8
maqsadga erishish mushkul bo‘ladi. Bunday holat o‘quv jarayoni samaradorligiga
ham salbiy taʼsir ko‘rsatadi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani boshqa ijtimoiy va tabiat fanlaridan
farqli o‘laroq mustaqil fan hisoblanadi. Shuningdek, u barcha fanlar orasida
alohida o‘z o‘rni va mavqeyiga ega. U barcha fanlar tarixini ham o‘z ichiga olgan
holda ularning rivojiga katta taʼsir etadi. Bu uning o‘rganish predmeti va obʼyekti
hamda vazifasida to‘la namoyon bo‘lmog‘i kerak. Tarix fani o‘z
xususiyatiga
ko‘ra, birinchidan, o‘zining butun diqqat eʼtiborini faqat yaqin o‘tmishga qaratadi,
undan saboq beradi, xulosa chiqaradi, o‘tgan davrning hayot tarzi, ijtimoiy-siyosiy,
madaniy-maʼrifiy, iqtisodiy jarayonlarini o‘rganadi.
Ikkinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlarga
nisbatan ancha aniq fandir. U matematika usulidan ham keng foydalanadi. Tarixiy
voqea va hodisalar qatʼiy aniqlikda, davriy ketma-ketlik – xronologik asosda
o‘rganiladi. Shuningdek, tarixiy voqea va hodisalar, hujjat va dalillarning haqiqiy
va haqiqiy emasligi, ular qachon, qayerda, qanday tarixiy muhit va sharoitlarda
tarixan voqeʼ bo‘lgani aniqlanadi. Va nihoyat, bo‘lib o‘tgan voqeliklarning aniq
sabab va oqibatlari, shu bilan birga, ularning aniq shakl-shamoyillari va holati
aniqlanadi.
Uchinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani mamlakatimiz yaqin
o‘tmishidagi
siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy hayotining ahvoli, holatini o‘rganadi,
ulardan kelajak uchun saboq va xulosa chiqaradi. Mustaqillikka erishishidagi
murakkab siyosiy ahvol tahlil etilgan holda istiqlolning qanchalik ulug‘ neʼmat
ekanligi ko‘rsatib beriladi. Bu esa kelajak avlod uchun dasturilamal sifatida xizmat
qiladi.
To‘rtinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani ko‘p qirralik va xilma-
xillik xususiyatiga ega. U jamiyat taraqqiyotining va inqirozlarining faqat bir
tomoninigina emas, balki jamiyatning hamma tomonlarini uzviy, o‘zaro
bog‘liqlikda, bir butunlikda o‘rganadi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani
mamlakatning yaqin o‘tmishdagi voqeliklari, insoniyat hayoti, jamiyat
taraqqiyotini tahlil qiladi. Uning o‘rganish predmetiga esa mana shu makondagi
jamiki voqelik va jarayonlar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda
qonuniyatlar
hodisasi va jarayonlar, umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik
faoliyati kiradi.
Shu o‘rinda taʼkidlash lozimki, butun bir xalqlar, elatlar, millatlar va
davlatlarga taalluqli bo‘lgan murakkab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy
jarayonlar tarixda o‘z aksini topadi. Tadqiqotchilarning eʼtirof etishlaricha, inson
har qanday tarixning predmeti hisoblanadi. Har bir voqea, hodisa inson (yoki uning
bir guruhi – xalq) xatti-harakati, uning ko‘zlagan maʼlum maqsadga intilishi
jarayonida sodir bo‘ladi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining o‘rganish
makoni – obʼyekti mamlakatning eng yangi tarixi davri hisoblanadi. Mazkur davr
respublika mustaqillikka erishganidan to shu bugungi kunga qadar bo‘lgan hayot
tarzini qamrab oladi. Tarixiy obʼyekt (makon)ga nisbatan O‘zbekistonning eng
yangi tarixi fanining maqsadi, vazifasi, yo‘nalishi va harakat (faoliyat) doirasi yoki
chegarasi belgilanadi. Maʼlum bir maʼnoda obʼyekt bilan predmet bir-biriga juda
9
yaqin tushuncha bo‘lsa-da, ular tarix fanida tutgan o‘rni
va vazifasi bilan
farqlanadi.
Obʼyekt aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy
chegaralar, maʼlum bir xalq, millat, mamlakat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, maʼlum
hudud doirasidagi voqea va hodisalarning bir butun va yaxlitlikda o‘z ichiga oladi.
Predmet esa mana shu bir butun obʼyekt ichidagi aniq siyosiy, tarixiy-madaniy,
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan iborat bo‘ladi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani fan sifatida ijtimoiy-siyosiy,
umuminsoniy xarakterdagi fan bo‘lib, inson va millat o‘z o‘tmishini bilishi,
o‘zligini anglashi hamda kelajagini belgilashida asosiy dasturilamal hisoblanadi.
Shu bilan birga, u ijtimoiy-siyosiy hayot sohasidagi yagona fan ham emas.
Jamiyat, umuman, insoniyat o‘tmishini o‘rganuvchi boshqa soha fanlari ham bor.
Masalan, arxeologiya, etnologiya, geologiya, antropologiya,
demografiya,
madaniyat, iqtisodiyot va boshqa fanlar shular jumlasidandir. Аmmo boshqa
fanlarning hammasi tabiat, jamiyat ham, avvalo, katta tarixda aks etadi. Soha tarixi
fanlari ham tarix fanining o‘rganish obʼyekti va predmeti hisoblanadi.
Tarix fani boshqa, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan mustahkam va
uzviy aloqa birligida rivojlanadi. Shuning uchun ham tarixchilar falsafa, adabiyot,
tilshunoslik, dinshunoslik va boshqa fanlarni bilmay turib, haqqoniy tarixni to‘la
yoritib berolmaydilar.
Shuni ham aytish lozimki, tarix bilan boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning
o‘rganish obʼyekti bitta, yaʼni jamiyat hisoblanadi. Predmeti esa inson va tabiatdir.
Shuning uchun ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga, tarixiy haqiqatlarning
ro‘yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shuningdek, tarix fani ham boshqa
soha fanlari rivojiga katta taʼsir etadi. Bundan tashqari tarix boshqa fanlarni,
shuningdek, ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham tarixidir. Chunki boshqa fanlarning
hammasi ham tarix mahsulidir.
Muxtasar
qilib aytganda, tarix fani, yaʼni Vatan tarixi – millat va Vatan
kelajagining ravnaq topishida muhim ahamiyatga ega. Masalaning mohiyati
shundaki, birinchidan, ijtimoiy-gumanitar fanlarning rivojlanishi har jihatdan tarix
fanining naqadar haqqoniy bo‘lishiga bog‘liqdir. Chunki ular tarix bilan bevosita
bog‘liq. Ikkinchidan, tarix falsafasi qanchalik to‘la va ravon tarzda yuzaga chiqsa,
boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning mazmun va mohiyati hamda taʼsirchanligi
ham shuncha yuksak darajada bo‘ladi.
Tarix falsafasi deganda, tarix, yaʼni o‘tmish tajribasi va sabog‘idan to‘g‘ri
xulosa chiqara olish tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, o‘tmish-tarixga qarab,
kelajakni his etish, ko‘ra bilish va to‘g‘ri belgilay olish ham tarix falsafasini
anglashni bildiradi.
Tadqiqotchilarning eʼtirof etishlaricha, insonning shaxsiy manfaat va
ehtiyojlari, qolaversa, uning qobiliyati, isteʼdodi, voqelikni teran idrok etishi tarix
falsafasini anglab yetishda muhim ahamiyat kasb etadi. Аynan shu nuqtayi
nazardan
olib qaraganda, inson aql-idroki, uning tafakkur darajasi, hayotiy
falsafasi, jamiyat taraqqiyoti yo‘lidagi barcha saʼy-harakatlari hamda intilishlari
maʼlum millat va jamiyat mentalitetini belgilab beradi. Mana shu mentalitet millat
10
yoki xalqning umummadaniy-maʼnaviy darajasi, aql-idroki va tafakkur
maydonining salohiyatiga qarab o‘ziga xos mazmun-mohiyat kasb etadi. Tarix esa
ana shu murakkab, ziddiyatli, shu bilan birga, qudratli ruhiyat va faoliyat orqali
xotiraga aylanadi. Bu holat tarix falsafasini o‘zida ifoda etadi.
Dostları ilə paylaş: