Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author


 Kurs materiallarini o‘rganish metodlari



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   149


 
14.2. Kurs materiallarini o‘rganish metodlari 
Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursi materiallarini o‘rganishda 
mamlakatlarga iqtisodiy geografik tavsif berish sxemasi ularni ixtisoslanishiga 
qarab bir oz o‘zgarishi ham mumkin. Chunonchi, rivojlangan mamlakatlarda 
sanoatning salmog‘i «qishloq xo‘jaligi»ga nisbatan ustun bo‘lganligi uchun avval 
sanoati, agrar mamlakatlarda esa qishloq xo‘jaligi»ning salmog‘i sanoatdan yuqori 
bo‘lganligi uchun dastlab «qishloq xo‘jaligi» o‘rganiladi. 
Rivojlangan yoki rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rganilayotgan vaqtda, 
dastlab har bir guruh mamlakatlariga umumiy ta’rif beriladi. Ta’rif-mazkur 
guruhga tegishli barcha mamlakatlarga xos (xarakterli) bo‘lgan aholi faoliyati va 
iqtisodiy geografiyasi, ular uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan siyosiy va 
iqtisodiy masallalar, shuningdek, mamlakatlar doirasidagi asosiy tafovutlarni o‘z 
ichiga oladi.
Rivojlangan mamlakatlarning umumiy tavsifida aholisi (tabiiy o‘sish 
sur’atining pastligi va urbanizatsiya darajasining yuqoriligi) va xo‘jaligi 
(sanoatning qishloq xo‘jaligiga nisbatan ustunligi, transport va tashqi iqtiodiy 
aloqalarning yuqori darajada rivojlanganligi)ning rivojlanish xususiyatlari 
ko‘rsatiladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning umumiy obzorida «rivojlanayotgan 
mamlakatilar» tushunchasiga izoh beriladi. Ularning aholisi va xo‘jaligining asosiy 
xususiyatlari (aholining tez suratlar bilan o‘sishi, aholisining, asosan, qishloq 
xo‘jaligi bilan bandligi, iqtisodiy rivojlanishining sustligi, chet el kapitaliga 


283 
bog‘liqligi, xo‘jaligining bir tomonlama rivojlanganligi) yoritiladi. Iqtisodiy 
mustaqillik uchun kurash nimadan iborat ekanligi ochib beriladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar tarixiy geografik xususiyatlariga ko‘ra 3 
guruhga bo‘lnadi: 
Birinchi guruhga- Osiyo mamlakatlari. 
Ikkinchi guruhga- Afrika mamlakatlari. 
Uchinchi guruhga – Lotin Amerikasi mamlakatlari kiradi. 
Har bir guruhdagi mamlakatlarning umumiy ta’rifi kirish darslari tarzida 
ma’ruza usulida o‘rganiladi. 
Mamlakatlarni 
o‘rganishda 
o‘quvchilar 
faoliyatini 
faollashtirish 
imkoniyatlari vujudga keladi. Har bir mamlakat iqtisodiy geografiyasi 
o‘rganilayotganda o‘quvchilarning «Jahonning umumiy iqtisodiy tavsifi»dan olgan 
bilimlariga tayaniladi. O‘quvchilar faoliyatini faollashtirishda tarix fani
“Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” kurslari materiallaridan 
foydalanishning ahamiyati katta. 
Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursi materiallarini o‘rganishda 
vaqtli matbuot materiallari va adabiyotlardan foydalanish joizdir. Binobarin, 
o‘quvchilar gazeta va jurnallarni muntazam o‘qib borishga, kurs materiallarini 
hozirgi voqealar bilan bog‘lab borishga o‘rganadilar.
O‘quvchilar bilimini baholashda ularning kundalik voqealarni muntazam 
kuzatib borishlarini e’tiborga olib, rag‘batlantirilishi lozim. 
Kurs materiallarini o‘rganish jarayonida o‘quvchilar faolligini oshirish bilan 
bog‘liq bo‘lgan muammoli ta’limga ham e’tibor berish lozim, shu maqsadda 
«Yaponiya» mavzusini o‘rganayotganda o‘quvchilarga «Nima uchun urushdan 
keyingi yillarda Yaponiya iqtisodiy jihatidan tez rivojlana boshladi?» degan 
muammoli savol berishi mumkin. 
Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursi materiallarini o‘rganish 
ko‘pchilik masalalarni hal etish uchun bilim manbayi bo‘lib xizmat qiladigan turli 
mazmundagi kartalar, suhbat va mustaqil ishlarni tashkil etishda katta 
imkoniyatlarni vujudga keltiradi. Chet mamlakatlar iqtisodiy geografiyasi atlasi va 
9 - sinf geografiya darsligiga ilova qilingan hamda tekst bilan berilgan kartalar 
tilga olingan iqtisodiy kartalar hisoblanadi.
Xususan, mamlakatlarning iqtisodiy geografik o‘rni, aholisi, sanoati, qishloq 
xo‘jaligi va transportining joylashishini kartalar bilan bog‘lab, suhbat asosida 
o‘rganish yaxshi natija beradi. Shuningdek, statistik materiallar bilan ishlashda 
suhbat metodi juda qo‘l keladi. Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursi 
materiallarini o‘rganishda iqtisodiy kartalar bilan birga boshqa ko‘rsatmali 
vositalardan, jumladan, transparant, diafilm va kinofilmlardan foydalanishga 
to‘g‘ri keladi. 


284 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin