Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author


 Kurs materiallarini o‘rganish metodlari



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   149


12.2. Kurs materiallarini o‘rganish metodlari 
O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursida geografik qonuniyatlar oldingi 
kurslarga nisbatan ancha chuqurroq o‘rganiladi. Binobarin, bunda xilma-xil 
metodlardan, usullardan va vositalardan foydalanish kerak. Darslarda tadbiq 
etiladigan metod va usullar, o‘rganiladigan mavzuning mazmuni, o‘quvchilarning 
bilim doirasi va maktabdagi o‘quv moddiy bazalarning mavjudligiga qarab 
belgilanadi. 
«Kirish» mavzusida asosiy e’tibor O‘zbekistonning tabiiy sharoiti va 
boyliklarini o‘rganishning ahamiyatini yoritishga qaratilmog‘i lozim. Bu dars 
suhbat metodi va hikoya usulida o‘rganiladi. 
«O‘zbekistonning geografik o‘rni va chegaralari» mavzusi o‘quvchilarning 
ilgari olgan umumiy tushunchalariga asoslanib kartalarda olib boriladigan mustaqil 
ishlar asosida suhbat yo‘li bilan o‘rganiladi. 
«Kartalar va ular bilan ishlash» mavzusi o‘rganilar ekan, o‘quvchilar 
topografik kartaga oid bilimlarni yanada rivojlantirish maqsadida yirik masshtabli 
kartalarni kichik masshtabli kartalar bilan solishtirib, ulardagi turli joylar (obyekt) 
va hodisalarning masshtab asosida tasvirlanishini aniqlaydilar, kartalarda masofani 
o‘lchash usuliga oid amaliy ishlar bajaradilar. Kartaga qarab izogips (gorizontal)lar 
bilan yer yuzasini tasvirlash va profil chizish ishlarini bajaradilar. 
«O‘zbekiston hududlari, relyefi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari» 
mavzusi ancha murakkab. Bunda o‘quvchilar ilgari noma’lum bo‘lgan yangi 
masalalar bilan shug‘ullanadilar. O‘quvchi materiallarni og‘zaki bayon etadi va 


270 
ular haqida sinf doskasiga tegishli jadval (geografik yilnoma), sxemalar chizadi, 
tektonik karta, maketlardan ko‘rsatib boradi. Namunalarga qarab, tog‘ jinslari 
tarkibi aniqlanadi.
«O‘zbekistonning iqlim sharoiti» mavzusi o‘rganilayotganda kuzatilgan ob-
havo ma’lumotlariga suyanib ish ko‘rmoq kerak. 
O‘zbekiston iqlimiga umumiy ta’rif berish iqlimni hosil qiluvchi omillarni 
(geografik kenglik, quyosh radiatsiyasi, suv va quruqlikning taqsimlanishi, yer 
yuzasi, havo massalari va ularning ta’siri) o‘rganishdan boshlanadi. Atmosfera 
sirkulyatsiyasiga taalluqli ma’lumotlar (siklon va antisiklon) aniq misollar asosida 
o‘zlashtirilishi lozim. Temperatura amplitudasining o‘zgarishi bilan yillik o‘rtacha 
yog‘in miqdorining o‘zgarishini solishtirish natijasida o‘quvchilar O‘zbekiston 
hududlarining katta qismining iqlimi kontinental iqlim bo‘lib, kontinentallik 
g‘arbdan sharqqa tomon ortib boradi, degan xulosaga keladilar. 
Mazkur mavzuda o‘quvchilar iqlim kartasi va diagrammalarni tahlil qiladilar. 
O‘quvchilar kartaga qarab, yalpi radiatsiya, bug‘lanish miqdori, turli joylardagi 
namlanish koeffitsientini aniqlash mashqlarini bajaradilar. 
«O‘zbekistonning ichki suvlari» mavzusini puxta va ongli o‘zlashtirish uchun 
o‘quvchilar o‘zlari yashab turgan joydagi daryo yoki anhor suvlarini (oqim 
xususiyati, daryo rejimi, suv sarfi, yillik oqim va boshqalarni) kuzatib borishlari 
lozim. Ichki suvlarni o‘rganishda O‘zbekiston yirik daryolari, sug‘orish kanallari, 
suv omborlarini kartadan aniqlashlari kerak. 
«O‘zbekistonning tabiat zonalari» mavzusi tabiat zonalarini yer shari bo‘yicha 
taqsimlanishini takrorlashdan boshlash kerak. Bu mavzuda tuproq ularning hosil 
bo‘lish va rivojlanish sharoiti, ayrim tuproq tiplari haqidagi ma’lumotlar 
chuqurlashtiriladi. Zonalardagi o‘simliklarning xususiyati va ularning ahamiyatiga 
to‘xtab o‘tiladi. Har qaysi tabiat zonasi quyidagi reja asosida o‘rganiladi: zonaning 
geografik o‘rni, iqlim xususiyati, tuproq tiplari, o‘simliklarning xususiyati va 
ularning asosiy vakillari, hayvonoti va asosiy vakillari, tabiiy resurslari, inson 
faoliyati bilan tabiatning o‘zgarishini o‘rganish. 
Yirik hududlar va ular doirasidagi tabiiy komplekslarga xarakteristika 
berishda asosiy e’tibor mazkur hudud xususiyatini aks ettiruvchi, hududga xos 
bo‘lgan ma’lumotlar va o‘zaro bog‘lanishlarga qaratiladi. O‘quvchilar yirik 
huddudlar tabiatining o‘ziga xos xususiyatlarini va uning vujudga kelish 
sabablarini bilishlari shart. 
Bu bo‘limda o‘qituvchining hikoyasi, tushuntirishi va suhbat metodidan 
umumiy obzorga nisbatan ko‘proq foydalanish qo‘l keladi. Suhbat metodi:
a) o‘rganilayotgan hududning tabiiy xususiyatlarini belgilayotgan paytda 
o‘quvchilarning O‘zbekiston umumiy tabiiy geografik obzoriga oid bilimlaridan 
foydalanishda;


271 
b) hududlarning tabiatini o‘z o‘lkasi tabiati bilan qiyoslab o‘rganishda;
v) 
tabiiy 
sharoiti 
va tabiiy 
boyliklaridan 
xo‘jalikda foydalanish 
imkoniyatlarini aniqlashda;
g) hudud tabiatiga oid faktik ma’lumotlarni kartadan aniqlashda;
d) ko‘rsatmali qo‘llanma har xil illustrasiyalar, devoriy rasmlar, diafilm, 
kinofilm, tog‘ jinslari namunalari va gerbariylardan foydalanishda juda katta 
imkoniyatlarni vujudga keltiradi. 
O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursidagi har bir yirik bo‘lim o‘rganib 
bo‘lingach, yakunlovchi darslar o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. 
O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursini o‘rganishda O‘zbekistonning tabiiy, 
siyosiy-ma’muriy, geologik, tektonik, iqlim, tuproq, o‘simlik zonalari devoriy 
kartalaridan, O‘zbekistonning tabiiy geografik hududlari umumgeografik 
kartalaridan, turli mazmundagi kartalardan foydalaniladi. Shuningdek, o‘quvchilar 
«O‘zbekiston tabiiy geografiyasi atlasi», darslikka ilova qilingan kartalar hamda 
yozuvsiz kartalardan foydalaniladilar. Shular bilan birga, mavzularga oid diafilm, 
diapozitiv, kinolavha, fotografiya, sxema, grafik, tog‘ jinslari namunalari, foydali 
qazilma namunalari, gerbariylar kabi o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir.
O‘zbekiston tabiiy geografiyasining asosiy vazifasi – o‘quvchilarga o‘z 
respublikasining tabiati haqida tasavvur va tushunchalar berish, respublika 
tabiatining o‘ziga xos xususiyatlari, tabiiy boyliklari va ulardan xalq xo‘jaligida 
foydalanish imkoniyatlari haqida bilim berishdan iborat. 
O‘zbekiston tabiiy geografiyasining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati katta. 
Respublikamiz tabiiy sharoitini o‘rganish bilan o‘quvchilarni tabiiy geografiyaga 
oid bilim qamrovi kengayadi, ularda O‘zbekiston tabiati haqida aniq tasavvur 
tarkib topadi. O‘quvchilar butun respublika va undan tabiiy hududiy 
kompelekslarning tabiat xususiyatlari haqida aniq bilim oladilar. Shuningdek, 
O‘zbekiston tabiiy geografiyasini o‘rganish bilan o‘quvchilarda tabiiy geografiya 
va kartagrafiyadan ayrim masalalarni hal etishga oid muayyan ko‘nikma va 
malakalar rivojlanadi. Bu esa o‘quvchilarni mazkur o‘quv faniga bo‘lgan 
qiziqishlarini yanada orttiradi va faoliyatlarini faollashtiradi. 
Respublikamiz tabiiy geografiyasini o‘rganish jarayonida topograf, kartagraf, 
geolog, mineralog, tuproqshunos kabi kasb egalari haqida fikr yuritiladi, binobarin, 
geografiya bilan bog‘liq bo‘lgan mutaxassisliklarga o‘quvchilarda qiziqish ortadi. 
O‘zbekiston tabiiy geografiyasi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga 
munosib hissa qo‘shadi. O‘quvchilar o‘lkamizning maftunkor tabiati, tabiiy 
boyliklari va ulardan xalq faravonligi uchun foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish 
bilan birga tabiatga oqilona munosabatda bo‘lish va uni muhofaza etishga oid 
muayyan tarbiya oladilar. 


272 
O‘zbekiston tabiiy geografiyasi ikki qismdan iborat: 
1.
O‘zbekistonning tabiiy geografik obzori. 
2.
O‘zbekiston tabiiy geografik rayonlarining tabiiy sharoiti. 
«O‘zbekistonning tabiiy geografik obzori» O‘zbekistonning geografik o‘rni, 
kattaligi va chegaralari, aholisi va ma’muriy kartasini o‘rganishdan boshlanadi. 
O‘zbekiston tabiiy geografiyasiga umumiy tabiat komponentlari (relyefi, geologik 
tuzilishi va foydali qazilmalari, iqlim sharoiti, suvlari, tuprog‘i va tabiat 
mintaqalari) bo‘yicha xarakteristika beriladi. 
«O‘zbekistonning relyefi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari» mavzusida 
respublika relyefining o‘ziga xos xususiyatlari, yer yuzasi xilma-xilligi (tekislik, 
tog‘ va vodiylar) sabablari yoritiladi, tog‘ paydo bo‘lishi haqidagi o‘quvchilar 
tushunchalari oydinlashtiriladi, zilzilalar haqida yangi xususiy tushunchalar 
beriladi. «O‘zbekistonning iqlimi» mavzusida respublikaning iqlim xususiyatlari 
va uning tarkib topishiga ta’sir etuvchi omillarga xarkteristika beriladi, yil 
fasllarining o‘ziga xos belgilari yoritiladi. «O‘zbekistonning suvlari» mavzusida 
o‘quvchilar daryo, sug‘orish kanallari, ko‘l va suv omborlarining xususiyati va 
rejimi bilan tanishadilar. «O‘zbekistonning tuprog‘i va tabiat mintaqalari» mavzusi 
respublikamiz hududlaridagi tabiat zonalari va balandlik mintaqalarining joylanish 
qonuniyatlari, tabiiy boyliklar va tabiatni muhofaza qilish haqidagi ma’lumotlarni 
o‘z ichiga oladi. 
«O‘zbekiston tabiiy geografik rayonlarining tabiiy sharoiti» bo‘limida 
o‘quvchilar har bir tabiiy geografik rayonni, shuningdek, o‘zi yashab turgan joyni 
o‘rganadilar. Har bir tabiiy geografik rayonda tabiat komponentlarining o‘ziga xos 
xususiyatlari, komponentlarining o‘zaro aloqadorligini yoritishga alohida e’tibor 
beriladi. Shuningdek, bu bo‘limda tabiiy geografik rayonning tabiiy resurslari va 
ulardan foydalanish imkoniyatlari, tabiatni muhofaza qilishga oid ko‘rilayotgan 
tadbirlar yoritiladi. O‘zbekiston tabiiy geografiyasini o‘rganishda xilma-xil ta’lim 
metodlari va vositalari tatbiq etiladi. Mavzu (materiallar)ni o‘zlashtirishda 
o‘quvchilarning mustaqil ishlariga yetarli e’tibor berish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin