi (bahorgi ta’til) paytida (uchinchi bosqich), 
respublika bo‘yicha aprel oyining oxirida(to‘rtinchi bosqich) o‘tkaziladish. 
Maktabda o‘tkaziladigan olimpiada topshiriqlarini bajara olmagan o‘quvchilar 
tuman (shahar) bosqichi bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiadada qatnashmaydilar. 
Tuman (shahar)dagi olimpiada g‘oliblari viloyat bosqichi g‘oliblari, o‘z navbatida 
yakuniy respublika bosqichi olimpiadasida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar.
Olimpiadada beriladigan savollar mazmuni jihatidan o‘quvchilarning bilim 
darajasiga mos kelishi kerak. Geografiya olimpiadasiga alohida tayyorgarlik ko‘rish 
kerak. Maktablarda olimpiada o‘tkazishga tayyorgarlik hakamlar tarkibini tuzishdan 
boshlanadi. Hakamlar hay’ati tarkibiga maktab geografiya o‘qituvchilari ( ularning 
biri mas’ul bo‘ladi), o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Yoshlar Ittifoqining 
vakillari kiradi. Maktablarda olimpiada oldidan suhbat, geografik kechalar, viktorina 
o‘tkazish, maxsus devoriy gazetalar chiqarish, shuningdek, ko‘zga tashlanib 
turadigan joylarda olimpiada haqida e’lonlar osib qo‘yish kerak .
Hakamlar hay’ati a’zolari har bir sinf uchun alohida, ikki variantdan iborat 
savollar tuzib chiqadilar. Maktabda o‘tkaziladigan olimpiada ikki davradan iborat 
bo‘lishi mumkin. Birinchi davrada geografik mazmundagi qiziqarli masalalar va 
maktab olimpiadasida beriladigan topshiriqlar mazmuniga yaqinroq savollar 
bo‘lib,oldindan e’lon qilinadi va o‘quvchilar ma’lum vaqt ichida javob yozadilar. 
Mana shu birinchi davradagi savollarga javob bergan o‘quvchilar ikkinchi davraga, 
ya’ni maktabda o‘tkaziladigan birinchi bosqich olimpiadasiga ishtirok etadilar. 
Maktabda olimpiadada ishtirok etuvchilar aniqlangandan so‘ng hakam uning 
o‘tkazish kunini belgilaydi. Maktab birinchi smenada bo‘lsa , darsdan keyin, 
ikkinchi smenada bo‘lsa o‘qish boshlanishidan avval , bir kunni olimpiada kuni deb 
belgilanadi. O‘quvchilar maktab zaliga yig‘iladilar hakamlar hay’ati raisi 
olimpiadani ochadi. So‘ngra o‘quvchilar sinflar bo‘yicha xonalarga tarqaladilar. Har 
bir olimpiada o‘tkaziladigan sinf doskasiga savollar yozib qo‘yiladi. Keyin javob 
yozish uchun o‘quvchilarga yozuvsiz karta, qog‘oz, chizg‘ich, kompas, qalam ham 
beriladi. Berilgan savollarga javoblar belgilangan vaqt (2-3 soat) davomida amalga 
oshiriladi. 


253 
Maktabda o‘tkazilgan olimpiadada beriladigan savollar umumiy tamoyil 
asosida o‘qituvchi tomonidan tuzib chiqiladi. Savollar ikki variantda berilib, har bir 
variantda 3-4 tadan savol bo‘ladi.
Maktabdagi olimpiada ishtirokchilari o‘z ishlarini topshirganlaridan keyin har 
qaysi sinf bo‘yicha ularning ishlari hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan tekshirib 
chiqiladi va o‘sha kunning o‘zida natijalar tantanali tarzda e’lon qilinadi, g‘oliblarga 
mukofotlar topshiriladi. Tuman (shahar) olimpiadasiga maktab olimpiadasida, ya’ni 
birinchi bosqichda g‘olib chiqqan o‘quvchilar yuboriladi. Har bir maktab tuman 
(shahar) uslubiy kengashiga olimpiada ishtirokchilarining soniga qarab maxsus 
shaklda talabnoma yuboradi. Demak , tuman (shahar) komissiyasi olimpiadaga 
qadar jami nechta o‘quvchi tuman (shahar) olimpiadasiga ishtirok etishi mumkinligi 
haqida ma’lumotga ega bo‘ladi.Tuman, shuningdek, shahar olimpiadasida 
beriladigan savollar tajribali geografiya o‘qituvchilari va metodistlar tomonidan 
tuziladi, ular konvertga solinib muhrlanadi va olimpiada boshlanganda e’lon 
qilinadi. Tuman (shahar) olimpiadasi o‘tkazish uchun xalq ta’limi bo‘limi 
tomonidan tuman (shahar)dan bir namunali maktab belgilanadi. Olimpiadani 
o‘tkazish uchun tayyorgarliklarni tuman (shahar) komissiyasi olib boradi. Tuman 
(shahar) olimpiadalari barcha tuman (shahar)larda ta’til vaqtida yoki dam olish 
kunida , bir vaqtda va bir xil savollar asosida o‘tkaziladi. Tuman (shahar) 
olimpiadasida bajarilgan ishlar hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, olimpiada 
g‘oliblari e’lon qilinadi, ular mukofotlanadi hamda olimpiadaning viloyat 
bosqichiga yo‘llanma oladilar. Har bir tuman, shahar viloyat olimpiadasida ishtirok 
etish uchun Qoraqalpoqiston Respublikasi, viloyat (Toshkent shahar)pedagog 
xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlariga maxsus shakldagi 
talabnomani taqdim etadilar. O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta 
maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quvchilar fan olimpiadasini o‘tkazish 
to‘g‘risidagi Nizom asosida respublika ta’lim markazi xodimlari rahbarligida viloyat 
olimpiadasi bahorgi ta’til paytida o‘tkaziladi. Olimpiadaning viloyat bosqichini 
o‘tkazish uchun hakamlar hay’ati tuziladi, unga oliy o‘quv yurtlari prfessor-
o‘qituvchilari, tajribali geografiya o‘qituvchilari jalb etiladi. Nizomga ko‘ra 
olimpiada ikki kun davomida olib boriladi. Birinchi kunda olimpiada ishtirokchilari 
(9-11 sinflar) yozma ishni bajaradilar, bu ishlar jyuri a’zolari tomonidan tekshirilib, 
o‘sha kunning o‘zida baholar e’lon qilinadi. Ikkinchi kun barcha olimpiada 
ishtirokchilari (9-11 sinflar kesimida) test topshiriqlarini bajaradilar, u ham 
hakamlar hay’ati tomonidan tekshirilib baholanadi. Olimpiada ishtirokchilarining 
ikki tur bo‘yicha to‘plagan ballari hakamlar hay’ati raisi tomonidan e’lon qilinadi. 
Birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinni egallagan g‘oliblar taqdirlanadi, faqat 11-sinf 
bo‘yicha birinchi o‘rinni egalagan o‘quvchi respublika bosqichiga yo‘llanma oladi. 
Olimpiadaning respublika bosqichi aprel oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladi, unda 


254 
Qoraqalpoqiston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahar 11-sinf 
olimpiada g‘oliblari ishtirok etishadi. Olimpiada respublika test markazi xodimlari 
tomonidan ikki tur yozma va test sinovlari tarzida amalga oshiriladi. Olimpiada 
natijalariga ko‘ra 75 baldan ziyod ball to‘plagan 1, 2, 3 – o‘rinni egallagan 
o‘quvchilar geografiya yo‘nalishi bo‘yicha mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari 
talabasi degan sharafga sazovor bo‘ladilar. Olimpiada g‘oliblari matbuotda 
“Ma’rifat” gazetasi sahifalarida e’lon qilinadi. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin