52 ma’naviyat va mafkura, ularning jamiyat, inson hayotida tutgan o‘rni va roli



Yüklə 358,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix04.05.2023
ölçüsü358,67 Kb.
#107297
  1   2   3
ma-naviyat-va-mafkura-ularning-jamiyat-inson-hayotida-tutgan-o-rni-va-roli



52 
MA’NAVIYAT VA MAFKURA, ULARNING JAMIYAT, INSON HAYOTIDA TUTGAN 
O‘RNI VA ROLI 
 
Andijon davlat universiteti
Filologiya fakulteti, Filologiya va tillarni o’qitish
Rus tili yo’nalishi 3 - kurs talabasi: Alisherova Zarnigor 
 
 
 
Ma’naviyat va mafkura bir-birlari bilan mustahkam bog‘langandir. Ma’naviyat 
insonning ruhiyati, o‘zini – o‘zi anglashi, yuksaklikka intilishidagi salohiyati bo‘lsa, «Milliy 
istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» konsepsiyasida ko‘rsatilishicha 
«Mafkura-muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, 
maqsad-muddaolari, manfaatlari, orzu-intilishlari hamda ularni amalga oshirish 
tamoyillarini o‘zida mujassam etadigan g‘oyalar tizimidir»
20
Mafkuraning ma’naviyatda tutgan o‘rni shundaki, u inson, jamiyat, yoxud millat yoki 
guruhlarning intilishlari, ruhiyatlari va kayfiyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. 
Ma’naviyat singari mafkuraning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda kattadir. 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Mafkura faqat bugun emas, balki 
hamma zamonlarda ham eng dolzarb siyosiy – ijtimoiy masala, har qanday jamiyatni 
sog‘lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o‘z muddaolariga erishishi uchun 
ma’naviy-ruhiy kuch – quvvat beradigan poydevor bo‘lib kelgan».
21
Mafkura jamiyat 
taraqqiyotida quydagi vazifalarni bajaradi: birinchidan, davlat rivojlanishning iqtisodiy, 
ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy – ma’rifiy sohalaridagi vazifalarni o‘zida mujassamlashtiradi; 
ikkinchidan, bir davlat, bir mamlakat miqiyosida barcha fuqarolarni, turli millat, elat, 
sinflar va ijtimoiy guruhlarni bir g‘oya va maqsad sari birlashtirishga xizmat qiladi
uchinchidan, davlat olib boradigan ichki va tashqi siyosat g‘oyalarini o‘zida 
mujassamlashtirib, uni fuqarolarga targ‘ib etadi; to‘rtinchidan, davlat doirasida 
yashayotgan fuqarolarni yaratuvchilik, bunyodkorlik, ijodkorlik faoliyatini faollashtiradi 
20
Миллий истиқлол ғояси: Асосий тушунча ва тамойиллар. -Т: Ўзбекистон, 2000.-Б. 9 
21
Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси –халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. –Т.: Ўзбекистон, 
2000. -Б. 5. 


53 
va ularni jamiyat maqsadlariga yo‘naltiradi; beshinchidan, xalqning orzu-umidlarini 
o‘zida ifoda ettiradi, jamiyatda mavjud bo‘lgan muammolarni hal qilish uchun butun 
jamiyat va fuqarolarni harakatga keltiradi; oltinchidan, mafkura jamiyatda ma’lum 
siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy – ma’rifiy qarashlarni shakllantiradi. 
Mafkuraning jamiyat, millat, shaxs va fuqaro hayotidagi ana shunday muhim 
ahamiyatini hisobga olib, Istiqlolimizni qo‘lga kiritgan ilk kunlardan boshlab, biz milliy 
g‘oyamizning eng asosiy tushuncha va tamoyillarini belgilab olish va ishlab chiqarishga 
harakat qildik. Shu maqsadda ijtimoiy fanlar sohasidagi yetakchi olimlar, siyosatshunos 
va iqtisodchilar, ijodkor ziyolilar, keng jamoatchiligimiz e’tiborini ana shu muhim 
masalaga qaratdik. Xalqimizning asriy orzusi, ko‘zlangan yuksak maqsadlarimizga 
yetishning asosiy omili-avvalambor mustaqillikni asrab-avaylash, uni yanada 
mustahkamlash bilan bog‘liq ekanidan kelib chiqqan holda, milliy g‘oyamizning ma’no-
mazmunini ham ana shunday mezonlar negizida belgilashni vazifa qilib qo‘ydik.
22
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentimizi Islom Karimov «Tafakkur» jurnali 
bosh muharriri va «Fidokor» gazetasi muxbirining savollariga javoblarida milliy g‘oya, 
milliy mafkuraning O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishdagi tutgan o‘rni va 
ahamiyatini bayon qilib berganligini alohida ta’kidlash joiz: «Mafkura har qanday jamiyat 
hayotida zarur. Mafkura bo‘lmasa odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrar. 
Ikkinchidan, qaerdaki mafkuraviy bo‘shliq vujudga kelsa, o‘sha yerda begona mafkura 
hukumronlik qilishi tayin».
23
Buni har bir inson, O‘zbekiston fuqarosi chuqur anglashi, 
mag‘zi-mag‘ziga yetib olishi kerak. Negaki, jamiyatning, jamiyat a’zolarining mustahkam 
va ravshan mafkurasi, g‘oyasi, maqsadi bo‘lmasa, inqirozga yuz tutadi. Insoniyat tarixida 
davlatlar va jamiyatlar paydo bo‘libdiki, ularga egizak holda mafkuraviy qarashlar ham 
shakllangan. Boisi – mafkurasiz davlat yoki jamiyat bamisoli hech bir maqsad-rejasiz, 
tavakkal qilib yo‘lga chiqqan odamga o‘xshaydi. Yo‘lga chiqdingmi – manzil, maqsad aniq 
bo‘lmog‘i kerak. Har bir xalq o‘z oldiga qo‘ygan ulug‘vor maqsadlarga erishishida milliy 
g‘oyaning ahamiyati nechog‘li muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida Islom Karimov 
“Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” kitobida quydagilarni yozgan:
“Insoniyatning ko‘p asrlik tarixi shundan dalolat beradiki, bu dunyoda o‘zining milliy 
davlatini qurishga azmu qaror qilgan har qaysi xalq yuksak vazifalarni amalga oshirish, 
shu yo‘lda odamlarni birlashtirish va safarbar qilish, ularning qalbida ishonch uyg‘otish, 
eski ijtimoiy tuzumdan mutlaqo yangi tuzumga o‘tishda o‘ziga qo‘shimcha kuch-quvvat 
22
Каримов И. А. Юксак маънавият-енгилмас куч. –Т.: “Маънавият”, 2008.-Б.71-72. 
23
Каримов И.А. Жамиятимиз мафкураси халқни халқ, миллатни –миллат қилишга хизмат этсин. –Т.: 
Ўзбекистон, 1998. -Б. 4.



Yüklə 358,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin