247
shug‘ullanishi kerak. To‘garak ishida o‘qituvchi asosiy maslahatchidir. U
mashg‘ulotni shunday tashkil qilishi kerakki, geografiya to‘garagiga qiziqish dars
jarayonidayoq
boshlanib, keyinchalik o‘quvchi o‘z xohishi bilan bu to‘garakka
qatnashadigan bo‘lsin. Geografik yangiliklar va navbatchi karta. Maktab
o‘quvchilari kundalik xalqaro ahvol masalalariga, dunyoda ro‘y berayotgan
voqealarga (suv toshqinlari, zilzilalar), kosmosni
zabt etishda erishilayotgan
muvaffaqiyatlarga va boshqa shu kabi masalalarga juda qiziqib qaraydilar hamda
ularni qunt bilan kuzatadilar. O‘quvchilarning bu qiziqishlarini maktabda tashkil
etilgan “Olamda nima gap?” va “Navbatchi karta” yordamida qondirish mumkin.
Maktabdagi “Olamda nima gap?” degan suhbat haftada bir marotaba, geografiya
o‘qituvchisi rahbarligida yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘tkaziladi.
Muhim
masalalar bo‘lsa, o‘qituvchining o‘zi o‘tkazadi, ba’zi bir voqealar bo‘lsa, alohida
belgilab qo‘yilgan o‘quvchilar tayyorlanadilar. Masalan, bir o‘quvchi xorijiy
mamlakatlardagi yangiliklarni, ikkinchi o‘quvchi esa Vatanimizda sodir bo‘layotgan
yangiliklarni gazeta va jurnal materiallari, radio eshitiruvlari va televedenie
ko‘rsatuvlaridan foydalanib gapirib beradi. Geografik yangiliklarni yoritib borishda
navbatchi karta, ayniqsa, katta ahamiyatga ega. O‘quvchilar
navbatchi kartada
kundalik voqea va yangiliklarni belgilab boradilar. Bu dunyoda ro‘y berayotgan
hodisalarni, yangiliklarni qaysi materikda ekanligini darhol tasavvur qila olishga,
kartada belgilangan fakt va hodisalarga geografik nuqtayi nazardan yondashishga
o‘rgatadi.
Bunday ishlar o‘quvchilarning geografik bilimlarini kengaytirishda,
ularni
siyosiy-ma’naviy jihatdan tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi.
Dostları ilə paylaş: