243
Referat, kurs ishlari yoki malakaviy bitiruv ishlari
loyihalari ustida ishlash
jarayonida fan bo‘yicha biror bir bo‘lim yoki boblar bo‘yicha maxsus va ilmiy
adabiyotlarni mustaqil o‘rganish. Ushbu turdagi mustaqil ish birinchi kurs
talabalaridan boshqa barcha kurs talabalari uchun taalluqli. Bu turdagi mustaqil ish
natijalari reyting tizimining tegishli bosqichlarida nazorat qilinadi. Har bir OTM
rahbariyati talabalarning mustaqil ta’lim olishlari, mustaqil ishlarni o‘z vaqtida,
sifatli bajarishlari uchun zarur axborot manbalari, kompyuter texnikasi va Internet
xalqaro axborot tarmog‘idan samarali, maqsadli foydalanishlari uchun zarur shart-
sharoitlar yaratib berishi lozim. Har bir fan bo‘yicha
talabalarning mustaqil
ishlariga rahbarlik qilish ko‘rsatkichlari (vaqt miqdori) OTM professor-
o‘qituvchilari shaxsiy ish rejasining “Tashkiliy-uslubiy ishlar” bo‘limida (1540
soat hajmida) qayd etiladi.
Kurs ishi (loyihasi), malakaviy bitiruv ishi va ta’lim oluvchilik
dissertatsiyasini tayyorlashda har bir talaba uchun ajratiladigan soatlar professor-
o‘qituvchilar shaxsiy ish rejasining “O‘quv ishlari” bo‘limida ko‘rsatiladi.
Talabalarning mustaqil ta’limiga rahbarlik qilish kafedrada tuzilib,
fakultet
dekanati tomonidan tasdiqlanadigan maslahat (konsultatsiya)lar jadvaliga muvofiq
amalga oshiriladi. Maslahat uchun ajratilgan soatlari guruh jurnallarida qayd etib
boriladi. Talabalarning mustaqil ishlarini nazorat qilish o‘quv mashg‘ulotlarini
bevosita olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Mustaqil ishlarning
bajarilishi tegishli fan ishchi dasturida ajratilgan soatlarga mos ravishda reyting
tizimi (ballar) asosida baholanadi. Har bir talabaning mustaqil ish bo‘yicha olgan
ballari uning tegishli fan bo‘yicha to‘plangan umumiy reyting ko‘rsatkichlari
qo‘shiladi. Mustaqil ish uchun talaba tomonidan olgan ball ko‘rsatkichi guruh
“Reyting oynasi”da,
shuningdek, OTMning maxsus elektron tarmog‘ida yoritib
boriladi.
Tegishli fandan mustaqil ish bo‘yicha beglilangan maksimal reyting
ballining 55% dan kam ball to‘plagan talaba shu fan bo‘yicha yakuniy nazoratga
qo‘yilmaydi. O‘quv va mutaxassislik fanlari bo‘yicha talabalarning mustaqil
ishlarni tayyorlashga qaratilgan faoliyatlari muntazam ravishda talabalar guruhlari,
tegishli kafedra yig‘ilishlari va fakultet Ilmiy
kengashlarida muhokama etib
boriladi. Har bir mustaqil ish kafedra arxivida ro‘yxatga olinadi va o‘quv yili
mobaynida saqlanadi. Ayni o‘rinda shuni ham qayd etib o‘tish joizki, talabalarning
kurs ishi (loyihasi), malakaviy bitiruv ishi yoki magistrlik dissertatsiyasini
ro‘yxatga olish va saqlash tartibi tegishli me’yoriy hujjatlar asosida belgilangan
tartibda amalga oshiriladi.
Ijodiy yondashuv asosida sifatli bajarilgan mustaqil ishlarning mualliflari
bo‘lgan talabalar OTM rahbariyati tomonidan ma’naviy va moddiy
rag‘batlantiriladi.
Shunday qilib, individual, dasturiy va mustaqil ta’lim ham
244
shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning asosiy, muhim turlari sanaladi. Ularning har
uchchalasi ham ta’lim jarayonini individuallashtirish, har bir ta’lim oluvchi ichki
imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilganligi bilan ta’limiy
ahamiyat kasb etadi. Barcha zamonaviy ta’lim
turlari kabi individual, dasturiy va
mustaqil ta’lim ham o‘z texnologiyalariga ega. Individual va dasturiy ta’lim
texnologiyalari ta’lim jarayonini individuallashtirish, o‘quv materiallarini ta’lim
oluvchilarning imkoniyatlari, bilimlarni qabul qilish darajasiga moslashtirgan
holda turli darajalarda muayyan izchillikda taqdim etilishini ta’minlaydi. Mustaqil
ta’lim texnologiyalari esa to‘la ma’noda ta’lim oluvchilarning o‘qituvchining
yo‘naltiruvchi ko‘rsatmalari asosida mustaqil ravishda o‘quv hamda mutaxassislik
fanlari asoslarini puxta o‘zlashtirishlari uchun zarur
sharoitni yaratishga xizmat
qiladi. Shunday ekan, oliy ta’lim muassasalarining pedagoglari o‘z faoliyatlarida
individual, dasturiy va mustaqil ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish
ko‘nikma, malakalarining o‘zlashtira olishlari talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: