245
IX-BOB. GEOGRAFIYA TA’LIMIDA SINFDAN TASHQARI ISHLAR
9.1. Geografiyadan sinfdan tashqari ishlar tashkil qilish
Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni va vazifalari. Maktabdagi o‘quv
ishlari
dastur asosida cheklangan va belgilangan vaqt doirasida olib boriladi. Shuning
uchun o‘quvchilarning barcha qiziqish va ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega
emas.
Sinfdan tashqari ishlar maktabdagi ta’lim-tarbiyaviy ishlarning uzviy davomi
bo‘lib, o‘quvchilarning mustaqilligi va faolligini, siyosiy-mafkuraviy
va madaniy
saviyasini yanada oshirishni, qobiliyatlarini rivojlantirishni, bilim qamrovining
kengaytirish va chuqurlashtirishni hamda ayrim hayotiy ko‘nikma va malakalarni
egallashni maqsad qilib qo‘yadi. Shuning bilan birga o‘quvchilarning bo‘sh
vaqtlarini oqilona (unumli) va qiziqarli tashkil etish ham sinfdan
tashqari ishlarning
zimmasiga tushadi. Geografiya keng ko‘lamli va xilma- xil masalalarni qamrab
olsa-da, barcha masalalarni o‘quv jarayonida yoritish imkoniyati yo‘q, ammo
geografiya qamrab olgan masalalarning ko‘pchiligi o‘quvchilarni qiziqtirib keladi.
Geografiya ta’limining atrofdagi tabiat va odamlarning hayoti, tabiat va jamiyatda
ro‘y berib turgan voqea va hodisalar bilan bevosita aloqadorligi sinfdan tashqari
ishlar uchun katta imkoniyatlarni vujudga keltiradi.
Sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar o‘quvchilarni
milliy istiqlol ruhida
tarbiyalash sohasida olib boriladigan ishlarning davomidir. Sinfdan tashqari olib
boriladigan ishlar ta’lim-tarbiya maqsadlariga mos kelishi kerak. O‘quvchilar
tabiatdagi turli jarayon va hodisalarni, dunyoda ro‘y beradigan voqealarni ko‘proq
bilishga qiziqadilar, bunday vazifani sinfdan tashqari mashg‘ulotlar orqaligina hal
qilish mumkin.
Sinfdan tashqari ishlar turi, tamoyil va usullariga ko‘ra sinfda olib
boriladigan mashg‘ulot-darsdan farq qiladi. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil
etishning o‘ziga xos xususiyatlari bor, bu xususiyatlar o‘qituvchidan yuqori
darajadagi mahoratni talab qiladi. Sinfdan tashqari ishlarning o‘ziga xos
xususiyatlaridan biri uning ixtiyoriy ekanligi bo‘lib, o‘quvchilarning
xohish
istaklarini va qobiliyatlarini hisobga olgan holda, ularning tashabbusi bilan olib
boriladi. Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga
chiqarishga imkon berishi, mashg‘ulotlarning hajmi, shakli va metodlari esa
ularning yoshiga bog‘liq bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Sinfdan
tashqari
olib
boriladigan
ishlarda
o‘qituvchining
vazifasi-
o‘quvchilarning tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish va
ularning mas’uliyatini oshirishdan iboratdir. Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarni
ilmiy-tadqiqot ishlarga o‘rgatib borish bilan birga, ularni dam olishlariga ham imkon
berishi kerak. Sinfdan tashqari ishlar tematikasida o‘lkashunoslik ishlari mohiyati
246
jihatidan asosiy o‘rinni egallaydi. Sinfdan tashqari ishlardagi ,,o‘lka” tushunchasida
bevosita o‘rganish mumkin bo‘lgan hudud (o‘z shahri yoki qishlog‘i, yaqin atrof,
ma’muriy jihatdan o‘z tumani, o‘z viloyati yoki tabiiy geografik rayoni) nazarda
tutiladi. Sinfdan tashqari ishlarning tematikasida Vatanimizning va uning e’tiborga
sazovor bo‘lgan joylarini, yirik shaharlari, yangi qurilishlarini o‘rganish ham muhim
o‘rinni egallaydi. O‘quvchilar sayyoramizning ayrim e’tiborga sazovor joylari
(g‘orlar,
yirik sharsharalar, Antarktida tabiati, tabiat yodgorliklari, okeanlardagi
ajoyib hayot va h.k.)ga uyushtirilgan sayohatlarga qiziqadilar. Ular xalqaro
voqealarni ham, odatda, qiziqish bilan kuzatadilar. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil
etishda o‘quvchilarning bu qiziqishlarini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak.
Sinfdan tashqari ishlarda o‘quv ko’rsatmali qo‘llanmalarni
tayyorlash va ularni
ta’mirlash ishlari alohida o‘rin tutadi. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda
o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini ham hisobga olish lozim. V-VII sinflardagi
ishlarning mazmuni ko‘proq tabiatni o‘rganishga qaratilmog‘i, VIII-X sinflarda esa
ishlar iqtisodiy-geografik xarakterda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: