Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author


Darsni savollar asosida olib borish metodi



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   149


Darsni savollar asosida olib borish metodi
– o‘quv rejasi bo‘yicha savol-javoblar 
yordamida o‘quvchi-talabalarni o‘quv jarayoniga jalb etish, ularda fikr-mulohaza 
yuritish, o‘qish, o‘rganish, o‘z fikrini izohlashga ishtiyoq uyg‘otadigan metod. 
Delfa metodi
– o‘quvchi-talabalarni ijodiy fikr yuritish, bildirilgan fikrlarni 
taqqoslab, baho berish ko‘nikmalarini shakllantirishga o‘rgatadigan metod. 
Didaktika (yunon-didaktikos – o‘qitadigan, o‘rgatadigan)
pedagogikaning 
bilim olish, ta’lim va tarbiya nazariyasiga oid tarkibiy qismi. Didaktika “nima?” va 
“nima uchun?” o‘qitish kerak degan savollar bilan shug‘ullanadi. 
Idrok –
ma’lumotlarni ranglar, belgilar, harakat, ko‘rish, eshitish, sezish, his qilish 
orqali axborotni yangilikka olib kelish. 
Izohlash, tushuntirish
tushuncha, so‘zning qisqacha ma’nosini ifodalash: 
og‘zaki izoh, yoritilishi lozim bo‘lgan turli materiallarni izohlash, isbotlash, tahlil 
qilish. 
Insert metodi –
o‘quvchi-talabalarni o‘qiyotgan kitoblari, maqola va turli 
axborotlarni tushunib yetishlari uchun o‘qish jarayonida materialning (darslik, 
o‘quv qo‘llanma, ilmiy maqola, jadval, sxema kabilar) har bir satr boshi (yoki 
qismi)ning mazmunini baholash orqali, chiqargan xulosasiga muvofiq ravishda 


289 
varaqning chetki tomoniga (hoshiyasiga) qalam bilan belgi qo‘yib yuborish orqali 
o‘z munosabatini bildirishga o‘rgatuvchi metod. 
Pedagogik texnologiya –
o‘qitish jarayonining shakl, metod, usul, o‘qitish 
yo‘llari, tarbiya vositalarining maxsus yig‘indisi va joylashuvini belgilab beruvchi 
psixologik tartiblar majmui, tashkiliy-uslubiy vositalari (B.Lixachev). 
Texnologizatsiyalash –
bu obyektiv jarayon bo‘lib, ta’lim evolyusiyasining yangi 
vazifalarini sifatli hal qilish uchun tayyorgarlik.
Texnologiya –
grekcha so‘z bo‘lib, “texnos”-san’at, mahorat, “logos”-ta’limot 
degan ma’nolarni bildiradi. Pedagogik texnologiya pedagogning o‘quvchilarga 
ta’sr qilishni tashkil qilish bo‘yicha kasbiy ahamiyatga moyillik malakalar tizimini 
aniqlab beradi, pedagogik faoliyat texnologiyasini aniqlash usullarini taklif etadi. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin