3. O‘zbekistonning eng yangi tarixini davrlashtirish.
Markaziy Osiyo mintaqasi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi bo‘lib,
insoniyat qadimgi tarixi va madaniyati o‘choqlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Uzoq
yillar mobaynida olib borilgan tadqiqotlar natijasida mintaqaning turli viloyatlarida
umumiy, bir-biriga o‘xshash, ko‘p hollarda bir-birini takrorlaydigan madaniyatga
oid yodgorliklar topib o‘rganilgan va ilmiy doiraga tatbiq etilgan. Chunonchi,
O‘rta Osiyo hududlarida qadimgi davrlarda yuz bergan tarixiy-madaniy, ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy jarayonlar bir-biriga yaqin bo‘lib, turli migratsion jarayonlarga
qaramasdan bu hududda yashagan qadimgi qabilalar hamda elatlarni umumiy va
etnik ildizlar birlashtirib turgan. Shuning uchun ham O‘rta Osiyo xalqlarining
tarixiy taqdiri qadimgi davrlardan boshlab bir-biriga uzviy bog‘langan bo‘lib,
qadimgi davrlar haqida so‘zlaganimizda “Markaziy Osiyo tarixi” va “O‘zbekiston
tarixi” atamalarini yonma-yon ishlatishimizning boisi ham ana shundadir.
Maʼlumki, nafaqat O‘zbekiston, balki butun insoniyat tarixi uzoq va murakkab
jarayon bo‘lib, tarixiy-madaniy voqealarga nihoyatda boy hisoblanadi. So‘nggi
yillarda O‘rta Osiyoning turli hududlarida arxeologiya, antropologiya, etnografiya
va numizmatikaga oid ko‘plab tadqiqotlar olib borildi hamda tariximizni xolisona
yoritish uchun xizmat qiladigan muhim maʼlumotlar to‘plandi. Ushbu maʼlumotlar
va ashyolar o‘lka tarixining turli bosqichlaridagi iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy-
siyosiy jarayonlari haqida yanada to‘laroq tasavvurlar hosil qilish imkonini berib,
ular eng qadimgi xo‘jaliklar va mehnat qurollari, zamonaviy qiyofadagi odamning
paydo bo‘lishi, xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakllariga o‘tilishi, ishlab
chiqarishda metalning ishlatila boshlanishi, ayirboshlash va savdo-sotiq, ilk
shaharlar va davlatlarning tashkil topishi kabi ko‘plab tarixiy-madaniy
jarayonlariga bog‘liq ravishda bo‘ladi. Tarixni davrlashtirishda ushbu jarayonlarga
asosiy eʼtibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston tarixini zamon talablariga asoslanib
davrlashtirish masalasida turlicha nuqtayi nazarlar mavjud. Bu masala yuzasidan,
xususan, eng qadimgi davrlardan bugungi kunga qadar bo‘lgan tariximizni
davrlashtirishda eʼtibor berilishi lozim bo‘lgan tarixiy-madaniy jarayonlar,
masalaga sivilizatsion yondashuv, davrlashtirishning metodologik asoslari kabi
masalalarga A.Asqarov, E.Rtveladze, A.Sagdullayev va boshqa olimlar eʼtibor
qaratganlar. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlardan kelib chiqib,
O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalalariga qisqacha to‘xtalib o‘tish lozim.
Chunki o‘rganilayotgan tarixni, avvalo, xronologik izchillikda davrlarga bo‘lib, har
bir davrning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib darslik nuqtayi nazaridan
maʼruzalar belgilash hamda dars soatlarini taqsimlash maqsadga muvofiqdir.
Qanchalik sodda ko‘rinmasin, bu jihat ham murakkab masala hisoblangan tarixni
to‘g‘ri davrlashtirishni talab etadi. Masalaning eng muhim tomoni esa
yoshlarimizga ilmiy asoslangan davrlashtirish yuzasidan tarix fanidan taʼlim
berishdir.
Yuqorida taʼkidlanganidek, mustaqillik davriga kelib, haqqoniy tariximizni
yaratish borasida olib borilgan tadqiqotlar tufayli sovet davri mafkurasiga
asoslangan besh bosqichli formatsion davrlashtirish inkor etildi. Qadimgi tarixni
15
davrlashtirish masalasida tarixiy-madaniy taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy
omillariga asosiy eʼtiborni qaratish g‘oyalari paydo bo‘ldi. Xususan,
A.Sagdullaevning fikricha, Markaziy Osiyo tarixining eng qadimgi davri bir necha
yuz ming yillarni o‘z ichiga oladi. Yevropa va Osiyo hududlarida tarixiy va
madaniy jarayonlar rivojlanishining notekisligi, ayniqsa, turli davrlarda moddiy
madaniyatdagi o‘zgarishlarning bir-biriga mos kelmasligi tufayli, ayrim
hududlarga tegishli tarixiy sana va davrlashtirish bir-biridan farqlanadi.
A.Asqarovning fikricha, O‘zbekiston tarixi jahon tarixining tarkibiy qismidir. Bu
zaminda yuz bergan tarixiy jarayonlarni jahon tarixidan ajratib o‘rganish mumkin
emas. Ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarining
mahsulidir. Har bir xalq yer kurrasining qaysi mintaqasida yashamasin,
taraqqiyotning barcha bosqichlarini u yoki bu darajada bosib o‘tishi shart. Ammo
jamiyat rivojlanishi hamma yerda birday kechmagan. Jamiyatning notekis
rivojlanish qonuniyati esa qadimgi zamonlarda ko‘proq mintaqaning tabiiy-
geografik va ekologik imkoniyatlariga bog‘liq bo‘lgan. Jamiyat hayotida yuz
beradigan tub ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, Markaziy Osiyo tarixining rivojlanish
darajasi va ana shu mintaqa tarixi taqozo etgan holatdan kelib chiqib, Markaziy
Osiyo, xususan, O‘zbekiston tarixini davrlashtirish mumkin. Tarixni davrlashtirish
masalasi A.Asqarovning “O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi” monografiyasida
ham keng yoritilgan va unda tarixni davrlashtirishda nimalarga eʼtibor berish
lozimligi taʼkidlanib, O‘zbekiston tarixini 7 ta davrga bo‘lib o‘rganish maqsadga
muvofiqligi ilgari surilgan. Unda jamiyatda yuz bergan tub o‘zgarishlar hisobga
olingan holda, birinchidan, har bir ulkan tarixiy davrda jamiyatning iqtisodiy
asosini harakatlantiruvchi kuchlari kimlar edi? Ikkinchidan, jamiyatda mulkka
egalik qilishning xarakteri qanday bo‘lgan? Uchinchidan, jamiyat ijtimoiy
hayotining maʼnaviy asosini qanday mafkura tashkil etgan? – degan savollar
qo‘yilib, kishilik jamiyati tarixi davrlashtirilishi kerak, degan fikrni ilgari surgan.
Shu bilan quyidagi davrlashtirish taklif etilgan:
O‘zbekistonda “Ibtidoiy to‘da davri”. O‘zbekistonda “Ibtidoiy urug‘chilik
jamoasi va mulk egaligining shakllanish davri”. Bu davrni uch bosqichga bo‘ladi:
1-bosqich – matriarxat urug‘ jamoasi bosqichi. 2-bosqich – XX asrning ikkinchi
yarmi davomida jahon fanida Shimoliy-Sharqiy Аfrikaning Olduvay darasida olib
borilgan arxeologik va antropologik izlanishlarga ko‘ra, odamzodning ilk ajdodlari
bundan 2,5-3 million yil avval Аfrika qitʼasida yashay boshlagan. “Homo
sapiyens, sapiyens” (aqlli odam) esa, yer kurrasida mil. avv. II million yildan
boshlab yashay boshlagan, degan tasavvur paydo bo‘ldi. 3-bosqich urug‘
jamoalarining harbiy demokratiya bosqichi. O‘zbekistonda “Ilk o‘rta asrlar davri”.
“O‘rta asrlar davri. Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston tarixining beshinchi
davrini “Mustamlakachilik” deb atash mumkin. Uning davriy chegarasi – Rossiya
imperiyasi bosqinidan to 1917-yil oktabr to‘ntarishiga qadar davom etgan davrni
o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston tarixining oltinchi davri “Sovetlar hukmronligi davri” bo‘lib, bu
davr 1917-yildan 1991-yilgacha davom etgan. O‘zbekiston tarixining yettinchi
davri eng yangi deb nomlanib, bu davr 1991-yil 31-avgustdan to bugungi kungacha
16
bo‘lgan davrlarni qamrab oladi. Yuqorida akademik А.Аsqarovning mulohazasi
bo‘yicha guruhlar maʼlum juzʼiy o‘zgarishlar asosida qabul qilindi.
Mazkur davrlashtirish uslubida ham O‘zbekiston hududining o‘ziga xos
taraqqiyot yo‘li aks etgan. Shuningdek, biz o‘rganayotgan davr, yaʼni O‘zbekiston
tarixining yettinchi davri “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” deb atalib, ushbu davr
ham o‘z ichida bir necha bosqichlardan iboratdir. Xususan, mustaqillik davrida
mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida amalga oshirilgan tub o‘zgarishlar,
respublika aholisining fidokorona mehnati tufayli qo‘lga kiritilgan katta yutuq va
natijalarni, ularning mohiyati va ahamiyatini hisobga olib mustaqil taraqqiyot
davrining 3 bosqichga bo‘linishini ko‘rish mumkin. Birinchi bosqich 1991-2000-
yillarni o‘z ichiga olib, bu davrda mustaqillikning poydevori bunyod etilib,
“o‘zbek modeli” asosida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sari yo‘l tutildi, O‘zbekiston
jahon hamjamiyati tomonidan tan olindi, milliy istiqlol mafkurasi jamiyat hayotiga
keng kirib bordi.
2001-2010-yillarni o‘z ichiga olgan ikkinchi bosqich, demokratik
o‘zgarishlar, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, ijtimoiy-siyosiy hayot sohalarini
izchil isloh qilishni taʼminlash davri bo‘ldi.
Uchinchi bosqich esa 2010-yildan 2017-yilgacha bo‘lgan davr hisoblanib,
bunda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, fuqarolik institutlarini
rivojlantirish,
bozor
islohotlarini
va
iqtisodiyotni
liberallashtirish
–
chuqurlashtirish davri bo‘lib qoldi. Ushbu davrning boshlanishi mamlakatda
fuqarolik
jamiyatini
shakllantirish
va
demokratik
islohotlarni
yanada
chuqurlashtirish konsepsiyasining ishlab chiqarilishi bilan bog‘liqdir.
Shuningdek, O‘zbekistonning eng yangi tarixida yuqoridagi bosqichlarga
qo‘shimcha ravishda 2017-yildan keyingi davrni ham alohida jarayon sifatida
qabul qilish lozim. Mazkur davr tarixi 2016-yil dekabr oyida saylangan
O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning strategik taraqqiyotga asoslangan
keng ko‘lamli jadal islohotlar davri boshlangani bilan izohlash mumkin. Bu davr
hozirgi kunda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot davri deb ham nomlanmoqda.
Mustaqillikka erishganimizdan keyingi davrda O‘zbekistonning eng yangi
tarixini yozish soha xodimlari oldidagi dolzarb masalalardan biri bo‘lib, bu o‘rinda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida “O‘zbekistonning
yangi tarixi markazini tashkil etish” to‘g‘risidagi Farmoyishiga muvofiq hamda
xalqimizning yangi tarixini o‘rganish va yozish, mamlakatimiz hayotida sodir
bo‘layotgan katta o‘zgarishlar va uning jahonshumul tarixiy ahamiyatini
ko‘rsatishni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 16-
dekabrdagi “O‘zbekistonning yangi tarixi”ni tayyorlash va nashr etish to‘g‘risidagi
qarorining o‘rni ahamiyatli hisoblanadi. Ushbu qarorga ko‘ra, O‘zbekistonning
yangi tarixi”ni yozishda quyidagi asosiy yo‘nalishlar eʼtiborga olinishi belgilab
berildi:
– xalqimiz o‘tmishidagi millat taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy
jarayonlarni chuqur ilmiy tadqiq etish va xolisona yoritish;
17
– “O‘zbekistonning yangi tarixi”ni yozishda tarix bosqichlari va ijtimoiy-
siyosiy taraqqiyot uzluksiz jarayon ekanligini nazarda tutish, tarixiylik va
vorisiylik tamoyillariga amal qilish;
– O‘zbekiston xalqining buyuk tarixiy merosga ega ekanligi va
umumbashariyat qadriyatlariga munosib hissa qo‘shganligini eʼtirof etgan holda
o‘ziga xos davlat qurilishi anʼanalari va ularga nisbatan fikrlar, qarashlar xilma-
xilligi mavjudligini hisobga olish;
– “O‘zbekistonning yangi tarixi”ning har bir qism va bo‘limlarini yozishda
biryoqlama, subʼyektiv yondashuvlarga yo‘l qo‘ymasdan yagona tadqiqot uslubiga
amal qilish;
– O‘zbekiston tarixiga oid voqea-hodisalarni yoritishda uning ko‘hna
Turonzamin, Movaraunnahr, Turkiston tarixining tarkibiy qismi bo‘lganligini
yodda tutish;
– O‘zbekiston tarixi dunyoning turli mintaqalarida sodir bo‘lgan ijtimoiy-
tarixiy voqea-hodisalar hamda jahon taraqqiyoti jarayonlari bilan uzviy bog‘liq
ekanligini va ularning bir-biriga o‘zaro taʼsirini hisobga olish;
– tadqiqot yaratishda eski kommunistik-bolshevistik mafkura aqidalariga va
o‘tmishni soxtalashtirishga yo‘l qo‘ymaslik, tarixiy jarayonlarni xolisona baholash;
– yoshlarni milliy istiqlol g‘oyalari, vatanparvarlik va umuminsoniylik
ruhida tarbiyalashda tarixiy voqea-hodisalarning ahamiyatini eʼtiborga olish.
“O‘zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining
eng yangi tarixini tadqiq etish va o‘qitish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik,
maʼrifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, ilm-fanning taʼlim hamda boshqa
ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va
rivojlantirish borasida ilmiy, madaniy, taʼlim, jamoat muassasalari va tashkilotlari
faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, yoshlarda,
avvalambor, umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar
o‘quvchilarida, oliy o‘quv muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi
chuqur bilimlarni shakllantirish maqsadida” O‘zbekiston Prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning 2017-yil 30-iyun kuni “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik
kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ham O‘zbekistonning eng
yangi tarixini yaratishda muhim burilish bo‘lib xizmat qildi. Mazkur qaror bilan
O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashining quyidagi
asosiy vazifalari belgilandi:
– demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning
“o‘zbek modeli” mohiyati va mazmunini, jamiyatda barqarorlikni, millatlararo
totuvlik va diniy bag‘rikenglikni saqlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borish,
hozirgi dunyoda O‘zbekistonning roli va o‘rnini chuqur o‘rganish hamda yaqqol
ochib berish;
– O‘zbekistonning eng yangi tarixini zamonaviy nazariy-metodologik,
fanlararo yondashuvlarga, tarixiylik va xolislik tamoyillariga asoslangan holda
tizimli o‘rganishni tashkil etish, O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha dolzarb
muammolarni ishlab chiqish, shuningdek, buyuk tarixiy-madaniy merosga ega
18
bo‘lgan va jahon sivilizatsiyasining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan o‘zbek xalqining
tarixiy o‘tmishi va bugungi kuniga baho berishda bir yoqlama yondashuvlarga,
aqidaparastlikka yo‘l qo‘ymaslik ishlarini amalga oshirish;
– ilmiy, o‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlash va
chop etish ishlarini muvofiqlashtirish, ularda O‘zbekistonning eng yangi tarixini
umumjahon va mintaqaviy jarayonlar bilan, shuningdek, hozirgi O‘zbekiston
hududida shakllangan xalqlar va davlatlar sivilizatsiyasining tarixiy-madaniy
merosi bilan uzviy bog‘liq holda ko‘rib chiqishni taʼminlash;
– O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha ilmiy, o‘quv va o‘quv-metodik
adabiyotlar, o‘quv dasturlari monitoringini shakllantirish;
– sohada ilmiy-tadqiqot, o‘quv-metodik ishlarning sifatini yaxshilash
bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va joriy etish;
– fuqarolarda tarixiy xotira, milliy o‘zlikni anglash, yuksak maʼnaviyat,
xalqning tarixiy anʼanalari, madaniy merosiga hurmat, O‘zbekiston mustaqillikka
erishganligining
buyuk
tarixiy
ahamiyatini
anglash
kabi
fazilatlarni
shakllantirishga yo‘naltirilgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini, shu
jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali oshirib borishga ko‘maklashish;
– O‘zbekiston tarixi bo‘yicha zamonaviy chet el ilmiy va o‘quv
adabiyotlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish,
hozirgi O‘zbekistonning tarixiy o‘tmishi, sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy
rivojlanishi, mamlakatda olib borilayotgan demokratik islohotlar to‘g‘risidagi xolis
axborotni keng xalqaro jamoatchilikka ilmiy asosda yetkazish.
Qarorda,
shuningdek,
ijtimoiy-gumanitar
fanlarni
taʼlim
bilan
integratsiyalashuvini mustahkamlash va rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Jamoatchilik kengashining ishchi organi sifatida O‘zbekistonning eng yangi
tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi metodik markaz belgilangan bo‘lib,
uning asosiy vazifalari sifatida Jamoatchilik kengashi faoliyatini ilmiy-metodik
taʼminlash, O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish bo‘yicha dolzarb
masalalarni ishlab chiqish, O‘zbekiston Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus
taʼlim vazirligi bilan birgalikda O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha o‘quv,
o‘quv-metodik adabiyotlar yaratish yuzasidan tanlovlar o‘tkazishda ishtirok etish,
davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida O‘zbekistonning eng yangi tarixi
tadqiqotlari bo‘yicha ilmiy-texnika loyihalari tanlovlarini vazifalari ro‘yxatiga
kiritish uchun takliflar ishlab chiqish, O‘zbekistonning eng yangi tarixini
o‘rganishning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirish yuzasidan
tadqiqotlar olib borish, har yili O‘zbekiston eng yangi tarixining dolzarb masalalari
bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro va respublika konferensiya hamda seminarlari
ro‘yxatini amaldagi tartibda ishlab chiqish belgilangan.
Dunyoda, xususan, O‘zbekistonda yuz berayotgan keng ko‘lamli
o‘zgarishlar davrida tarix fani ham bir qator masalalarni qayta ko‘rib chiqish va
chuqur o‘rganish muammosiga duch kelmoqda. Bu haqida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 18-dekabrdagi Oliy
Majlisga Murojaatnomasida “...milliy o‘zligimizni anglash, Vatanimizning
qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish,
19
gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash lozim”,
degan fikrlari bayon qilingan va yuqorida ta’kidlangan masalalr sohaning oldiga
ko‘plab ilmiy masalalarni ko‘ndalang qo‘yadi.
Dostları ilə paylaş: |