281
XIV-BOB. JAHON IQTISODIY
-
IJTIMOIY GEOGRAFIYACI KURSINI
O‘RGANISH METODIKASI
14.1 Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyaci kursining mazmun va
mohiyati
Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi
kursining asosiy vazifasi
o‘quvchilarga xorijiy mamlakatlarning iqtisodiy geografiyasidan zarur bilimlar
berishdan iboratdir bunda o‘quvchilar mamlakatlarning iqtisodiy geografik
xususiyatlarini tavsiflovchi aniq materiallarni o‘zlashtirishlari va uning sabablarini
tushunib yetishlari nazarda tutiladi. Ular mazkur kurs materiallarini o‘rganish
jarayonida rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda xo‘jalikning rivojlanish
va joylanish qonuniyatlarini o‘zlashtirishlari lozim.
Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursi dasturi o‘quvchilarda kurs
materiallarini o‘rganish bilan mamlakatlarning tiplari
haqida yetarli tushuncha
tarkib topishini hozirgi jahon xo‘jaligida muhim rol o‘ynayotgan davlatlar bilan
tanishib chiqishlarini e’tiborga olgan holda tuzilgan.
Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursi asosan ikki bo‘limdan iborat:
1.
Jahonning umumiy iqtisodiy geografik obzori.
2.
Jahonning regional iqtisodiy obzori.
Umumiy qismning asosiy ilmiy-uslubiy vazifasi jahon iqtisodiy va ijtimoiy
geografiyasiga oid eng muhim tushunchalarning mantiqiy tizimini tashkil etishni
nazarda tutgan. Fanning nazariy masalalariga aloqador bo‘lgan
birinchi guruh
tushunchalari «Umumiy» qismda ham, «Regional» qismda ham tahlil etilgan.
Boshqa guruhda jamlangan masalalar jahon xo‘jaligi, aholisi va siyosiy xaritasida
uzoq davr davomida bo‘lib o‘tgan o‘zgarishlar va siljishlarni fan texnika inqilobi
va taraqqiyoti, jamiyatda yuz bergan siyosiy voqea
va hodisalar bilan uzviy
aloqadorlikda ekanligi yoritilgan. Darslikning deyarli 2/3 hajmini egallagan
regional-mamlakatshunoslik qismida jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasiga oid
tushunchalar, qonuniyatlar, tamoyillar va xususiyatlarni
ayrim region yoki yirik
tayanch mamlakatlar misolida ko‘rib chiqish va shu asosda ma’lum tasavvurga ega
bo‘lish, umumiy qismda olgan bilim va malakalarni mustahkamlash maqsadi
ifodalangan. Ayrim mamlakatlarning iqtisodiy geografik tavsifi mazkur fanda
qabul qilingan va sinalgan uslubiy yondashuvdan foydalangan holda bajarildi.
Bunda, tabiiy sharoit aholi va boshqa tabiiy demografik komponentlar iqtisodiy
salohiyatda tutgan o‘rni va ahamiyati nuqtayi nazaridan baholanadi.
Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursida o‘rganiladigan
asosiy
obyekt aholi va xo‘jalik-iqtisodiy hodisa hisoblanardi. Kursda o‘rganiladigan
iqtisodiy hodisalar siyosat bilan birga o‘rganiladi.Shuning uchun jahon iqtisodiy
282
va ijtimoiy geografiyasi kursini ayni vaqtda siyosiy geografiya kursi deyish ham
mumkin. Iqtisodiy faktlarni siyosiy nuqtayi nazaridan xarakterlash joizdir.
Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursida iqtisodiy masalalarni siyosat
bilan bog‘lab o‘rganish o‘quvchilarning siyosiy tayyorgarligida muhim rol
o‘ynaydi. Iqtisodiy geografik ta’lim kundalik iqtisodiy
va siyosiy materiallardan
foydalanib borishni ham taqozo etadi. Iqtisodiy geografiya ta’limida kundalik
ta’limdan foydalanib o‘quvchilarni mafkuraviy tarbiyalash vositasi bo‘lib xizmat
qiladi, ularning saviyasini yanada oshiradi va bilim doirasini kengayishida katta
ahamiyatga ega.
Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursida
iqtisodiy kartalardan
yanada ko‘proq, xususan, iqtisodiy kartalarning yangi turlaridan ko‘proq
foydalaniladi. Mazkur o‘quv qo‘llanmani yaratishda Rossiya Federatsiyasida nashr
etilgan «Chet mamlakatlar iqtisodiy geografiyasi» (muallifi V.R.Maksakovskiy)
darsligidan hamda Fransiya, AQSh, Buyuk Britaniyada chop etilgan
ma’lumotnomalar, statistik to‘plamlar va boshqa o‘quv hamda ilmiy uslubiy
materiallardan foydalanilgan holda o‘qitib kelinmoqda.
Dostları ilə paylaş: