Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author


 Kurs materiallarini o‘rganish metodlari



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   149


13.2. Kurs materiallarini o‘rganish metodlari 
O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursining materiallari 
o‘zining mazmuni va o‘zlashtiriladigan ma’lumotlarining xaraketiriga ko‘ra tabiiy 
geografiya kurslaridan keskin farq qiladi. Binobarin, kursni o‘rganish uchun tadbiq 
etiladigan metod va usullar puxta o‘ylab ko‘rishni taqozo etadi. 
Yangi 
materiallarni 
o‘rganishda o‘qituvchining tushuntirishi katta 
ahamiyatga ega. Shuning bilan, o‘quvchilar faoliyatini faollashtirish uchun 


277 
imkoniyatlar yaratib berish taqozo etiladi. O‘quvchilar faolligini oshirish uchun 
ko‘proq suhbat metodi qo‘l keladi. 
Suhbat jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilarning tabiiy geografiya kurslarida va 
boshqa o‘quv fanlaridan olgan bilimlariga tayanadi. O‘zbekiston sanoati 
geografiyasini o‘rganishda o‘quvchilarning fizika va kimyo kurslaridan egallagan 
bilimlariga tayaniladi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini o‘rganishda o‘quvchilarning 
O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursidan O‘zbekistonning tabiat zonalari haqidagi, 
qishloq xo‘jaligidagi asosiy ekinlarning xususiyatlarini o‘rganishda esa botanika va 
zoologiya kurslaridan olingan bilimlarga tayaniladi. 
Kursning birinchi bo‘limi – O‘zbekistonning umumiy iqtisodiy-ijtimoiy 
geografik obzorida iqtisodiy kartalar, darslikdagi karta – sxemalar, statistik 
ma’lumotlar (jadval, diagramma va grafiklar) bilan ish olib boriladi. Turli 
mazmundagi kartalar, sxemalar, diagramma va boshqa statistik jadvallardan 
o‘qituvchi suhbat metodi jarayonida va o‘quvchilarning mustaqil ishlarida 
foydalanadi. 
O‘zbekistonning umumiy iqtisodiy-ijtimoiy geografik obzorini o‘rganishda 
O‘zbekistonning 
mineral 
resurslari, 
yoqilg‘i 
sanoati, 
elektroenergiya, 
mashinasozlik, kimyo sanoati, yengil sanoati, oziq-ovqat sanoati, dehqonchilik, 
chorvachilik va transport kartalaridan, shuningdek, mavzular bo‘yicha o‘quv 
videofilm va o‘quv kinofilmlardan foydalaniladi. 
Ikkinchi bo‘lim – O‘zbekistonning yirik iqtisodiy geografik rayonlari 
obzorini boshlashdan avval, o‘quvchilarda iqtisodiy rayon haqida tushuncha hosil 
qilish lozim, chunki o‘quvchilar bu tushunchasiz O‘zbekistonning iqtisodiy 
rayonlarining iqtisodiy geografiyasini tushunib yetishlari qiyin. 
O‘zbekistonning iqtisodiy rayonlari haqida yetarli tasavvurga ega bo‘lish 
uchun o‘quvchilar quyidagi masalalarni tushunib yetishlari zarur: 
1) Iqtisodiy rayon xo‘jaligining plan asosida rivojlanishi. 
2) Iqtisodiy rayon ixtisoslanishi. 
3) Iqtisodiy rayon xo‘jalik kompleksi. 
4) Rayon iqtisodiy va madaniy rivojining butun mamlakat iqtisodiy 
rivojlanish sur’ati bilan bog‘liqligi. 
5) Mehnat resurslarining rayonlararo geografik taqsimoti. 
Iqtisodiy rayonlarni o‘rganishda uning ixtisoslanish xususiyatini o‘rganishda 
suhbat metodi keng qo‘llaniladi. Ayni vaqtda iqtisodiy rayonning iqtisodiy 
geografik o‘rni, tabiiy resurslari, aholisi, xo‘jaligining ayrim tarmoqlari va 
shaharlariga xarakteristika berishda qiyosiy usuldan foydalanish qo‘l keladi. 
Iqtisodiy rayonlarni bir-biri bilan qiyoslab o‘rganish ilgari o‘rganilgan 
materiallarni takrorlash va mustahkamlash imkoniyatini beradi, shuningdek yangi 
material puxta o‘zlashtiriladi. 


278 
Dastlab, iqtisodiy rayonlarni o‘rganishda, o‘qituvchi, iqtisodiy geografik 
xarakteristika berish plan (iqtisodiy geografik o‘rni, tabiiy sharoiti, aholisi va 
mehnat resurslari, xo‘jalik tarmoqlari va shaharlar) bilan o‘quvchilarni xabardor 
qilib borishi maqsadga muvofiqdir. 
O‘rganilayotgan obyekt va hodisalar haqida yetarli tasavvur, tushuncha va 
bilimlar hosil qilish uchun ko‘rsatmali vositalar keng tadbiq etilishi lozim. 
O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursida nazarda tutilgan 
muayyan amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish uchun iqtisodiy kartalar 
bilan butun kurs davomida mustaqil va amaliy ishlar bajarib boriladi. O‘quvchilar 
O‘zbekiston xalq xo‘jaligining umumiy obzorida, xalq xo‘jaligining ayrim 
tarmoqlariga (iqtisodiy kartalar va atlas asosida) qisqacha iqtisodiy geografik 
xaraktiristika berib boradilar. O‘zbekiston rayonlar obzorini o‘rganishda esa 
iqtisodiy rayonlarning ayrim qismlari, viloyat va shaharlarning xo‘jaligiga 
mustaqil ravishda tavsif berib boradilar. 
Kartalar asosida iqtisodiy geografik tavsif berish dastlab oddiy tarzda 
(masalan, neft yoki tabiiy gaz qazib chiqarish geografiyasi, texnika ekinlaridan 
paxta yetishtirish geografiyasiga tavsif berish) olib boriladi. Rayonlar obzorida 
tavsif ancha murakkablashadi. Iqtisodiy rayon yoki respublika aholisi va 
xo‘jaligiga tavsif berish uchun o‘quvchilar kompleks iqtisodiy kartalardan sanoat 
markazlarining joylanishi va sanoat strukturalari, qishloq xo‘jalik rayonlari, 
transport yo‘llarini aniqlay olishlari talab etiladi. Ba’zan tabiiy karta bilan iqtisodiy 
kartalar solishtirilib, tabiiy va iqtisodiy geografik sharoitlarni hisobga olib qishloq 
xo‘jaligi ixtisoslashuvini tashkil etishi mumkin. 
Kurs materiallarini o‘rganish jarayonida o‘quvchilar yozuvsiz kartalar bilan 
ishlab, turli karta sxemalar tuzib boradilar. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin