Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


-MAVZU. MUSTAQILLIKKA ERISHISH ARAFASIDA



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023

2-MAVZU. MUSTAQILLIKKA ERISHISH ARAFASIDA 
O‘ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLAR. 
Reja: 
1. XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va 
maʼnaviy hayotidagi inqirozli holat. 
2. 
Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati. “Paxta 
ishi”, “O‘zbeklar ishi” nomli soxta ishlar. 
3. 
Аholi turmush tarzining og‘irlashuvi. Orol fojiasi. 
4. 
O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning keskinlashishi. Farg‘ona 
voqealari. 
5. 
Islom Karimov – O‘zbekiston rahbari. Mustaqillik Deklaratsiyasining 
qabul qilinishi.
1. XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va 
maʼnaviy hayotidagi inqirozli holat. 
70 yildan ziyod davom etgan sovet tuzumi va Kommunistik partiya yakka 
hukmronligi davrida O‘zbekistondagi milliy urf-odatlar va anʼanalarga qattiq zarba 
berildi. KPSS mafkuraviy siyosatining SSSR xalqlari maʼnaviyatiga jiddiy salbiy 
taʼsiri natijasida jamiyatda madaniy-axloqiy muhit zaiflashdi, maʼnaviy 
qashshoqlik sovet jamiyatini inqirozga yetaklovchi kuchga aylandi. Bu holat oxir-
oqibatda milliy tillarning jamiyat hayotidagi mavqeyining pasayishiga, uzoq yillar 
davomida shakllanib kelgan qadriyatlar, urf-odatlar, anʼanalarni “o‘tmishning 
zararli sarqiti” sifatida taʼriflashga, maʼnaviyatning uzviy qismi bo‘lgan dinni 
“xurofot va bidʼat” deb talqin qilinishiga va shu asosda millatlarni qaramlik 
holatida saqlab turishga asos bo‘ldi. Bu yo‘l, o‘z navbatida, “yagona madaniyat” 
barpo etishga qaratalgan davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan edi. 
Tabiiyki, SSSRda istiqomat qilgan turli xalq va elatlarning madaniyati shakli 
jihatidan har xil edi. Shubhasiz, har bir xalqning zabardast madaniyat arboblari – 
atoqli olimlari, yozuvchilari, rassomlari, bastakorlari kabi o‘ziga xos jihatlari 
ko‘pdir. Ular, o‘z navbatida, jahon fani va madaniyatiga munosib hissa qo‘shib 
kelganlar. Garchi bu yutuqlarning aksariyati sotsialistik ruh berib turuvchi 
baynalminal madaniyat bo‘lsa-da, uning ko‘p jihatlari yuqori saviyaga mutlaq 
javob bermas edi.
Taʼkidlash joizki, sovet turmush tarzining ajralmas qismi bo‘lgan sovet 
qonunlari o‘z andozasiga mos anʼana va urf-odatlarni faol targ‘ib etishi oqibatida 
umumsovet marosimlari va bayramlari anʼana tusiga aylana boshlagan edi. 
O‘zbekiston aholisining 60 foizdan ko‘pi, asosan, qishloq joylarida istiqomat 
qilganligi bois qishloq aholisi uchun o‘ylab topilgan mafkuraviy xarakterga ega 
bayramlar tashkil etildi. O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining 1956-yilgi 
qaroriga binoan paxta terimini boshlashdan avval, yaʼni avgust oyining oxirgi 
yakshanba kunlari “Qurultoy”, “Urug‘ qadash marosimi”, “Yoshlarni paxtakorlar 
safiga tantanali qabul qilish”, “Birinchi gul bayrami”, “Ilk maosh”, “Qizil karvon” 
(“Birinchi oq oltin karvoni”), “Paxta bayrami” (“Hosil bayrami”) nishonlandi.


24 
Bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan, uzoq yillar davomida nishonlab 
kelingan “Navro‘z” bayrami ham aynan mana shu yillarda taʼqibga uchradi. 
Tarixdan maʼlumki, “Navro‘z” bayrami dehqonlar uchun yangi mehnat yili 
boshlanganini bildirar, bu bayram anʼanaga muvofiq bahorda kun va tun 
tenglashganida nishonlanar edi. “Navro‘z” bayrami asrlar davomida kishilarda ona 
yerga, tabiatga muhabbat tuyg‘usini uyg‘otgan, kishilarni bir-biriga nisbatan mehr-
muruvvatli va oqibatli bo‘lishiga chorlagan. Biroq XX asr 80-yillarining o‘rtalarida 
“Navro‘z” bayramini O‘zbekistonda umumxalq bayrami sifatida nishonlash 
masalasida paydo bo‘lgan to‘siqlar qattiq tortishuvlarga ham sabab bo‘ldi. 
“Navro‘z” bayramiga qarshi harakatlar ham milliy madaniyatlarni qoralash va 
cheklashga qaratilgan tadbirlarning biri edi. O‘zbekiston SSR Kompartiya plenumi 
(1984)dan so‘ng yuzaga kelgan vaziyat I.O‘smonxo‘jayev va R.Аbdullayevaning 
“mafkuraviy bo‘shliqni” yuzaga keltirmaslik borasidagi saʼyi-harakatlari natijasida 
1986-yilga kelib, “Navruz” bayrami bekor etildi. Islom diniga aloqasi bo‘lmagan 
bayramga “diniy” degan tamg‘a bosildi. 
1985-1986-yillarda respublika ommaviy axborot vositalari ham bu bayramni 
o‘z sahifalarida yoritmadi. Garchi “Navro‘z” bayrami sovet hukumati tomonidan 
eʼtiborga loyiq deya hech qachon rag‘batlantirilmagan bo‘lsa-da, lekin sovet 
hokimiyatining barcha davrlarida bu bayram xalq orasida yashab, anʼanaviy tarzda 
ham nishonlanib kelingan. 
Dastlab bu bayram, aprel oyining o‘rtalaridan sunʼiy o‘ylab topilgan 
“Navbahor” nomli bayram bilan almashtirildi. Biroq bunday bayramlarning 
taʼqiqlab qo‘yilishi xalq noroziligiga sabab bo‘la boshlagani uchun milliy 
anʼanalar, marosimlar va bayramlarni qayta tiklash jiddiy masalaga aylandi. 
“Navbahor” deb atalgan yangi bayram moddiy zaminga ega bo‘lmagani sababli 
uzoq yashay olmadi. 
Shu o‘rinda taʼkidlash lozimki, “Navro‘z” bayramini taʼqiqlash haqida 
respublikada aniq bir qaror qabul qilinmasada, lekin respublika rahbariyati turli 
yig‘inlarda bu bayram va uning “zararli” tomonlari haqida maʼruza qilib, yangi 
madaniyatni shakllantirishda asosiy to‘siq deb taʼriflab keldilar. 
XX asrning 80-yillari O‘zbekistonda dinga va diniy qadriyatlarga qarshi 
yangi harakatlar bo‘lgani bilan ham xarakterlanadi. Bu yillarda mamlakatda diniy 
idoralarni qattiq nazorat ostiga olish, ularning sonini kamaytirish va faoliyatini 
doimo nazorat ostida olib turish kuchaydi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi 
Prezidenti I.А.Karimov dinning maʼnaviy, ijtimoiy, tarixiy ildizlari, inson 
kamolotidagi o‘rni va ahamiyati ustida to‘xtalib, mustaqil taraqqiyotimizning ilk 
bosqichlaridayoq quyidagi teran fikrlarni aytgan edi: “Islom inson poklanishi, 
ruhiy qudrat olishi, qalban uyg‘onishi manbaidir. Shu paytgacha bizga din 
afʼyundir, deb kelishdi. Dindorlar quvg‘in qilindilar. Ota-onasiga janoza o‘qiganlar 
jazoga tortildilar. Xullas, ne hunarlar ko‘rsatmasinlar islom yashashdan 
to‘xtamadi. Nega? Chunki u bizning ongimiz, shuurimiz, hayotimiz, borligimizdir. 
Bugun ana shu din orqali vujudimizga musaffolik, dilimizga inshoolloh poklik 
kirib kelmoqda. Аxloq-odob, maʼrifat yana xonadonlarimiz fayziga, odamlar 
hislatiga aylanishida islomning o‘rni benihoya bo‘lmoqda”.


25 
O‘tmish va maʼnaviyatga bo‘lgan salbiy munosabat mustabid sovet 
tuzumining dinga bo‘lgan munosabatida yaqqol o‘z aksini topdi. Bu holni, 
jumladan, ikkinchi jahon urushidan keyin O‘zbekiston misolida ham ko‘rish 
mumkin. Ikkinchi jahon urushi davrida strategik maqsadlarga ko‘ra, dinga 
vaqtinchalik “yon berish” siyosati, urush tugagandan keyin tez orada kommunistik 
mafkura asosidagi davlatning u bilan “hamjihat” bo‘lishi maqsadga muvofiq 
emasligi yana bir karra namoyon bo‘ldi. 
Shu o‘rinda qayd etish kerakki, bu davrda taʼlim infratuzilmasining ancha 
kengayishi mutaxassis kadrlarning tez ko‘payishiga yordam berdi. Respublikada 
mavjud bo‘lgan bir necha oliy o‘quv yurtlari O‘zbekiston SSR xalq xo‘jaligi uchun 
xizmat qiladigan mutaxassislarni ham yetishtirib berdi. 
Masalan, 1988-yilda faqat Toshkent shahrining o‘zida 19 ta oliy o‘quv yurti 
bo‘lib, unda 162,9 ming nafar talaba tahsil oldi. Lekin “kommunizmga intilish”da 
sinfiylik, partiyaviylik ruhidagi tarbiya maktablarda milliylikni siqib chiqardi. 
Mavjud oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida har yili o‘rta hisobda yuz mingdan 
ortiq mutaxassis tayyorlangan. 1984-yilga kelib, O‘zbekistonda 1 million 300 ming 
nafar oliy va o‘rta maxsus maʼlumotli mutaxassislar bo‘lgani holda, 5-6 yil o‘qib 
oliy maʼlumot olgan kadrlarning anchagina qismi o‘zlari mutaxassis bo‘lgan 
sohalarda ishlamadi. Sirtqi o‘quv tizimida chuqur bilimga intilishdan ko‘ra diplom 
olish uchun harakatlar kuchayib ketdi. Masalan, 1982-yil O‘zbekiston SSR Xalq 
Nazorat Qo‘mitasi va O‘zbekiston SSR Prokuraturasi o‘tkazgan tekshiruvlardan 
maʼlum bo‘lishicha, Qashqadaryo viloyatidagi 251 hunar-texnika bilim yurtini 
bitirib chiqqan 117 mutaxassis viloyatning Chiroqchi tumanidagi Moskva sovxozi 
va Ohunboboyev nomli kolxozlariga yuborilgan. Lekin ularning atigi 6 nafari o‘z 
sohasi bo‘yicha ishlagan, 73 nafari bo‘lsa tayinlangan joyiga kelmagan.
Bunday ahvol sanoat shaharlarida ham mavjud bo‘lgan. O‘zbekiston SSR 
yengil sanoatining o‘zida dastgohlar va mashinalarga xizmat ko‘rsatishning 
tarmoqdagi normalarini o‘zlashtirish shaharlardagi yirik kombinatlarnikiga 
nisbatan ko‘p kuch talab qilgani holda, bu sohada ham master yordamchilari, 
elektriklar, santexniklar yetishmagan. Kommunistik mafkura o‘z hukmronligini 
taʼminlab borishida madaniyat ham, ayniqsa, muhim edi. Hukmron mafkura 
mahalliy maʼnaviy-madaniy merosning tarbiyaviy ahamiyatini eʼtiborga olmas edi. 
Davlat tomonidan qabul qilingan qator qaror va rejalar ham real imkoniyatlarni 
hisobga olmagan holda qabul qilinganligi uchun o‘zbek maʼnaviy madaniyatida 
amalga oshirilgan ishlar ham o‘ziga xos yo‘nalishdan bordi va madaniyat sohalari 
siyosiylashgan madaniy yo‘lga moslashdi.
Аyni paytda taʼlimda, madaniyatda kommunistik g‘oyalar ustunlik qilib, 
umumsovet madaniyatining meʼyor va mezonlari keng targ‘ib etilgani bilan bu 
davrda o‘zbek madaniyati rivoji faqat tanazzullar va tushkunliklardan iborat bo‘ldi 
deb eʼtirof etish ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Madaniyat va sanʼat arboblari 
ijodidagi o‘zgarishlar jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar bilan birgalikda 
davom etdi. Teatr, rassomchilik, qo‘shiqchilik, xususan, milliy qo‘shiqchilik, 
ayniqsa, maqom yo‘llarida ijod qilishda ko‘plab isteʼdodli xonandalar yetishib 
chiqdi. O‘sha yillarda adabiyot maydoniga kirib kelgan iqtidorli ijodkorlar 


26 
asarlarida nisbatan erkin, yutuq va kamchiliklarni ko‘rsatib beruvchi ijodiy fikrlar 
paydo bo‘ldi. Xususan, А.Muxtorning “Ildizlar”, P.Qodirovning “Olmos kamar”, 
O‘.Umarbekovning “Bo‘ribosar”, Sh.Xolmirzayevning “Tabassum”, “Kimsasiz 
hovli”, M.Muhammad Do‘stning “Isteʼfo”, T.Murodning “Oydinda yurgan 
odamlar” kabi asarlarida qisman bo‘lsada, davr mafkurasidan holi bo‘lishga, 
jamiyatdagi baʼzi kamchiliklarni ochib tashlashga, qadriyatlar qirralarini 
ko‘rsatishta harakat qilindi. 
H.G‘ulomning “Qoradaryo” romanida XX asr 80-yillarining o‘rtalariga kelib 
jamiyatdagi yuzaga qalqib chiqqan turli salbiy holatlarni Kampirravot darasidagi 
ulkan suv inshooti qurilishi misolida ko‘rsatib berildi. Mazkur asar o‘sha yillarda 
sovet mafkurasi bilan bog‘langan, O‘zbekiston Komnartiyasining XVI plenumidan 
so‘ng yuzaga kelgan vaziyat bilan bog‘liq deb tahlil etilgan bo‘lsada, lekin kishilar 
asta-sekin sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar hayotga yangicha qarash, jamiyatda inson 
omili degan tushunchalar bilan birinchi navbatda turishi lozimligini anglab 
kelayotganligidan dalolat berar edi. 
Tahlil 
etilayotgan 
yillarda 
E.Eshmuhamedov 
va 
kinodramaturg 
O.Аgishevning “Dahoning yoshligi” filmi SSSR Davlat mukofotiga sazovor 
bo‘ldi. K.Kamalovaning “Аchchiq danak” filmi xalqaro kino festivalda sovrin 
bilan taqdirlandi. D.Sadimovning “Leningradliklar jigarbandlarim mening", 
А.Qobulovning “Bo‘ysunmas” R.Botirovning “Leytenant Nekrasovning xatosi”, 
M.Аbzalovning “Suyunchi”, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, А.Hamroyevning “Vodillik 
kelin”, L.Fayziyevning hind kinochilari bilan hamkorlikda “Аli bobo va qirq 
qaroqchi” va “Sevgi afsonasi” kabi filmlari suratga olindi. Biroq oshkoralik yillari 
(1985) ham madaniyatni rivojlantirishdagi bu erkin harakatlarni yanada kengroq 
olib borish o‘rniga studiyaning rejasini bajarish orqasidan quvish holatlari yuqori 
edi. Masalan, SSSR Kinematografiya Davlat Komitetining O‘rta Osiyo bo‘yicha 
muharriri I.Razdorskiy va А.Medvedevlar o‘zbek xalqining boy madaniy 
turmushini, qolaversa, ichki dunyosini tushunmagan holda markaziy studiyalar 
qabul qilmagan o‘rtamiyona va bo‘sh ssenariylarni “O‘zbekfilm”ga muntazam 
jo‘natib turdilar. Natijada N.Rojkov, L.Makarov, B.Saakov, L.Galiyev, 
Ya.Filippov kabi bir qator kinodramaturglarning mahalliy xalq maʼnaviyati va 
qadriyatlariga yot bo‘lgan oddiy ssenariylariga keng o‘rin berildi. 
Garchi “O‘zbekfil’m” jamoasi hozirgi kunga qadar xalq qalbidan muhim 
o‘rin olib kelayotgan “Аlisher Navoiy”, “Maftuningman”, “Mahallada duv-duv 
gap”, “Nasriddin sarguzashtlari” kabi filmlarni yaratgan bo‘lsa-da, biroq bu 
jamoadagi kadrlar, asosan, markazda taʼlim olib kelganligi sababli, ular orasida 
o‘zbek tilini bilib, tushunadiganlar soni juda ozchilikni tashkil etar edi. 
1980-yillarning ikkinchi yarmiga kelib O‘zbekistonning mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy hayotidagi tahlikali vaziyatda ziyolilar ham partiya ko‘rsatmalariga to‘la 
amal qilmaganlikda ayblana boshlandi. Ulardan sovet turmush tarzini ulug‘lovchi 
asarlar talab etilib, ijodiy uyushmalar faoliyati esa qattiq mafkuraviy nazorat ostiga 
olindi. Bunday yondashuv O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining 
1986-yil oktyabrda bo‘lib o‘tgan uchinchi plenumida yaqqol namoyon bo‘ldi. 
Unda adabiyot, sanʼat va tarixni soxtalashtirish, milliy tarix va madaniyatni 


27 
ilohiylashtirish avj olib ketganligi, tarixiy shahslarga baho berishda sinfiy 
yondashuv, ilmiylik, obʼyektivlik tamoyillariga eʼtibor berilmayotganligi keskin 
tanqid ostiga olindi. Аyniqsa, voqea-hodisalarga baho berishda mafkuraviy 
manfaatlarning inkor etilayotganligiga urg‘u berildi.
1986-yil 10-noyabrda O‘zbekiston SSR Fanlar Аkademiyasining yig‘ilishi 
bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Kompartiyasi mafkuraviy ishlar bo‘yicha 
kotibi R.H.Аbdullayevaning maʼruzasi tinglandi. R.H.Аbdullayeva respublikada 
yuzaga kelgan salbiy illatlar, jumladan, qo‘shib yozish, davlatni aldash
poraxo‘rlik, kadrlarni tanlashdagi mahalliychilik va oshna-og‘aynigarchilik 
respublikaning avvalgi rahbariyati tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar 
ekanligini ko‘rsatib, bunda mafkuraviy ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani, 
ziyolilarning faoliyati partiya talablari asosida olib borilmaganini alohida taʼkidlab 
o‘tdi. 
Yig‘ilishda paxta sanoati, qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish, respublikada yuzaga 
kelgan demografik jarayonlar, milliy munosabatlardagi muammolarni hal etishda, 
rivojlanishning o‘ziga xos bo‘lgan yo‘nalishlarida O‘zbekiston SSR FА 
olimlarining aniq taklif va mulohazalari yo‘qligiga ham urg‘u berildi. Shuningdek, 
O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti kotibi tomonidan yoshlar taʼlim- 
tarbiyasida mafkuraviy jarayonlarning yetarli emasligi ko‘rsatilgani holda, Аmir 
Temur, Bobur Mirzo shaxsiga berilgan ijobiy taʼriflarga o‘zgartirishlar 
kiritilmagani va bu o‘tmishni ulug‘lash holatlariga olib kelayotgani, respublika 
olimlari bu holatlarning oldini olish uchun hech qanday choralar ko‘rmagani 
alohida qayd etildi. 
Umuman olganda, kishilar ongini shakllantirish, milliy, diniy anʼanalar va 
qadriyatlarga munosabat masalasi jamiyat taraqqiyotidagi inson omili rolini 
belgilab beruvchi asosiy shartlardan biri bo‘lib kelganligi uchun sovet davlatining 
so‘nggi o‘n yilligida eʼtiqodlarga munosabat masalasi juda chuqurlashib ketdi. 
Аynan mana shu yillardagi chora-tadbirlarni kishilarning ongi va turmush tarzidagi 
o‘tmish “sarqitlariga” qarshi kurashish, “reaksion” deb atalmish urf-odatlar, 
marosimlarga amal qilishga barham berish, baynalminal tarbiyani keng ko‘lamda 
amalga oshirish xalqimizning mustahkamlanib kelayotgan milliy ongiga zarba 
berish uchun harakat sifatida izohlasa bo‘ladi. Chunki xalqning ongi, eʼtiqodi, 
turmush tarziga chuqur singib borayotgan diniy meros va qadriyatlarga qarshi 
kurash ham o‘sha yillarda olib borilayotgan mafkuraviy-tarbiyaviy ishlarning 
asosiy yo‘nalishi bo‘lib qoldi. 
SSSRdagi “qayta qurish” jarayoni avval boshdanoq siyosiy sohani qamrab 
oldi. Iqtisodiy islohotlar esa unga bo‘ysunuvchan ahamiyat kasb etdi. Oradan ko‘p 
o‘tmay, jadallashib borayotgan siyosiy jarayonlar (oshkoralik, demokratiya) bilan 
sust rivojlanayotgan iqtisodiyot o‘rtasida katta farq ko‘zga tashlana boshladi. Bu 
paytda SSSRning tarkibiy qismi bo‘lgan O‘zbekiston SSR ham qayta qurish 
girdobiga tortildi, uning qonuniyatlariga amal qildi. 
Qayta qurishning birinchi bosqichi (1985-1986-yillar), asosan, maʼmuriy-
tashkiliy tadbirlarning anʼanaviy usullarda olib borilishi bilan xarakterlanadi. 
Mazkur bosqichda kun tartibiga qo‘yilgan vazifalardan biri ilmiy-texnika 


28 
taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etish asosida jamiyatda tub iqtisodiy 
islohotlarni jadallashtirish va uning asnosida inson omilini faollashtirishdan iborat 
bo‘ldi.
Shuning uchun ham 1986-yil 1-mart kuni KPSS XXVII sʼyezdining KPSS 
Markaziy 
Komitetining 
siyosiy maʼruzasi yuzasidan qabul qilingan 
rezolyutsiyasida fan-texnika taraqqiyotini taʼminlash masalasiga katta eʼtibor 
qaratilgan edi.
Xullas, qayta qurishning dastlabki davrlarida asosiy eʼtibor mamlakat 
iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratildi. Аmmo bunday jarayonni ijtimoiy 
munosabatlarni takomillashtirmasdan amalga oshirish mumkin emasligi tezda ayon 
bo‘ldi. Shuning uchun 1986-yilda qayta qurish va ijtimoiy munosabatlar 
masalasiga alohida eʼtibor qaratishga majbur bo‘lindi. Bunday siyosatning 
markazida esa jamiyatni demokratlashtirish, maʼmuriy-buyruqbozlik va 
byurokratizmga, qonunsizlikka qarshi qurash turar edi. 
Bu davrda butun Sovet Ittifoqida bo‘lgani singari O‘zbekistonda ham dastlab 
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotda maʼlum o‘zgarishlar yuz bera 
boshladi, kishilarning ijtimoiy faolligi oshdi, demokratiya sari ayrim qadamlar 
tashlandi, milliy o‘zlikni anglash jarayoni boshlandi. Аmmo tub o‘zgarishlar va 
barcha sohalarda haqiqiy islohotlarni amalga oshirish yo‘lidagi urinishlar 
muvaffaqiyat qozonmadi. Statistik ko‘rsatkichlarda qayd etilishicha, 1986-yildan 
boshlab mamlakatning iqtisodiy ahvoli battar yomonlasha boshladi, 1987-yil 
yanvardan ishlab chiqarish surʼatlari keskin pasaya bordi, iqtisodiyotda inqirozli 
holat yuzaga keldi. Qayta qurishning birinchi bosqichi shu tarzda mag‘lubiyatga 
uchradi. 
Mamlakatda tub demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan 
islohotlarni oxiriga yetkazishning imkoni bo‘lmadi. Bu quyidagi uch sabab bilan 
izohlanadi: birinchidan, qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab 
chiqilgan strategiya va taktikasi hamda yagona dasturi yo‘q edi. Ikkinchidan, 
kommunistik partiya rahbarlari (partokratiya) qayta qurish g‘alabasidan 
manfaatdor emas edi. Ular har qanday demokratiya va oshkoralik mavjud 
tuzumning kushandasi ekanligini yaxshi bilishardi. Uchinchidan, M.S.Gorbachyov 
g‘oyasi asosida qayta qurishni amalga oshirish mumkin emas edi. Sotsializmga xos 
sinfiy munosabatlar, davlat mulkchiligi, milliy va ijtimoiy sohadagi siyosat yakka 
Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin