20
formatsiyali noilmiy “izm”lardan voz kechildi. Zero, tarix ijtimoiy-iqtisodiy
formatsiyalar almashinuvi bo‘lmasdan, balki bir-birini almashtirib va to‘ldirib
turuvchi, maʼlum xalqlar va elatlar, etnik guruhlar tomonidan yaratilgan
sivilizatsiyalar hosilasi hamda zanjiri ekanligi respublika
olimlari tomonidan
yakdillik bilan eʼtirof etildi.
Tarixning yaratuvchisi va ijodkori xalqdir. Bo‘lib o‘tgan tarixiy-madaniy
jarayonlar, voqea va hodisalar, islohotlarni xalqsiz va tarixiy shaxslarsiz tasavvur
etish aslo mumkin emas. Tarix – xalqning fikr hamda tafakkurining hosilasidir.
Аynan shuning uchun ham tarix – ibrat maktabi bo‘lib, o‘tmishda yo‘l qo‘yilgan
nuqsonlarni anglash va ulardan tegishli saboq chiqarish, hushyorlik va ogohlikka,
buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi turishga undovchi, milliy birlik, hamkorlik va
bag‘rikenglikka chaqiruvchi beqiyos ahamiyatli maktabdir.
Shundan kelib chiqib
taʼkidlash lozimki, qadim o‘tmish bilan bugungi kunning, o‘tmish ajdodlarimiz
bilan bugungi avlodlarimiz o‘rtasidagi bog‘liqlikni unutmasdan yanada
mustahkamlash milliy taraqqiyotning asosiy kafolati hisoblanadi. Bunday
bog‘lanishda esa tarix asosiy ko‘prik vazifasini bajaradi.
Haqqoniy yozilgan Vatan tarixini o‘rganish va o‘qitish u soxta tarixiy
tushuncha va tarixiy xotirasizlikka barham beradi, milliy g‘oya va mafkuraning
takomillashuvini tezlashtiradi. Xalqimiz undan ruhiy quvvat olib, dushmanga bosh
egmaslik, mustamlaka ilkiga tushmaslik, boshqalarga bo‘ysunmaslik,
begona
g‘oya va mafkura hamda zug‘umlar taʼsiriga berilmaslik maʼnaviyatiga ega
bo‘ladi. Shuning uchun ham tarixni o‘rganish va o‘qitish zarur. Tarixni mukammal
bilish, uning mazmun va mohiyati, falsafasini teran anglash millat uchun yuksak
fazilat hisoblanadi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani oldida turgan asosiy vazifa
quyidagilardan iboratdir: birinchidan, yoshlarga va bo‘lajak mutaxassis kadrlarga
chuqur milliy va umuminsoniy tarixiy, g‘oyaviy-siyosiy, ilmiy-nazariy
dunyoqarashni singdirish;
ikkinchidan, yoshlarda milliy tafakkur, g‘urur va
o‘zlikni, milliy vijdon va umuminsoniy barkomollikni tarbiyalash; uchinchidan,
yoshlarda otashin vatanparvarlik va milliy jasoratni, millat va Vatanga sadoqatni
rivojlantirish; to‘rtinchidan, yoshlarga milliy va tarixiy qadriyatlarni eʼzozlash,
asrab-avaylash ruhini singdirish, ularda yuksak axloqiy fazilatlar (halollik, poklik,
odillik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, kamtarinlik, imon va eʼtiqodlik)ni tarbiyalash;
beshinchidan, yoshlarni Vatan va xalq, millat, ota-ona, farzand, tabiat va jamiyat
oldidagi muqaddas burchlarini chuqur his etish va ularga sadoqatlik ruhida kamol
toptirish.
2017-yildan boshlab O‘zbekiston milliy tiklanishdan – milliy yuksalish
tomon yo‘l oldi. Bunda Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan
ilgari surilgan, mamlakatni zamonaviy asnoda rivojlantirishga qaratilgan
Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar katta ahamiyat kasb
etmoqda. 2021-yil oxirlaridan bu strategiya – Taraqqiyot strategiyasi nomini oldi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani uzviy ravishda yuqoridagilar va
bulardan boshqa o‘zining xilma-xil imkoniyatlaridan kelib chiqib, komil insonni
tarbiyalashga katta hissa qo‘shadi. Vatan tarixining davlat boshqaruvi va
21
qurilishida, jamiyat va insoniyat taraqqiyotida, millat va xalq hayotida tutgan o‘rni
hamda ahamiyati benihoya katta ekanligi qadim-qadimdan eʼtirof etib kelinmoqda.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, tarixning bu ajoyib xislati va tarbiyaviy
ahamiyati, kuch-qudratini barchamiz teran his etishimiz va anglab yetmog‘imiz
lozimdir.
Dostları ilə paylaş: