275
XIII-BOB. O‘ZBEKISTONNING IQTISODIY VA IJTIMOIY
GEOGRAFIYASI KURSINI O‘RGANISH METODIKASI
13.1 O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursining mazmun
va mohiyati
O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursining vazifasi –
o‘quvchilarga O‘zbekistonning aholisi, xalq xo‘jaligi,
uning rivojlanishi va
joylashishi haqida tushuncha va bilimlar tizimini yaratishdan iborat. Egallangan
aniq ma’lumotlar asosida o‘quvchlarda O‘zbekistonning iqtisodiy geografik o‘rni,
mamlakatimizda ishlab chiqarishning joylashishi, iqtisodiy rayonlar, hududiy
ishlab-chiqarish kompleksi va shaharlar haqida umumiy iqtisodiy geografik
tushunchalar shakllanadi.
O‘quvchilar iqtisodiy kartalar bilan ishlashni o‘rganadilar,
bu esa ularda
iqtisodiy kartalardagi shartli belgilarni tushunib yetish, obyektlarning kartada
joylanishini aniqlash, tabiiy va iqtisodiy kartalarni qiyoslash, turli mazmundagi
kartalar asosida muayyan hududga iqtisodiy geografik
xarakteristika berish
imkoniyatini vujudga keltiradi.
O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi o‘rganilar ekan, o‘quvchilar
o‘z o‘lkasi boyliklari, xalqi hayoti haqida kengroq bilim oladilar, bu esa
o‘quvchilarning ona Vatanga bo‘lgan muhabbat hissiyotini yanada rivojlantiradi.
O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasining o‘quvchilarga iqtisodiy
bilim berishdagi roli ham katta. Ularda xalq xo‘jaligi, xalq xo‘jaligi tarmoqlari,
mehnat
resurslari, ishlab chiqarish samaradorligi, milliy daromad, tannarx va
mehnat samaradorligi kabi bir qancha iqtisodiy va ijtimoiy tushunchalar tarkib
topadi.O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursi materiallari
o‘quvchilarning kasb tanlashida ham katta ahamiyatga ega.
O‘zbekiston xalq xo‘jaligi bir-biriga uzviy bog‘langan xo‘jalik
tarmoqlari
kompleksi va ayni vaqtda, bir-biriga bog‘langan iqtisodiy rayonlar kompleksidan
iborat. O‘quvchilar O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi materiallarini
o‘rganish jarayonida O‘zbekiston aholisi, O‘zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy
rayonlarining muhim xususiyatlari haqida ham bilim oladilar.
O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi asosan ikki bo‘limdan iborat:
1. O‘zbekistonning umumiy iqtisodiy va ijtimoiy geografik obzori.
2. O‘zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy geografik rayonlari
O‘zbekistonning umumiy iqtisodiy va ijtimoiy geografik obzori bo‘limi
O‘zbekiston xalq xo‘jaligiga xarakteristika berishdan boshlanadi. O‘zbekistonning
tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari, aholisi va mehnat
resurslari haqida bilim
beriladi.
276
Maktab iqtisodiy-ijtimoiy geografiya kursi xalq xo‘jaligining asosiy
tarmoqlari: O‘zbekiston sanoati, qishloq xo‘jaligi va transportini o‘rganadi. Bunda
xo‘jalikning asosiy tarmoqlari O‘zbekiston hududlari bo‘yicha qanday
taqsimlanganligi (joylashganligi) va nima uchun shunday joylashganligini tushunib
yetishlari lozim.
O‘zbekiston sanoat geografiyasining quyidagi tarmoqlari: energetika
(yoqilg‘i sanoati – gaz, neft’, ko‘mir sanoati; elektro energetika – issiqlik elektr
stansiyalari, gidroelektr stansiyalari), metallurgiya (qora metallurgiya,
rangdor
metallurgiya), mashinasozlik (energetika, elektrotexnika, avtomobili, temiryo‘l,
aviatsiya, to‘qimachilik, qishloq xo‘jalik mashinalari), kimyo, yengil va oziq-ovqat
sanoati va h.k.o‘rganiladi.
Sanoat tarmoqlari o‘rganib bo‘lingach, mahalliy korxonalardan biriga
ekskursiya uyushtiriladi.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi geografiyasi mavzusida, qishloq xo‘jalik
ishlab chiqarishning xususiyatlari, intensiv va ekstensiv xo‘jalik
tushunchalari,
dehqonchilik (fermer xo‘jaligi) va uning tarmoqlari, chorvachilik va uning
tarmoqlari, qishloq xo‘jaligini zonalar (klaster) bo‘yicha ixtisoslanishi haqida
o‘quvchilarga bilim beriladi.
O‘zbekiston transporti geografiyasi mavzusida transportning xalq
xo‘jaligidagi ahamiyati, transport turlari – temir yo‘l,
avtomabil, aviatsiya,
shuningdek, quvur va elektron transportlari haqida ma’lumot beriladi.
O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursining ikkinchi bo‘limi –
O‘zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografik rayonga quyidagi tartibda iqtisodiy
geografik xarakteristika beriladi:
1) Iqtisodiy geografik o‘rni (IGO‘) va tabiiy resurslari.
2) Aholisi va mehnat resurslari.
3) Xo‘jaligi (sanoati, qishloq xo‘jaligi va transporti).
4) Shaharlar.
Iqtisodiy-ijtimoiy rayon xarakteristikasida hudud xo‘jaligini o‘rganish asosiy
o‘rinni egallaydi. Iqtisodiy rayon xo‘jaligining ixtisosi ta’kidlanadi va asoslanadi,
hududiy ishlab chiqarish kompleksi va rayon rivojlanishining asosiy istiqbollari
aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: