2-MAVZU. MUSTAQILLIKKA ERISHISH ARAFASIDA
O‘ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLAR.
Reja:
1. XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va
maʼnaviy hayotidagi inqirozli holat.
2.
Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati. “Paxta
ishi”, “O‘zbeklar ishi” nomli soxta ishlar.
3.
Аholi turmush tarzining og‘irlashuvi. Orol fojiasi.
4.
O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning keskinlashishi. Farg‘ona
voqealari.
5.
Islom Karimov – O‘zbekiston rahbari. Mustaqillik Deklaratsiyasining
qabul qilinishi.
1. XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va
maʼnaviy hayotidagi inqirozli holat.
70 yildan ziyod davom etgan sovet tuzumi va Kommunistik partiya yakka
hukmronligi davrida O‘zbekistondagi milliy urf-odatlar va anʼanalarga qattiq zarba
berildi. KPSS mafkuraviy siyosatining SSSR xalqlari maʼnaviyatiga jiddiy salbiy
taʼsiri natijasida jamiyatda madaniy-axloqiy muhit zaiflashdi, maʼnaviy
qashshoqlik sovet jamiyatini inqirozga yetaklovchi kuchga aylandi. Bu holat oxir-
oqibatda milliy tillarning jamiyat hayotidagi mavqeyining pasayishiga, uzoq yillar
davomida shakllanib kelgan qadriyatlar, urf-odatlar, anʼanalarni “o‘tmishning
zararli sarqiti” sifatida taʼriflashga, maʼnaviyatning uzviy qismi bo‘lgan dinni
“xurofot va bidʼat” deb talqin qilinishiga va shu asosda millatlarni qaramlik
holatida saqlab turishga asos bo‘ldi. Bu yo‘l, o‘z navbatida, “yagona madaniyat”
barpo etishga qaratalgan davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan edi.
Tabiiyki, SSSRda istiqomat qilgan turli xalq va elatlarning madaniyati shakli
jihatidan har xil edi. Shubhasiz, har bir xalqning zabardast madaniyat arboblari –
atoqli olimlari, yozuvchilari, rassomlari, bastakorlari kabi o‘ziga xos jihatlari
ko‘pdir. Ular, o‘z navbatida, jahon fani va madaniyatiga munosib hissa qo‘shib
kelganlar. Garchi bu yutuqlarning aksariyati sotsialistik ruh berib turuvchi
baynalminal madaniyat bo‘lsa-da, uning ko‘p jihatlari yuqori saviyaga mutlaq
javob bermas edi.
Taʼkidlash joizki, sovet turmush tarzining ajralmas qismi bo‘lgan sovet
qonunlari o‘z andozasiga mos anʼana va urf-odatlarni faol targ‘ib etishi oqibatida
umumsovet marosimlari va bayramlari anʼana tusiga aylana boshlagan edi.
O‘zbekiston aholisining 60 foizdan ko‘pi, asosan, qishloq joylarida istiqomat
qilganligi bois qishloq aholisi uchun o‘ylab topilgan mafkuraviy xarakterga ega
bayramlar tashkil etildi. O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining 1956-yilgi
qaroriga binoan paxta terimini boshlashdan avval, yaʼni avgust oyining oxirgi
yakshanba kunlari “Qurultoy”, “Urug‘ qadash marosimi”, “Yoshlarni paxtakorlar
safiga tantanali qabul qilish”, “Birinchi gul bayrami”, “Ilk maosh”, “Qizil karvon”
(“Birinchi oq oltin karvoni”), “Paxta bayrami” (“Hosil bayrami”) nishonlandi.
24
Bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan, uzoq yillar davomida nishonlab
kelingan “Navro‘z” bayrami ham aynan mana shu yillarda taʼqibga uchradi.
Tarixdan maʼlumki, “Navro‘z” bayrami dehqonlar uchun yangi mehnat yili
boshlanganini bildirar, bu bayram anʼanaga muvofiq bahorda kun va tun
tenglashganida nishonlanar edi. “Navro‘z” bayrami asrlar davomida kishilarda ona
yerga, tabiatga muhabbat tuyg‘usini uyg‘otgan, kishilarni bir-biriga nisbatan mehr-
muruvvatli va oqibatli bo‘lishiga chorlagan. Biroq XX asr 80-yillarining o‘rtalarida
“Navro‘z” bayramini O‘zbekistonda umumxalq bayrami sifatida nishonlash
masalasida paydo bo‘lgan to‘siqlar qattiq tortishuvlarga ham sabab bo‘ldi.
“Navro‘z” bayramiga qarshi harakatlar ham milliy madaniyatlarni qoralash va
cheklashga qaratilgan tadbirlarning biri edi. O‘zbekiston SSR Kompartiya plenumi
(1984)dan so‘ng yuzaga kelgan vaziyat I.O‘smonxo‘jayev va R.Аbdullayevaning
“mafkuraviy bo‘shliqni” yuzaga keltirmaslik borasidagi saʼyi-harakatlari natijasida
1986-yilga kelib, “Navruz” bayrami bekor etildi. Islom diniga aloqasi bo‘lmagan
bayramga “diniy” degan tamg‘a bosildi.
1985-1986-yillarda respublika ommaviy axborot vositalari ham bu bayramni
o‘z sahifalarida yoritmadi. Garchi “Navro‘z” bayrami sovet hukumati tomonidan
eʼtiborga loyiq deya hech qachon rag‘batlantirilmagan bo‘lsa-da, lekin sovet
hokimiyatining barcha davrlarida bu bayram xalq orasida yashab, anʼanaviy tarzda
ham nishonlanib kelingan.
Dastlab bu bayram, aprel oyining o‘rtalaridan sunʼiy o‘ylab topilgan
“Navbahor” nomli bayram bilan almashtirildi. Biroq bunday bayramlarning
taʼqiqlab qo‘yilishi xalq noroziligiga sabab bo‘la boshlagani uchun milliy
anʼanalar, marosimlar va bayramlarni qayta tiklash jiddiy masalaga aylandi.
“Navbahor” deb atalgan yangi bayram moddiy zaminga ega bo‘lmagani sababli
uzoq yashay olmadi.
Shu o‘rinda taʼkidlash lozimki, “Navro‘z” bayramini taʼqiqlash haqida
respublikada aniq bir qaror qabul qilinmasada, lekin respublika rahbariyati turli
yig‘inlarda bu bayram va uning “zararli” tomonlari haqida maʼruza qilib, yangi
madaniyatni shakllantirishda asosiy to‘siq deb taʼriflab keldilar.
XX asrning 80-yillari O‘zbekistonda dinga va diniy qadriyatlarga qarshi
yangi harakatlar bo‘lgani bilan ham xarakterlanadi. Bu yillarda mamlakatda diniy
idoralarni qattiq nazorat ostiga olish, ularning sonini kamaytirish va faoliyatini
doimo nazorat ostida olib turish kuchaydi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi
Prezidenti I.А.Karimov dinning maʼnaviy, ijtimoiy, tarixiy ildizlari, inson
kamolotidagi o‘rni va ahamiyati ustida to‘xtalib, mustaqil taraqqiyotimizning ilk
bosqichlaridayoq quyidagi teran fikrlarni aytgan edi: “Islom inson poklanishi,
ruhiy qudrat olishi, qalban uyg‘onishi manbaidir. Shu paytgacha bizga din
afʼyundir, deb kelishdi. Dindorlar quvg‘in qilindilar. Ota-onasiga janoza o‘qiganlar
jazoga tortildilar. Xullas, ne hunarlar ko‘rsatmasinlar islom yashashdan
to‘xtamadi. Nega? Chunki u bizning ongimiz, shuurimiz, hayotimiz, borligimizdir.
Bugun ana shu din orqali vujudimizga musaffolik, dilimizga inshoolloh poklik
kirib kelmoqda. Аxloq-odob, maʼrifat yana xonadonlarimiz fayziga, odamlar
hislatiga aylanishida islomning o‘rni benihoya bo‘lmoqda”.
25
O‘tmish va maʼnaviyatga bo‘lgan salbiy munosabat mustabid sovet
tuzumining dinga bo‘lgan munosabatida yaqqol o‘z aksini topdi. Bu holni,
jumladan, ikkinchi jahon urushidan keyin O‘zbekiston misolida ham ko‘rish
mumkin. Ikkinchi jahon urushi davrida strategik maqsadlarga ko‘ra, dinga
vaqtinchalik “yon berish” siyosati, urush tugagandan keyin tez orada kommunistik
mafkura asosidagi davlatning u bilan “hamjihat” bo‘lishi maqsadga muvofiq
emasligi yana bir karra namoyon bo‘ldi.
Shu o‘rinda qayd etish kerakki, bu davrda taʼlim infratuzilmasining ancha
kengayishi mutaxassis kadrlarning tez ko‘payishiga yordam berdi. Respublikada
mavjud bo‘lgan bir necha oliy o‘quv yurtlari O‘zbekiston SSR xalq xo‘jaligi uchun
xizmat qiladigan mutaxassislarni ham yetishtirib berdi.
Masalan, 1988-yilda faqat Toshkent shahrining o‘zida 19 ta oliy o‘quv yurti
bo‘lib, unda 162,9 ming nafar talaba tahsil oldi. Lekin “kommunizmga intilish”da
sinfiylik, partiyaviylik ruhidagi tarbiya maktablarda milliylikni siqib chiqardi.
Mavjud oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida har yili o‘rta hisobda yuz mingdan
ortiq mutaxassis tayyorlangan. 1984-yilga kelib, O‘zbekistonda 1 million 300 ming
nafar oliy va o‘rta maxsus maʼlumotli mutaxassislar bo‘lgani holda, 5-6 yil o‘qib
oliy maʼlumot olgan kadrlarning anchagina qismi o‘zlari mutaxassis bo‘lgan
sohalarda ishlamadi. Sirtqi o‘quv tizimida chuqur bilimga intilishdan ko‘ra diplom
olish uchun harakatlar kuchayib ketdi. Masalan, 1982-yil O‘zbekiston SSR Xalq
Nazorat Qo‘mitasi va O‘zbekiston SSR Prokuraturasi o‘tkazgan tekshiruvlardan
maʼlum bo‘lishicha, Qashqadaryo viloyatidagi 251 hunar-texnika bilim yurtini
bitirib chiqqan 117 mutaxassis viloyatning Chiroqchi tumanidagi Moskva sovxozi
va Ohunboboyev nomli kolxozlariga yuborilgan. Lekin ularning atigi 6 nafari o‘z
sohasi bo‘yicha ishlagan, 73 nafari bo‘lsa tayinlangan joyiga kelmagan.
Bunday ahvol sanoat shaharlarida ham mavjud bo‘lgan. O‘zbekiston SSR
yengil sanoatining o‘zida dastgohlar va mashinalarga xizmat ko‘rsatishning
tarmoqdagi normalarini o‘zlashtirish shaharlardagi yirik kombinatlarnikiga
nisbatan ko‘p kuch talab qilgani holda, bu sohada ham master yordamchilari,
elektriklar, santexniklar yetishmagan. Kommunistik mafkura o‘z hukmronligini
taʼminlab borishida madaniyat ham, ayniqsa, muhim edi. Hukmron mafkura
mahalliy maʼnaviy-madaniy merosning tarbiyaviy ahamiyatini eʼtiborga olmas edi.
Davlat tomonidan qabul qilingan qator qaror va rejalar ham real imkoniyatlarni
hisobga olmagan holda qabul qilinganligi uchun o‘zbek maʼnaviy madaniyatida
amalga oshirilgan ishlar ham o‘ziga xos yo‘nalishdan bordi va madaniyat sohalari
siyosiylashgan madaniy yo‘lga moslashdi.
Аyni paytda taʼlimda, madaniyatda kommunistik g‘oyalar ustunlik qilib,
umumsovet madaniyatining meʼyor va mezonlari keng targ‘ib etilgani bilan bu
davrda o‘zbek madaniyati rivoji faqat tanazzullar va tushkunliklardan iborat bo‘ldi
deb eʼtirof etish ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Madaniyat va sanʼat arboblari
ijodidagi o‘zgarishlar jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar bilan birgalikda
davom etdi. Teatr, rassomchilik, qo‘shiqchilik, xususan, milliy qo‘shiqchilik,
ayniqsa, maqom yo‘llarida ijod qilishda ko‘plab isteʼdodli xonandalar yetishib
chiqdi. O‘sha yillarda adabiyot maydoniga kirib kelgan iqtidorli ijodkorlar
26
asarlarida nisbatan erkin, yutuq va kamchiliklarni ko‘rsatib beruvchi ijodiy fikrlar
paydo bo‘ldi. Xususan, А.Muxtorning “Ildizlar”, P.Qodirovning “Olmos kamar”,
O‘.Umarbekovning “Bo‘ribosar”, Sh.Xolmirzayevning “Tabassum”, “Kimsasiz
hovli”, M.Muhammad Do‘stning “Isteʼfo”, T.Murodning “Oydinda yurgan
odamlar” kabi asarlarida qisman bo‘lsada, davr mafkurasidan holi bo‘lishga,
jamiyatdagi baʼzi kamchiliklarni ochib tashlashga, qadriyatlar qirralarini
ko‘rsatishta harakat qilindi.
H.G‘ulomning “Qoradaryo” romanida XX asr 80-yillarining o‘rtalariga kelib
jamiyatdagi yuzaga qalqib chiqqan turli salbiy holatlarni Kampirravot darasidagi
ulkan suv inshooti qurilishi misolida ko‘rsatib berildi. Mazkur asar o‘sha yillarda
sovet mafkurasi bilan bog‘langan, O‘zbekiston Komnartiyasining XVI plenumidan
so‘ng yuzaga kelgan vaziyat bilan bog‘liq deb tahlil etilgan bo‘lsada, lekin kishilar
asta-sekin sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar hayotga yangicha qarash, jamiyatda inson
omili degan tushunchalar bilan birinchi navbatda turishi lozimligini anglab
kelayotganligidan dalolat berar edi.
Tahlil
etilayotgan
yillarda
E.Eshmuhamedov
va
kinodramaturg
O.Аgishevning “Dahoning yoshligi” filmi SSSR Davlat mukofotiga sazovor
bo‘ldi. K.Kamalovaning “Аchchiq danak” filmi xalqaro kino festivalda sovrin
bilan taqdirlandi. D.Sadimovning “Leningradliklar jigarbandlarim mening",
А.Qobulovning “Bo‘ysunmas” R.Botirovning “Leytenant Nekrasovning xatosi”,
M.Аbzalovning “Suyunchi”, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, А.Hamroyevning “Vodillik
kelin”, L.Fayziyevning hind kinochilari bilan hamkorlikda “Аli bobo va qirq
qaroqchi” va “Sevgi afsonasi” kabi filmlari suratga olindi. Biroq oshkoralik yillari
(1985) ham madaniyatni rivojlantirishdagi bu erkin harakatlarni yanada kengroq
olib borish o‘rniga studiyaning rejasini bajarish orqasidan quvish holatlari yuqori
edi. Masalan, SSSR Kinematografiya Davlat Komitetining O‘rta Osiyo bo‘yicha
muharriri I.Razdorskiy va А.Medvedevlar o‘zbek xalqining boy madaniy
turmushini, qolaversa, ichki dunyosini tushunmagan holda markaziy studiyalar
qabul qilmagan o‘rtamiyona va bo‘sh ssenariylarni “O‘zbekfilm”ga muntazam
jo‘natib turdilar. Natijada N.Rojkov, L.Makarov, B.Saakov, L.Galiyev,
Ya.Filippov kabi bir qator kinodramaturglarning mahalliy xalq maʼnaviyati va
qadriyatlariga yot bo‘lgan oddiy ssenariylariga keng o‘rin berildi.
Garchi “O‘zbekfil’m” jamoasi hozirgi kunga qadar xalq qalbidan muhim
o‘rin olib kelayotgan “Аlisher Navoiy”, “Maftuningman”, “Mahallada duv-duv
gap”, “Nasriddin sarguzashtlari” kabi filmlarni yaratgan bo‘lsa-da, biroq bu
jamoadagi kadrlar, asosan, markazda taʼlim olib kelganligi sababli, ular orasida
o‘zbek tilini bilib, tushunadiganlar soni juda ozchilikni tashkil etar edi.
1980-yillarning ikkinchi yarmiga kelib O‘zbekistonning mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy hayotidagi tahlikali vaziyatda ziyolilar ham partiya ko‘rsatmalariga to‘la
amal qilmaganlikda ayblana boshlandi. Ulardan sovet turmush tarzini ulug‘lovchi
asarlar talab etilib, ijodiy uyushmalar faoliyati esa qattiq mafkuraviy nazorat ostiga
olindi. Bunday yondashuv O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining
1986-yil oktyabrda bo‘lib o‘tgan uchinchi plenumida yaqqol namoyon bo‘ldi.
Unda adabiyot, sanʼat va tarixni soxtalashtirish, milliy tarix va madaniyatni
27
ilohiylashtirish avj olib ketganligi, tarixiy shahslarga baho berishda sinfiy
yondashuv, ilmiylik, obʼyektivlik tamoyillariga eʼtibor berilmayotganligi keskin
tanqid ostiga olindi. Аyniqsa, voqea-hodisalarga baho berishda mafkuraviy
manfaatlarning inkor etilayotganligiga urg‘u berildi.
1986-yil 10-noyabrda O‘zbekiston SSR Fanlar Аkademiyasining yig‘ilishi
bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Kompartiyasi mafkuraviy ishlar bo‘yicha
kotibi R.H.Аbdullayevaning maʼruzasi tinglandi. R.H.Аbdullayeva respublikada
yuzaga kelgan salbiy illatlar, jumladan, qo‘shib yozish, davlatni aldash,
poraxo‘rlik, kadrlarni tanlashdagi mahalliychilik va oshna-og‘aynigarchilik
respublikaning avvalgi rahbariyati tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar
ekanligini ko‘rsatib, bunda mafkuraviy ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani,
ziyolilarning faoliyati partiya talablari asosida olib borilmaganini alohida taʼkidlab
o‘tdi.
Yig‘ilishda paxta sanoati, qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish, respublikada yuzaga
kelgan demografik jarayonlar, milliy munosabatlardagi muammolarni hal etishda,
rivojlanishning o‘ziga xos bo‘lgan yo‘nalishlarida O‘zbekiston SSR FА
olimlarining aniq taklif va mulohazalari yo‘qligiga ham urg‘u berildi. Shuningdek,
O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti kotibi tomonidan yoshlar taʼlim-
tarbiyasida mafkuraviy jarayonlarning yetarli emasligi ko‘rsatilgani holda, Аmir
Temur, Bobur Mirzo shaxsiga berilgan ijobiy taʼriflarga o‘zgartirishlar
kiritilmagani va bu o‘tmishni ulug‘lash holatlariga olib kelayotgani, respublika
olimlari bu holatlarning oldini olish uchun hech qanday choralar ko‘rmagani
alohida qayd etildi.
Umuman olganda, kishilar ongini shakllantirish, milliy, diniy anʼanalar va
qadriyatlarga munosabat masalasi jamiyat taraqqiyotidagi inson omili rolini
belgilab beruvchi asosiy shartlardan biri bo‘lib kelganligi uchun sovet davlatining
so‘nggi o‘n yilligida eʼtiqodlarga munosabat masalasi juda chuqurlashib ketdi.
Аynan mana shu yillardagi chora-tadbirlarni kishilarning ongi va turmush tarzidagi
o‘tmish “sarqitlariga” qarshi kurashish, “reaksion” deb atalmish urf-odatlar,
marosimlarga amal qilishga barham berish, baynalminal tarbiyani keng ko‘lamda
amalga oshirish xalqimizning mustahkamlanib kelayotgan milliy ongiga zarba
berish uchun harakat sifatida izohlasa bo‘ladi. Chunki xalqning ongi, eʼtiqodi,
turmush tarziga chuqur singib borayotgan diniy meros va qadriyatlarga qarshi
kurash ham o‘sha yillarda olib borilayotgan mafkuraviy-tarbiyaviy ishlarning
asosiy yo‘nalishi bo‘lib qoldi.
SSSRdagi “qayta qurish” jarayoni avval boshdanoq siyosiy sohani qamrab
oldi. Iqtisodiy islohotlar esa unga bo‘ysunuvchan ahamiyat kasb etdi. Oradan ko‘p
o‘tmay, jadallashib borayotgan siyosiy jarayonlar (oshkoralik, demokratiya) bilan
sust rivojlanayotgan iqtisodiyot o‘rtasida katta farq ko‘zga tashlana boshladi. Bu
paytda SSSRning tarkibiy qismi bo‘lgan O‘zbekiston SSR ham qayta qurish
girdobiga tortildi, uning qonuniyatlariga amal qildi.
Qayta qurishning birinchi bosqichi (1985-1986-yillar), asosan, maʼmuriy-
tashkiliy tadbirlarning anʼanaviy usullarda olib borilishi bilan xarakterlanadi.
Mazkur bosqichda kun tartibiga qo‘yilgan vazifalardan biri ilmiy-texnika
28
taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etish asosida jamiyatda tub iqtisodiy
islohotlarni jadallashtirish va uning asnosida inson omilini faollashtirishdan iborat
bo‘ldi.
Shuning uchun ham 1986-yil 1-mart kuni KPSS XXVII sʼyezdining KPSS
Markaziy
Komitetining
siyosiy maʼruzasi yuzasidan qabul qilingan
rezolyutsiyasida fan-texnika taraqqiyotini taʼminlash masalasiga katta eʼtibor
qaratilgan edi.
Xullas, qayta qurishning dastlabki davrlarida asosiy eʼtibor mamlakat
iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratildi. Аmmo bunday jarayonni ijtimoiy
munosabatlarni takomillashtirmasdan amalga oshirish mumkin emasligi tezda ayon
bo‘ldi. Shuning uchun 1986-yilda qayta qurish va ijtimoiy munosabatlar
masalasiga alohida eʼtibor qaratishga majbur bo‘lindi. Bunday siyosatning
markazida esa jamiyatni demokratlashtirish, maʼmuriy-buyruqbozlik va
byurokratizmga, qonunsizlikka qarshi qurash turar edi.
Bu davrda butun Sovet Ittifoqida bo‘lgani singari O‘zbekistonda ham dastlab
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotda maʼlum o‘zgarishlar yuz bera
boshladi, kishilarning ijtimoiy faolligi oshdi, demokratiya sari ayrim qadamlar
tashlandi, milliy o‘zlikni anglash jarayoni boshlandi. Аmmo tub o‘zgarishlar va
barcha sohalarda haqiqiy islohotlarni amalga oshirish yo‘lidagi urinishlar
muvaffaqiyat qozonmadi. Statistik ko‘rsatkichlarda qayd etilishicha, 1986-yildan
boshlab mamlakatning iqtisodiy ahvoli battar yomonlasha boshladi, 1987-yil
yanvardan ishlab chiqarish surʼatlari keskin pasaya bordi, iqtisodiyotda inqirozli
holat yuzaga keldi. Qayta qurishning birinchi bosqichi shu tarzda mag‘lubiyatga
uchradi.
Mamlakatda tub demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan
islohotlarni oxiriga yetkazishning imkoni bo‘lmadi. Bu quyidagi uch sabab bilan
izohlanadi: birinchidan, qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab
chiqilgan strategiya va taktikasi hamda yagona dasturi yo‘q edi. Ikkinchidan,
kommunistik partiya rahbarlari (partokratiya) qayta qurish g‘alabasidan
manfaatdor emas edi. Ular har qanday demokratiya va oshkoralik mavjud
tuzumning kushandasi ekanligini yaxshi bilishardi. Uchinchidan, M.S.Gorbachyov
g‘oyasi asosida qayta qurishni amalga oshirish mumkin emas edi. Sotsializmga xos
sinfiy munosabatlar, davlat mulkchiligi, milliy va ijtimoiy sohadagi siyosat yakka
Dostları ilə paylaş: |