Америкаликлар



Yüklə 262 Kb.
səhifə1/5
tarix15.06.2023
ölçüsü262 Kb.
#130726
  1   2   3   4   5
Jalolov Javohirbek




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
UMUMIY TARIX KAFEDRASI
3 bosqich “ 305” guruh talabasi
Jalolov Javohirbek
Jaxon tarixi” fanidan




Mavzu “Aleksandr Gamilton AQShning siyosiy arbobi .”

Ilmiy rahbar: katta o‘qituvchi A.Turgunov




A N D I J O N - 2016
Mundarija

Kirish


  1. A.Gamiltonning AQSh mustaqilligining dastlabki

yillardagi faoliyati.

  1. A.Gamiltonning moliya ministri lavozimida

olib borgan ishlari.

Xulosa


Kirish
Eng muhimi, xalqimizning hayot tarzi, milliy an’ana va qadriyatlarimizni , aholining ruhi va kayfiyatini ham har tomonlama hisobga oldik. Chunki har qanday islohotning pirovard natijasi avvalo uning zaruratini aholining keng qatlamlari qay darajada tushunishi va qo‘llab- quvvatlashi, bu o‘zgarishlarning inson hayotiga, uning farovonligini oshirishga ko‘rsatadigan amaliy ta’siri bilan o‘lchanadi. Ana shu haqiqatdan kelib chiqqan holda, odamlarga islohotlarning ma’no-mohiyatini aniq-ravshan tushuntirib berish, shu asosda jamiyat a’zolarida ishonch uyg‘otish, ularni bunyodkorlik sari safarbar etish muhim ahamiyatga ega.
Ilmiy ahamiyatit va yangiligi. Ana shunday keng miqyosdagi o‘rganish
va har tomonlama izlanishlar natijasida biz bugungi kunda butun dunyoda
o‘zbek modeli sifatida tan olingan taraqqiyot modelini ishlab chiqdik. Bu modelning asosiy tamoyillari – ya’ni, iqtisodiyotning siyosatdan holi
ekani, davlatning bosh islohotchi bo‘lishi, qonun ustuvorligi, kuchli ijtimoiy siyosat, islohotlarni tadrijiy asosda bosqichma-bosqich amalga oshirish prinsiplari barchamizga yaxshi ayon.
Ta’kidlash joizki, bugun hayotda o‘zini to‘liq oqlagan bu modelning negizida avvalombor hayotga realistik qarash, pragmatik yondashuv mujassam, desak, ayni haqiqat bo‘ladi.
Yosh davlatimiz murakkab sinov kunlarini boshidan kechirayotgan bir paytda, qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz faqat o‘z kuch va imkoniyatlarimizga tayanib va suyanib ish tutishga majbur edik. Ana shunday vaziyatda ko‘plab o‘tkir va keskin savollarga javob izlash va topishga to‘g‘ri keldi. Masalan, qaysi davlat bizga qancha va qanday shartlar bilan sarmoya va qarz beradi? Qarz bergan davlatlarning siyosiy shartlari bo‘lmaydimi? Birovdan qarz olib, keyin uning sirtmog‘iga tushib qolmaymizmi? Olgan qarz-kreditlarimiz bo‘ynimizda og‘ir yuk bo‘lib qolib ketmaydimi?
Qarz olish oson, bu hammaga ma’lum, lekin uni bir kun kelib to‘lash ham kerak. Biz faqatgina bugungi kunni emas, balki ertamizni, kelajak avlodlarni ham o‘ylashimiz kerak. Biz hozir xato qilib qo‘ysak, farzandlarimiz kelajakda qoqilib qolishini hisobga olmasak, bu katta gunoh bo‘ladi.
Bugun oradan necha yillar o‘tganidan keyin o‘ziga xos milliy taraqqiyot yo‘lini tanlagan dastlabki davrni ko‘z oldimizga keltiradigan bo‘lsak, bizning islohotlar siyosatimizda ma’naviy mezonlar doimo hal qiluvchi omil bo‘lib kelayotgani yanada yaqqol ayon bo‘ladi. O‘sha paytda sobiq ittifoq hududidagi ayrim mamlakatlarda “shok terapiyasi” degan usul bilan bir sakrab bozor iqtisodiyotiga o‘tish yoki alohida bir davlatda “demokratiya
orolchasi” barpo etish haqida qancha-qancha shov-shuvlar ko‘tarilgan edi1.
Atrofimizda joylashgan ba’zi davlatlar va millatlarning vakkillarida ham bizlar qatori o‘z tarixlarini boshqatdan o‘rganish, chuqurroq o‘rganish tuyg‘ularini sezish mumkin. Balki, bu ham to‘g‘ridir. Har bir xalq nimanidir o‘zining milliy iftixori, deb biladi.
Amerikaliklar Aleksandr Gamiltonni Amerika Qo‘shma Shtatlari konstitutsiyasining mualliflaridan biri deb bilishadi va asosiy qonunga falsafiy tushuncha va asosni bergan shaxsdir. Amerika Qo‘shma Shtatlarining birinchi moliya ministri, Vashington xukumatida bir qancha muxim lavozimlar egallagan. Ko‘pchilik Aleksandr Gamiltonning faoliyatini Amerika qit’asining qirg‘oqlariga 1772 yilning oktabr oyida kelib tushganidan boshlaydilar. Juda ham ozchilik muarrixlar esa undan oldingi hayoti bilan qiziqadilar. Amerika tarixchilarining aksariyati uning tug‘ilgan joyi Britaniya Vest-Indiyasida joylashgan Nevis orolchasida 1755 yilning 11-yanvarida AQSh davlatining asoschisi tug‘ilganligi haqida, bir-birlaridan sal ajralib turuvchi lekin deyarli o‘xshash ma’lumotlarni o‘z asarlarida aks ettirganlar. Vest-Indiyadagi Gamiltonning bolalik chog‘laridagi ma’lumotlar juda ham oz. Biroq aynan shu ma’lumotlar bizga yosh Gamiltonning buyuk shaxs sifatida shakllanganligi to‘g‘risida o‘ta qiziqarli va kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni beradi. O‘sha vaqtdagi Angliya aristokratiyasidan urf-odatlar va udumlarini o‘zida qabul qilib olgan Shimoliy Amerika burjua vakillari Gamiltonning dunyoga kelishi to‘g‘risida bir necha marotaba kalaka va masxara qilishgan edi. O‘sha davrdagi urf-odatlar va udumlariga ko‘ra Aleksandr Gamilton noqonuniy nikox oqibatida tug‘ilib qolgan farzand deb e’tirof etishgan.
Ammo Gamiltonning o‘g‘illaridan biri o‘zining memuar asarlarida otasining tug‘ilishi tarixiga oid tuzatishlar kiritadi. Uning so‘zlariga qaraganda Aleksandr Gamiltonning onasi Rashel Laven uning mashxur farzandi tug‘ilishidan oldin birinchi eri bilan ajrashib va ikkinchi eri bilan nikoxdan o‘tganligi, otasining qonuniy tavallud topganligini va xaqiqiy djentelmenlarga xos bo‘lganligini ta’kidlagan edi . Aslida esa aksincha edi.
1754 yilda yoshgina Rashel fransuz gugenotning qizi maxfiy ravishda qari eri Djon Mishel Levindan qochib ketadi. Levin va to‘rt yoshlik Piter bilan qolgan er, xotini ustidan sud jarayonini boshlab yuboradi. Xotini uning sha’niga dog‘ tushuradigan ishlar qilayotganligi va Barbados orolida suyuq oyoqlik qilayotganligi bilan da’vo arizasi bilan chiqadi.
Rashel haqiqatan ham Barbadosga ketgan edi, lekin u yerda ko‘p ushlanib qolmadi. Tez orada onasi va opa-singillari yashayotgan Vest-Indiyaning Nevis oroliga ko‘chib o‘tadi. Bu yerda 20 yoshli go‘zal ayol o‘zining tengdoshi, lekin uncha badavlat bo‘lmagan shotlandiya jentrisi oilasiga mansub bo‘lgan Djeyms Gamiltonni o‘ziga mahliyo etadi. Rashel xech qanday da’vosi bo‘lmaganligi sababli va shuningdek oldingi oilasidan ozod etilishi uchun, maxsus Angliya parlamentining ruxsat berishi va o‘shandan so‘ng ajralishi kerak edi. Lekin qanchalik qonunlar qattiq bo‘lmasin xristian dinininng axlok normalariga zid bo‘lgan tarzda, o‘sha davr nuqtai nazaridan olgan xolda albatta, ikki yosh, er va ayol birga yashay boshlashdi.
Oldingi oilasidan ko‘ra keyingi oilasi ham Rashel uchun deyarli hech narsa bermadi. Negaki Djeyms Gamilton o‘zini bir necha marotaba savdo soxasida o‘z baxtini sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi, lekin hech narsaga erisha olmadi. Oxir oqibatda 1763 yilda Djeyms Gamilton turmush o‘rtog‘i va ikki nafar o‘g‘il farzandini tashlab ketadi.
Azob uqubatlarda qolgan Rashel ikkita farzandi, qonuniy va noqonuniy erlari, Levinning ta’qibi juda ham qiynab yuborgan edi. 1768 yilda 32 yoshli Rashel vafot etadi. 13 yoshli Aleksandr Gamiltonni qarindoshlari Vest Indiyaning boy savdogarlaridan biri Nikolas Kryugerning idorasiga ishga joylashtirishadi.
Xayotning zarbalari Gamiltonning o‘zining mexnatkashligi va tadbirkorligiga tayanish va ishonishga o‘rgatadi . U hamma qiyinchiliklarni bardosh bilan yengadi. O‘z ustida tinimsiz ishlash, tirishqoqlik va matonatli bo‘lishi, oxir oqibatda o‘z mevalarini bera boshladi. Kryugerning firmasida ikki-uch yil faoliyati davomida firmaning raxbari Gamiltonga bir qancha yirik savdo operatsiyalarini o‘zi mustaqil xal qilishga ishonib bergandi. Buxgalteriya, hisob-kitob soxasini Gamilton qat’iyatlilik va qunt bilan o‘rganganligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Xattoki bekorga emas, keyinchalik Jefferson tarafdorlari uni poraxo‘rlikda ayblaydilar, lekin hisob-kitobni yaxshi bilgan, moliya vaziri Gamilton esa o‘zini hech qanday aybi yo‘qligini isbotlab beradi. Bo‘sh vaqti qoldi deganda yosh yigit antik davr mualliflarining asarlarini mutoalaa qilardi. Sekin astalik bilan o‘zida adabiy va nutq iqtidorini rivojlantirishga kirishdi. 1772 yilning 3 oktabrida Nevis gazetasida Gamiltonning birinchi maqolalar to‘plami nashr etiladi. Bu maqolada yosh yigitning ochiq dengizda bo‘ronga karshi kurash vaqtidagi ichki kechinmalari to‘g‘risida yozadi. Aynan shu maqolani gubernator shaxsan o‘qib chiqib, bunday yosh iste’dod egasini xar tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaror qiladi. 1772 yilning oktabr oyining oxirlarida Nyu York shaxri badavlat oilalarining tavsiya xatlari bilan qurolllangan Gamilton, Bostonning qirg‘oqlariga kelib tushadi. Ancha badavlat bo‘lgan xomiy-vasiylari Nyu Djersining xususiy maktabiga bir yilga joylashtiradi. 1773 yilda esa Gamilton Nyu Yorkning qirollik kolledjiga imtixonlarni a’lo baxolarga topshirib o‘qishga qabul qilinadi. Va shu shaxar bilan keyinchalik o‘z taqdirini bir umrga bog‘laydi.
Qirollik kolledjining yosh talabasi barcha fanlarni a’lo darajada o‘zlashtirardi. Lekin boshqa talabalarga qaraganda Gamilton siyosat fanidan yaxshi tushunchalarga ega edi. Kolonistlarning 10 yil davomida siyosiy muammolardan bo‘lib kelgan – Angliya bilan Shimoliy Amerika
koloniyalari o‘rtasidagi bo‘lgan munosabat va ziddiyatlar to‘g‘risidagi mavzu edi. Gamilton hech ikkilanmasdan Amerikaning mustaqillik uchun kurash olib borish tarafini oldi. Gamilton o‘zini haqiqiy vatanparvar sifatida faoliyat olib bordi. U endi kurashga nafaqat aqliy yondashdi balki, u o‘z jonini ham mustaqillik uchun fido qilishga tayyor edi.



Yüklə 262 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin