29
barchasi jamiyat aʼzolarida qayta qurishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirdi. Qayta
qurishning uchinchi yilida uning to‘liq mag‘lub bo‘lishi aniq ko‘zga
tashlanib
qoldi. Аmaliy ishlar, foydali tadbirlar o‘rniga siyosiy jabhadagi turli tadbirlar:
siyosiy safsatabozlik, quruq vaʼdalar, so‘z bilan ish birligining yo‘qligi jamiyatdagi
loqaydlik holatini yanada kuchaytirdi. Ijtimoiy faollik o‘rnini sustkashlik, davlat va
firqa siyosatiga ishonmaslik, befarqlik va sovuqqonlik egalladi.
Qayta qurish siyosati maʼlum maʼnoda oshkoralik, demokratiya va fikrlar
xilma-xilligining kuchayishiga imkon yaratgan bo‘lsada, lekin bunday jarayonlarni
madaniy shaklda, xalqaro andozalar asosida olib borishga yo‘l qo‘yilmadi. Buning
ustiga respublika rahbariyati O‘zbekistonda demokratiya va oshkoralikning
kuchayishiga turli to‘siqlar qo‘ydi. Bunga ko‘proq
kommunistik mafkuraning
yakkahokimligi, maʼmuriy-buyruqbozlik tizimi asoratlari taʼsir qilar edi. Natijada
tom maʼnodagi oshkoralikka erishib bo‘lmadi, demokratiya esa amalda navbatdagi
siyosiy o‘yinlar ko‘rinishini oldi. Fikrlar xilma-xilligining turli ko‘rinishlari esa
yuqorining siyosiy va g‘oyaviy masalalarda hurfikrlilik va demokratiyani taʼqib
etishi asnosida yuz berdi.
Аna shunday sharoitda O‘zbekistonning o‘sha paytdagi siyosiy rahbariyati
Markaz oldida o‘zining no‘noq va noshudligini ko‘rsatdi. O‘zbekiston
Kompartiyasi Markaziy Komiteti rahbariyati Markazdan qochish, uni inkor etish
siyosati o‘rniga ko‘proq unga yaqinlashish va mustahkam birlashish yo‘lini tanladi.
O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining
birinchi kotiblari
I.Usmonxo‘jayev va R.Nishonovda qatʼiy jurʼat, Ittifoq doirasida respublikaning
tutgan o‘rnini ochiq-oydin aytish uchun mardlik va iroda yetishmadi. Аksincha, bu
rahbarlar va ularning o‘rinbosarlari Markaz vazifalarini tezroq uddalash,
respublikaning Ittifoqqa boqimanda ekanligi to‘g‘risidagi soxta fikrlarni tasdiqlash
va takrorlashdan nariga o‘tmadilar. Ijtimoiy va maʼnaviy sohada milliylikning har
bir ko‘rinishi internatsionalizm mohiyatiga yot ekanligini isbotlashga harakat
qilindi. Bu narsa o‘zbek
tiliga munosabat, islom dini, milliy urf-odatlar, anʼanalar
va diniy marosimlar, xususan, Navro‘z bayramiga munosabatda yaqqol ko‘rindi.
Qayta qurishning ikkinchi bosqichi (1987-1990-yillar) jamiyatning barcha
jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga qo‘ydi. Bunday vazifa
kommunistik mafkura tomonidan 1987-yil yanvarda yanada aniqlashtirildi. 1987-
yil 27-28-yanvarda bo‘lib o‘tgan KPSS MK Plenumida KPSS Markaziy
Komitetining Bosh sekretari M.S.Gorbachyov “Qayta qurish va partiyaning kadrlar
siyosati to‘g‘risida” maʼruza qildi. Unda siyosiy islohotlarning
asosiy maqsadi
oshkoralik va kadrlar siyosatini to‘g‘ri yuritish asosida sovet jamiyatini to‘liq
demokratlashtirishga eʼtibor qaratildi. Keyinchalik M.S.Gorbachyov o‘zining
qayta qurish haqidagi mashhur kitobida bu g‘oyalarini davom ettirdi. Biroq siyosiy
tuzumni isloh qilish va demokratlashtirish, keng xalq ommasining siyosiy va
tarixiy jarayonlarda ishtirok etishi Markaz uchun kutilmagan oqibatlarga olib
kelishi natijasida Moskva tomonidan siyosiy va iqtisodiy
islohotlar boshi berk
ko‘chaga kiritib qo‘yildi. Oqibatda 1990-yil qayta qurishning ikkinchi bosqichi
nafaqat SSSR aholisi, balki butun dunyo umid ko‘zi bilan qarayotgan bu siyosat