Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 
Ko‘p ming yillik davlatchilik tarixi, boy madaniyat va maʼnaviyatiga ega, 
jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan o‘zbek xalqi hayotida 
mustaqillik davri tom maʼnoda maʼnaviy yangilanish jabhasini boshlab berdi. 
O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan 
keng qamrovli islohotlar, maʼnaviy yangilanishlar bois mamlakatimiz XXI asrda 
milliy tiklanishdan milliy yuksalish tomon yo‘l oldi.
Globallashuv asri bo‘lmish – XXI asr, bir tomondan, umuminsoniy 
qadriyatlarni oldingi o‘ringa chiqishi, intellektual salohiyat ijtimoiy hayot 
mezonini belgilovchi darajaga aylanishi, informatsion texnologiyalar taraqqiy 
etishi bilan izohlansa, ikkinchi tomondan, umumjahon miqyosidagi maʼnaviy 
tahdidlar, “ommaviy madaniyat”ni keng xalq ommasi, ayniqsa, yoshlar ongiga 
singdirish, taʼlim-tarbiya sohasida salbiy illatlarning ildiz otishiga sabab 
bo‘layotgan asr hisoblanadi. Shu bois ham Prezident Sh.M.Mirziyoyev bu 
masalaga global tarzda yondashib, o‘zining BMT Bosh Аssambleyasining 2017-yil 
sentabrda bo‘lib o‘tgan 72-sessiyasidagi nutqida alohida to‘xtalib, o‘sib kelayotgan 
avlodni, avvalo, maʼrifiy savodxonlik ruhida tarbiyalash masalasiga alohida urg‘u 
berdi.
Shuning uchun ham hozirgi kunda o‘sib kelayotgan avlodning ongi va 
tafakkurini salbiy illatlardan himoya qilish maʼnosida ularda maʼnaviy immunitetni 
hosil qilish, yoshlarning ongiga ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan azaliy 
qadriyatlar – ezgulik, odamiylik, bag‘rikenglik, mehr-muhabbat, vatanparvarlik, 
yurtga sadoqat ruhini singdirishda tarix fanining o‘rni beqiyosdir. Аynan Vatan 
tarixini anglash orqali o‘sib kelayotgan avlod nafaqat shonli o‘tmish tarixini, balki 
istiqlolning tom mazmunini, uning mamlakatimiz istiqboliga qaratilgan siyosati 
mohiyatini yanada teran tushunib yetadilar. 
Mustaqillikning o‘tgan yillarida respublika tarixchi olimlari tomonidan katta 
ahamiyatga molik, dolzarb mavzularga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari amalga 
oshirildi, qator o‘quv adabiyotlari, darslik, qo‘llanma, monografiyalar chop etildi. 
Taʼkidlash joizki, hozirgi kunda ham xalqimiz tarixini xolis va ilmiy asosda 
o‘rganish jarayoni davom etmoqda. Xususan, mustaqillikning o‘tgan o‘ttiz yillik 
davri tarixining turli qirralari ko‘plab olimlar, izlanuvchilar uchun tadqiqot 
obʼyekti bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekiston o‘z rivojlanishining yangi, 
zamonaviy jabhasida Harakatlar strategiyasida – Taraqqiyot strategiyasida 
belgilangan vazifalarni amaliy hayotga tadbiq etishni maqsad qilib olgan holda 
yosh avlodni tarixiy o‘tmishga ulkan muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash 
masalasini ustuvor vazifa sifatida belgilab oldi.



Shubhasiz, yangi avlod adabiyotlari ham yuqorida taʼkidlangan 
mulohazalarga hamohang ravishda zamonaviy talablarga javob berishi, taʼlim 
tizimining sifat jihatidan takomillashuvi uchun unga, avvalo, ilm-fan yangiliklari, 
innovatsiyalarni jo etish lozim.
Oliy o‘quv yurtlari bakalavriat bosqichida taʼlim olayotgan talabalar uchun 
havola etilayotgan mazkur darslik yuqorida qayd etilgan fikr-mulohazalarni o‘zida 
jam etgan. Darslikni tayyorlash jarayonida qator materiallar, xususan, tarixiy 
adabiyotlar va arxiv hujjatlari, mustaqillik davriga oid amalga oshirilgan tadqiqot 
natijalari: 
dissertatsiyalar, 
monografiyalar, 
risolalar, 
darsliklar, 
o‘quv 
qo‘llanmalari, hujjat va materiallardan keng foydalanilgan.
2020-2021 o‘quv yilidan boshlab respublika Oliy o‘quv yurtlarining barcha 
taʼlim yo‘nalishlarida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani asosiy fanlardan biri 
sifatida o‘quv rejaga kiritildi. Shu munosabat bilan bu fanni o‘qitish yuzasidan 
o‘quv dasturlari ishlab chiqilib, yangi avlod o‘quv adabiyotlari nashr etila boshladi. 
Ushbu darslikda “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, 
maqsad va vazifalari, mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-
siyosiy jarayonlar, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning 
tarixiy ahamiyati, O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li, 
respublikada demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga 
oshirilgan 
siyosiy 
islohotlar, 
ijtimoiy-iqtisodiy 
o‘zgarishlar, 
bozor 
munosabatlarining rivojlanishi, maʼnaviy va madaniy hamda taʼlim sohasida 
amalga 
oshirilgan 
islohotlar, 
mustaqillik 
yillarida 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasidagi 
o‘zgarishlar, 
O‘zbekistonning 
jahon 
hamjamiyatiga 
integratsiyalashuvi hamda xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va nufuzining 
ortib borishi kabi masalalar yoritib berilgan. 
Darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 
“Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi uchun o‘quv adabiyotlarning 
yangi avlodini yaratish konsepsiyasi”da ilgari surilgan talablarga mos ravishda 
tayyorlangan. Mavzular Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan 
nomutaxassis fakultetlar bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan 
hamda shu yo‘nalishda tasdiqlangan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” 
namunaviy dasturi asosida yoritilgan.
Har bir mavzu so‘nggida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, tayanch 
tushunchalar, savol va topshiriqlar berilgan. Darslik yuzasidan bildirilgan fikr-
mulohazalar O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetining “O‘zbekistonning 
eng yangi tarixi” kafedrasi mualliflari jamoasi tomonidan mamnuniyat bilan qabul 
qilinadi. 




Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin