Tdpu surdopedogogika yoʻnalishi I. V. Savitskiy nomidagi qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyiga sayohat (onlayn)



Yüklə 1,51 Mb.
tarix15.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#75124
I.V.SAVETSKIY N-WPS Office (1) (2)


TDPU SURDOPEDOGOGIKA YOʻNALISHI
I.V.SAVITSKIY NOMIDAGI QORAQALPOGʻISTON DAVLAT SANʼAT MUZEYIGA SAYOHAT (onlayn)

101-guruh talabasi Davronova Muborakning Media savodxonligi va Axborot madaniyatidan I.VSavitski Qoraqalpogʻiston Davlat muzeyiga sayohat uchun yozgan essesi

I.V.SAVETSKIY NOMLI QORAQALPOGʻISTON DAVLAT MUZEYIGA SAYOHAT(ONLAYN).


( Esse)
I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san'at muzeyi - respublikadagi yirik muzeylardan; Nukus shahrida 1966 yilda tashkil topgan, 1984 yildan N.V.Savitskiy nomi bilan ataladi. Muzeyga I.Savitskiyning sa'y-harakati va u to‘plagan qoraqalpoq xalq amaliy san'ati asarlari negizida asos solingan.
Xozirgi kunda Qadimiy Xorazm san'ati bo‘limi muzeyning arxeologik guruhlari tomonidan qo‘lga kiritilgan topilmalar hisobiga yanada boyimoqda. Muzey fondida mavjud boʻlgan eksponantlar Muzey xalq amaliy san'ati, qadimiy va o‘rta asrlar Xorazm san'ati, 1920-30-yillar o‘zbek va rus tasviriy san'ati, qoraqalpoq zamonaviy rang-tasviri va haykaltaroshligi, ilmiy-ma'rifiy bo‘limlar, kutubxona (10 ming dona asar), fond hamda ta'mirlash usta-xonasiga ega. Fondida 85 mingdan ortiq eksponat mavjud.
Muzeyda amaliy sanʼat namunalari bilan tanishish mumkin bularga Qoraqalpoq xalq ustalari tomonidan yaratilgan zargarlik, yog‘och o‘ymakorligi, kashtado‘zlik, to‘qimachilik (ayniqsa, o‘tov jihozlari) va boshqa asarlar amaliy san'at misol boʻladi.Muzeyning yana bir asosiy jixati Muzey eksponatlari monografiya (etyud, chizgidan tortib to yetuk asarlar) tartibida to‘plangani bilan ham qimmatlidir. Yana muzeyning o‘ziga xosligi eksponatlarning zich joylanishi, ekspozitsiyalarda to‘plamni to‘laqonli namoyishiga erishganidadir.
Bundan tashqari muzeda tasviriy sanʼat toʻplamlari xam uchratish mumkin ayniqsa, serqirra: to‘plamni qoraqalpoq rassomlari (I.Savitskiy, K.Soipov, J. Quttimurodov, D.To‘raniyozov va b.), O‘rta Osiyo rassomligining keksa avlodi A.Volkov, M.Qurzin, A.Nikolayev (Us to Mo‘min), N.Karaxan, O‘.Tansiqboyev va boshqaning katta ahamiyatga ega asarlari tashkil etadi.
Shuningdek, 1920-30-yillarda faol ijod etgan rus rassomlari A.Shevchenko, R.Falk, V.Muxina, I.Grabar asarlari bilan bir qatorda ijodi deyarli o‘rganilmagan.R.Mazel, K.Redko, A.Safronov va boshqaning asarlari ham qo‘yilgan.
Muzey tashkil etilgandan soʻng birinchi bor1968-69 yillarda Moskvadagi Sharq muzeyida Qoraqalpoq to‘plamini ilk bor namoyish etdi 1970 yildan respublika va xorijiy mamlakatlar (AQSH, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Rossiya va b.)dagi ko‘rgazmalarda ishtirok etib kelmoqda
Hozirgi kunda muzey Xalqaro muzeylar qo‘mitasi(IKOM) a'zosi.
Xulosa qilib aniq shuni ayta olamanki, muzeylar bu yurtning tarixiy koʻzgusidir.Unda jamlanayotgan turli koʻrgazmalar kelajak avlod uchun tarixdan namuna va ular uchun ajdodlardan meros boʻlib qolgan maʼnaviy boylik.Muzeylar millatning milliy anʼanalarini va qadriyatlarini oʻzida mujassam etgan dargoh. Sayohat davomida menda muzeylar uchun juda katta qiziqish va koʻp taassurot qoldirdi.
Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin