77
“Sayudis” va boshqa harakatlar paydo bo‘lgan edi. “Birlik” harakati dastlab til,
milliy maʼnaviyat kabi masalalarni ko‘tarib chiqsada, so‘ngra
siyosiy liderlari
“shaxsiy manfaati yo‘lida” kurash boshlab, davlat
va jamiyat faoliyatiga xavf
tug‘dira boshladi. So‘ngra ularning faoliyati tugadi.
Keyin esa davlat va jamiyat rivojini ko‘zlab siyosiy partiyalar tashkil topa
boshladi. Ulaning aniq maqsad va dasturlari mavjud edi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda beshta siyosiy partiya rasman ro‘yxatdan
o‘tgan holda faoliyat olib bormoqda, bular: O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi;
“Аdolat”
sotsial-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston
Ekologik
partiyalaridir.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (O‘zXDP) – 1991-yilda O‘zbekiston
mustaqillikka erishgandan so‘ng tashkil qilingan birinchi siyosiy partiya. Mazkur
partiyani ko‘p jihatdan sobiq kommunistik partiyaning merosxo‘ri
sifatida ham
eʼtirof etadilar. O‘zXDP 1991-yil 1-noyabrda rasman ro‘yxatga olingan. Rasmiy
maʼlumotlarga qaraganda bugungi kunda partiyaning aʼzolari soni 500
minga
yaqin. Joylarda partiyaning 11 mingdan ortiq boshlang‘ich partiya tashkilotlari
faoliyat olib boradi. O‘zXDP markaziy kengashi raisi – Ulug‘bek Inoyatovdir.
Partiya ustavida uning asosiy maqsadi – davlat
hokimiyatining vakillik
organlarida davlat va jamiyat tomonidan manzilli ijtimoiy himoya va ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlashga ehtiyojmand aholi qatlamlari manfaatlarini himoya qilishdan
iborat ekanligi belgilab qo‘yilgan. Partiyaning matbuot organi – “O‘zbekiston
ovozi” va “Golos Uzbekistana” gazetalari.
“Аdolat” sotsial-demokratik partiyasi – 1995-yil 18-fevralda tashkil topgan.
Bugungi kunda 400 ming aʼzosi bor. Respublika hududlarida 5
minga yaqin
boshlang‘ich partiya tashkilotlariga ega. Partiya siyosiy kengashining raisi –
Bahrom Аbdurahmonov. Matbuot organi – “Аdolat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi.
Dostları ilə paylaş: