Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   149


Jami 
68 
 
Nazorat savollari 
1.
O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursini o‘qitish metodikasi. 
2.
O‘rta Osiyo geografiyasi kursining mazmun va mohiyati. 
3.
O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursining mazmun va mohiyati. 
4.
.
O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursining vazifasi.
 
5.
O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursining ikkinchi bobining mazmuni.
 
6.
O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi kursining uchinchi bobining mazmuni
 
 
 
 


275 
XIII-BOB. O‘ZBEKISTONNING IQTISODIY VA IJTIMOIY 
GEOGRAFIYASI KURSINI O‘RGANISH METODIKASI 
 
13.1 O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursining mazmun 
va mohiyati
O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursining vazifasi – 
o‘quvchilarga O‘zbekistonning aholisi, xalq xo‘jaligi, uning rivojlanishi va 
joylashishi haqida tushuncha va bilimlar tizimini yaratishdan iborat. Egallangan 
aniq ma’lumotlar asosida o‘quvchlarda O‘zbekistonning iqtisodiy geografik o‘rni, 
mamlakatimizda ishlab chiqarishning joylashishi, iqtisodiy rayonlar, hududiy 
ishlab-chiqarish kompleksi va shaharlar haqida umumiy iqtisodiy geografik 
tushunchalar shakllanadi. 
O‘quvchilar iqtisodiy kartalar bilan ishlashni o‘rganadilar, bu esa ularda 
iqtisodiy kartalardagi shartli belgilarni tushunib yetish, obyektlarning kartada 
joylanishini aniqlash, tabiiy va iqtisodiy kartalarni qiyoslash, turli mazmundagi 
kartalar asosida muayyan hududga iqtisodiy geografik xarakteristika berish 
imkoniyatini vujudga keltiradi. 
O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi o‘rganilar ekan, o‘quvchilar
o‘z o‘lkasi boyliklari, xalqi hayoti haqida kengroq bilim oladilar, bu esa 
o‘quvchilarning ona Vatanga bo‘lgan muhabbat hissiyotini yanada rivojlantiradi. 
O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasining o‘quvchilarga iqtisodiy 
bilim berishdagi roli ham katta. Ularda xalq xo‘jaligi, xalq xo‘jaligi tarmoqlari, 
mehnat resurslari, ishlab chiqarish samaradorligi, milliy daromad, tannarx va 
mehnat samaradorligi kabi bir qancha iqtisodiy va ijtimoiy tushunchalar tarkib 
topadi.O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursi materiallari 
o‘quvchilarning kasb tanlashida ham katta ahamiyatga ega. 
O‘zbekiston xalq xo‘jaligi bir-biriga uzviy bog‘langan xo‘jalik tarmoqlari 
kompleksi va ayni vaqtda, bir-biriga bog‘langan iqtisodiy rayonlar kompleksidan 
iborat. O‘quvchilar O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi materiallarini 
o‘rganish jarayonida O‘zbekiston aholisi, O‘zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy 
rayonlarining muhim xususiyatlari haqida ham bilim oladilar. 
O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi asosan ikki bo‘limdan iborat: 
1. O‘zbekistonning umumiy iqtisodiy va ijtimoiy geografik obzori. 
2. O‘zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy geografik rayonlari 
O‘zbekistonning umumiy iqtisodiy va ijtimoiy geografik obzori bo‘limi 
O‘zbekiston xalq xo‘jaligiga xarakteristika berishdan boshlanadi. O‘zbekistonning 
tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari, aholisi va mehnat resurslari haqida bilim 
beriladi. 


276 
Maktab iqtisodiy-ijtimoiy geografiya kursi xalq xo‘jaligining asosiy 
tarmoqlari: O‘zbekiston sanoati, qishloq xo‘jaligi va transportini o‘rganadi. Bunda 
xo‘jalikning asosiy tarmoqlari O‘zbekiston hududlari bo‘yicha qanday 
taqsimlanganligi (joylashganligi) va nima uchun shunday joylashganligini tushunib 
yetishlari lozim. 
O‘zbekiston sanoat geografiyasining quyidagi tarmoqlari: energetika 
(yoqilg‘i sanoati – gaz, neft’, ko‘mir sanoati; elektro energetika – issiqlik elektr 
stansiyalari, gidroelektr stansiyalari), metallurgiya (qora metallurgiya, rangdor 
metallurgiya), mashinasozlik (energetika, elektrotexnika, avtomobili, temiryo‘l, 
aviatsiya, to‘qimachilik, qishloq xo‘jalik mashinalari), kimyo, yengil va oziq-ovqat 
sanoati va h.k.o‘rganiladi. 
Sanoat tarmoqlari o‘rganib bo‘lingach, mahalliy korxonalardan biriga 
ekskursiya uyushtiriladi. 
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi geografiyasi mavzusida, qishloq xo‘jalik 
ishlab chiqarishning xususiyatlari, intensiv va ekstensiv xo‘jalik tushunchalari, 
dehqonchilik (fermer xo‘jaligi) va uning tarmoqlari, chorvachilik va uning 
tarmoqlari, qishloq xo‘jaligini zonalar (klaster) bo‘yicha ixtisoslanishi haqida 
o‘quvchilarga bilim beriladi. 
O‘zbekiston transporti geografiyasi mavzusida transportning xalq 
xo‘jaligidagi ahamiyati, transport turlari – temir yo‘l, avtomabil, aviatsiya, 
shuningdek, quvur va elektron transportlari haqida ma’lumot beriladi. 
O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursining ikkinchi bo‘limi – 
O‘zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografik rayonga quyidagi tartibda iqtisodiy 
geografik xarakteristika beriladi: 
1) Iqtisodiy geografik o‘rni (IGO‘) va tabiiy resurslari. 
2) Aholisi va mehnat resurslari. 
3) Xo‘jaligi (sanoati, qishloq xo‘jaligi va transporti). 
4) Shaharlar. 
Iqtisodiy-ijtimoiy rayon xarakteristikasida hudud xo‘jaligini o‘rganish asosiy 
o‘rinni egallaydi. Iqtisodiy rayon xo‘jaligining ixtisosi ta’kidlanadi va asoslanadi, 
hududiy ishlab chiqarish kompleksi va rayon rivojlanishining asosiy istiqbollari 
aniqlanadi. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin