Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   149


Jami 
68 
 
Nazorat savollari 
1.
Maktablarda Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi kursini o‘qitish 
metodikasi. 
2.
Maktab tabiiy geografiya kurslari nechanchi sinflarni o’z ichiga oladi. 
3.
Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi kursining mazmun va mohiyati. 
4.
Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida qanday tushunchalar asosiy 
o‘rinni egallaydi.
 
5.
Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi kursining ikkinchi bobining 
mazmuni
.
 
6.
Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi kursining uchinchi bobining 
mazmuni
 
 
 


267 
XII BOB. O‘RTA OSIYO VA O‘ZBEKISTON TABIIY 
GEOGRAFIYASI KURSINI O‘QITISH METODIKASI 
 
12.1 O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursining mazmun va 
mohiyati 
 
7-sinf Geografiya kursi ikki qisimdan iborat. Kursning birinchi qismida O‘rta 
Osiyo tabiiy geografik o‘lkasi haqida tushuncha, tabiiy geografik o‘lka sifatida 
o‘ziga xos xususiyatlari, O‘rta Osiyo tabiatining o‘rganilish tarixi, geografik 
xaritalar, xarita andozalari (proeksiyalar), shartli belgilari, topografik xaritalar va 
topografik xaritalar bilan ishlash kabi mavzular bilan tanishadilar. Bundan tashqari, 
birinchi qismda O‘rta Osiyoning relyef, geologik tuzilishi, iqlimi, suv resurslari, 
yerusti va yerosti suvlari, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosi kabi 
ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Kursning ikkinchi qismida O‘zbekistonning 
yer 
yuzasi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, yer yuzasining taraqqiyoti, 
O‘zbekiston iqlimi, yil fasllari va iqlim resurslari 
hamda 
O‘zbekistonning tabiiy 
geografik okruglari haqida ma’lumot oladi. O‘zbekistonning har bir tabiiy 
geografik okrugi 
va ularning iqlimi, suvlari, tuproqlari, o‘simliklari, hayvonot 
dunyosi haqida batafsil ma’lumotlar to‘plangan. 7-sinf Geografiya kursi kirish, 
ikkita bo‘lim va 66 ta mavzu hamda umumlashtiruvchi takrorlashlardan iborat. 
Birinchi bo‘lim 33 ta mavzu va takrorlashdan tashkil topgan. Ikkinchi bo‘lim ham 
33 mavzu va umumlashtiruvchi takrorlashdan iborat.
O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursining vazifasi – O‘zbekiston va uning 
yirik hududlari, o‘z respublikasi tabiiy sharoiti haqida, tabiat boyliklarining 
xususiyatlari va ularga tasnif va tushunchalar berish, shuningdek, O‘zbekistonning 
tabiiy sharoiti haqida o‘quvchilarga zarur bilimlar tizimini shakllantirishdan 
iboratdir. 
O‘zbekiston tabiiy geografiyasini o‘rganar ekanlar, o‘quvchilar O‘zbekiston 
hududlaridagi geografik qobiqning shakllanish va rivojlanish qonuniyatlarini bilib 
oladilar. Bu qonuniyatlarning o‘zlashtirilishi o‘quvchilar bilimini yanada 
kengayishiga, ularda geografik muhitdagi tabiat obyektlari va hodisalarning 
o‘zgarishi, rivojlanishiga dialektik nuqtayi nazardan qarashning shakllanishiga 
imkon beradi. 
O‘quvchilar mazkur kursda o‘z respublikasi – O‘zbekiston tabiiy 
geografiyasini o‘rganadilar, uning tabiiy sharoiti va tabiiy resurslarini yaxshiroq 
bilib oladilar. Bu esa o‘quvchilarda Vatanni sevish hissiyotlarini uyg‘otadi va 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash imkoniyatlarini yaratadi. 
O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursi materiallarini o‘rganish, O‘zbekiston 
tabiati haqidagi tushunchalar tizimini shakllantirish jarayonida o‘quvchilarning 5–


268 
6 sinflarda olgan tabiiy geografik tushunchalarini rivojlantiradi, ayni vaqtda, yangi 
umumiy tushunchalar ham hosil qilinadi. 
O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursini o‘rganishda tabiatshunoslik kurslari, 
tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi, materiklar va okeanlar geografiyasidan, 
shuningdek botanika, zoologiya, fizika fanlaridan olingan tushuncha va bilimlarga 
tayaniladi. Ayni vaqtda, keyingi geografiya kursi – O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy 
geografiyasi kursini o‘rganishga zamin tayyorlaydi. 
O‘zbekiston tabiiy geografiyasini o‘rganish bilan o‘quvchilarda Vatanimiz 
turli-tuman tabiiy boyliklarga boy ekanligiga ishonch hosil qilinadi. Vatanimizda 
demokratik jamiyat qurish sharoitida tabiat boyliklaridan foydalanishning oqilona 
yo‘llarini belgilash, boyliklardan xalq xo‘jaligida foydalanish yo‘llarini ko‘rsatish 
o‘quvchilarda tabiatga muhabbat va uni muhofaza qilish his-tuyg‘ularini uyg‘otadi. 
7–sinfda o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladigan tushunchalar tizimi tabiat 
komponentlarini tarkib topishi va geografik qobiqdagi murakkab tabiiy bog‘lanish 
qonuniyatlarini ochib berishga imkon beradi. 
O‘quvchilarning kartagrafik tayyorgarligi yanada kengayadi. Ular kartagrafik 
proeksiyalar, kartadagi xatolar, kartagrafik generalizatsiya, turli tabiiy geografik 
hodisalar va obyektlarni geologik, tektonik, sinoptik kartalarda tasvirlash usullari 
haqidagi tushunchalarni yanada kengroq egallaydilar. 
O‘quvchilar umumiy va tematik tabiiy kartalardan foydalanib hudud va 
obyektlarga namunaviy reja bo‘yicha kompleks tabiiy geografik xarakteristika 
berishni takomillashtiradilar, kartalar asosida hudud va obyektlarni qiyoslashni 
o‘rganadilar. 
O‘zbekiston tabiiy geografik kursi «Kirish» darsidan boshlanadi. Kirish 
darsida O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursining vazifalari, amaliy ahamiyati, 
O‘zbekistonning hududi, aholisi va tabiiy boyliklariga ko‘ra dunyoda tutgan o‘rni 
haqida ma’lumot beriladi. O‘zbekiston tabiiy geografiyasi (7-sinf) darsligi bilan 
tanishtiriladi. 
So‘ngra «O‘zbekistonning geografik o‘rni va chegaralari» mavzusini 
o‘rganishga kirishiladi.
«Kartalar va ular bilan ishlash» mavzusi, kartagrafik proeksiyalar haqidagi 
tushunchalarni, obyekt va hodisalarning kartalarda tasvirlanishi, topografik kartalar 
va karta bilan ishlash usullari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur 
mavzuda olingan kartagrafik bilim va ko‘nikmalar keyingi barcha mavzularni 
o‘rganishda foydalaniladi. 
«O‘zbekistonning geografik o‘rni, relyefi, geologik tuzilishi va foydali 
qazilmalari» mavzusida O‘zbekiston hududlarining relyef xususiyatlari va ularning 
tarkib topishi haqida bilim beriladi. O‘zbekiston hududlaridagi foydali 
qazilmalarning hosil bo‘lishi va joylanishi o‘rganiladi. 


269 
So‘ngra «O‘zbekistonning iqlim sharoiti» mavzusini o‘rganishga kirishiladi. 
Mazkur mavzuda o‘quvchilar O‘zbekiston iqlimiga ta’sir etuvchi asosiy omillar. 
Quyosh radiatsiyasi, havo massalari, siklon va antisiklon kabi tushunchalar bilan 
birga O‘zbekiston hududidagi iqlim tiplari haqida ma’lumot oladilar. 
«O‘zbekistonning ichki suvlari» mavzusida daryolar xususiyatiga tabiiy 
geografik sharoitlarning ta’siri, daryolarning to‘yinishiga ko‘ra guruhlanishi, 
O‘zbekistonning asosiy daryo va ko‘llari, ichki suvlardan foydalanish va ularni 
muhofaza qilish haqida o‘quvchilar bilim oladilar. 
«Tuproqlar» mavzusida tuproq haqidagi tushunchalar kengaytiriladi, 
O‘zbekistondagi asosiy tuproq xillari va ularni muhofazasiga e’tibor beriladi. 
«O‘zbekistonning tabiat zonalari» mavzusida O‘zbekiston hududlarida tabiat 
zonalarining joylanish qonuniyatlari haqida, har bir tabiat zonasining o‘ziga xos 
xususiyatlari haqida bilim berish nazarda tutiladi. 
O‘zbekiston Respublikasining tabiati haqidagi geografik materiallar boshqa 
yirik hududlarning tabiiy sharoitini tushuntirish va taqqoslab o‘rganish uchun 
o‘ziga xos namuna (andoza) bo‘lib xizmat qiladi. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin