Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023

3. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning 
ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. 
Huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy 
prinsiplaridan eng muhimi davlat hokimiyati organlarining umumxalq saylovlari 
asosida shakllantirilishi hamda fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida bevosita 
yoki o‘zlari tomonidan saylab qo‘yilgan vakillari orqali ishtirok etishi hisoblanadi. 
Bunda, eng avvalo, jamiyat bilan davlat o‘rtasida o‘ziga xos “ko‘prik” vazifasini 
o‘tovchi va fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan biri bo‘lgan – siyosiy 
partiyalar asosiy rol o‘ynaydi. 
Siyosiy partiya – bu qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi 
asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan 
qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari 
orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi fuqarolarning ko‘ngilli 
birlashmasidir. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini 
ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali 
davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. 
Partiya so‘zi lotincha “partio” so‘zidan olingan bo‘lib, “bo‘lak, bo‘laman, 
ajrataman”degan maʼnoni anglatadi, yaʼni butunning bir bo‘lagi, jamiyatning bir 
bo‘lagi degan tushunchalarni beradi. Shuningdek, partiya deganda “g‘oyaviy 
jihatdan maslakdosh, manfaatlari mushtarak bo‘lgan, shuningdek, muayyan ishni 
bajarish uchun ajratilgan kishilar guruhi”ni tushunish mumkin.
Ekspertlarning fikriga ko‘ra, siyosiy partiya – bu siyosiy ambitsiyaga ega 
bo‘lgan shaxslar tomonidan tuzilgan va boshqariladigan hamda umumiy mafkura 
asosida birlashgan tarmoqdir (networks). Siyosiy partiyalar, eng avvalo, o‘z 
elektorati manfaatlaridan, siyosiy mafkurasi va pozitsiyasidan kelib chiqib, siyosiy 
qarorlar qabul qilish jarayonlariga yetarlicha taʼsir o‘tkazishlari hamda o‘zining 
vakillari orqali davlatning markaziy va mahalliy ijroiya organlari ustidan 
jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda qatnashishlari lozim. 
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, erkin fuqarolik jamiyatini 
qurishni maqsad qilgan mamlakatimizda ko‘ppartiyaviylik tizimiga o‘tildi. 
Аynan ko‘ppartiyaviylik tizimi tanlanishini quyidagicha izohlash mumkin: 
birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasida: 
“O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va 
fikrlarning 
xilma-xilligi 
asosida 
rivojlanadi” 
mazmunidagi 
qoida 
mustahkamlangan va uning mazmuni ko‘ppartiyaviylik tushunchasi bilan 
mutanosibdir; 


75 
ikkinchidan, salmoqli aholi soniga ega bo‘lgan bu davlatda fikrlar, qarashlar 
ham xilma-xil bo‘lishi tabiiy edi. Shuning uchun ham jamiyatda mavjud turli 
qatlamlar, guruhlarning manfaatini ifodalovchi hamda uni davlat boshqaruvida 
amalga oshishiga zamin yaratuvchi ko‘ppartiyaviylik tizimi zarur deb tanlandi; 
uchinchidan, jamiyatdagi barcha siyosiy kuchlar, ijtimoiy tabaqalarning 
keng ishtirokini taʼminlovchi ko‘ppartiyaviylikka asoslangan saylov davlat 
hokimiyati vakillik organlarini tashkil etishning demokratik ko‘rinishi hisoblanadi. 
Shunday ekan, mamlakatda fuqarolik jamiyati institutlarinnig muhim qismi 
bo‘lgan siyosiy partiyalarning faoliyatiga oid yetarli tashkiliy-huquqiy asoslari 
mustahkamlangan. 
1991-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Repsublikasida Jamoat birlashmalari 
to‘g‘risida”gi Qonunning birinchi moddasida: “O‘z huquqlari, erkinliklarini hamda 
siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning 
boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun 
birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga 
kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir. Siyosiy partiyalar, ommaviy 
harakatlar, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, 
veteranlar va nogironlar tashkilotlari, ilmiy-texnikaviy, madaniy-maʼrifiy, jismoniy 
tarbiya, sport va boshqa ko‘ngilli jamiyatlar, ijodiy uyushmalar, yurtdoshlar 
uyushmalari, assotsiatsiyalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat 
birlashmalari deb eʼtirof etiladi”, degan qoidada o‘z ifodasini topgan. 
Siyosiy partiyalarning huquqiy asosi sifatida yana O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 34-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba 
uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, 
ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga ega”ligi to‘g‘risida qoida belgilandi. 
Аsosiy qonunning 58-moddasida davlat siyosiy partiyalarning huquqlari va 
qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlashi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok 
etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib berishi lozimligi, shuningdek, davlat 
organlari va mansabdor shaxslar tomonidan siyosiy partiyalar faoliyatiga 
aralashishiga yo‘l qo‘ymasligi ham mustahkamlangan. 
Siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatning ajralmas belgisi 
hisoblanar ekan, siyosiy partiyalar muhim konstitutsiyaviy institut ekanini 
namoyon qiladi. Buning asosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida 
siyosiy partiyalar huquqiy maqomini belgilab beruvchi alohida “Jamoat 
birlashmalari” deb nomlangan XIII bobning mavjudligi, unda jamoat birlashmalari 
turi sifatida siyosiy partiyalar haqidagi tegishli moddalarning kiritilishi Аsosiy 
Qonunning hayotiyligidan, jamiyatdagi mavjud munosabatlarni tartibga solishga 
qaratilganligidan dalolat beradi. 
Umuman olganda, Аsosiy Qonunning 13 ta (yaʼni 10, 12, 32, 34, 56, 57, 58, 
60, 62, 106, 108, 112, 120) moddalarida siyosiy partiyalar bilan bog‘liq normalar 
haqida so‘z yuritiladi. 
Siyosiy partiyalar huquqlari O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy 
Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin