Reja: Begona otlar keltiradigan zararlar



Yüklə 26,84 Kb.
səhifə1/6
tarix20.06.2023
ölçüsü26,84 Kb.
#133065
  1   2   3   4   5   6
Reja Begona otlar keltiradigan zararlar


Sugoriladigan yerlarda osadigan
ashaddiy begona otlar
Reja:

  1. Begona otlar keltiradigan zararlar.

  2. Parazit begona otlar.

  3. Kam va kop yillik begona otlar.

  4. Mavsumiy begona otlar.

Begona o‘tlar sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida juda keng tarqalgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligiga katta zarar etkazadi. Begona o‘tlar keltiradigan zararlarga quyidagilar kiradi:


1) tuproqdan juda ko‘p miqdorda suvni o‘zlashtiradi;
2) tuproqda oziq moddalarni kamaytiradi;
3) tuproqqa ishlov berishlar soni ortadi;
4)qishloq xo‘jalik ishlarini mexanizat-siyalashtirishni qiyinlashtiradi (qishloq xo‘jalik mashina va agregatlarining ish organlarini sindiradi, tuproqqa ishlov berish sifatini pasaytiradi);
5) madaniy o‘simliklarni soyalab qo‘yadi;
6) ekinlarning yotib qolishiga olib keladi (masalan, qo‘ypechak va
toron);
7) kasallik va zararkunandalarning tarqalishiga sabab bo‘ladi (qo‘ypechak, bo‘ztikan, yantoq kabi begona o‘tlar o‘rgimchakkana, shira, karadrina va g‘o‘za tunlamini tarqatuvchi, yovvoyi turp, rango‘t va boshqalar karam kili, un shudring zamburug‘larini tarqatuvchi, bug‘doyiq esa g‘alla zangi va boshqa zamburug‘ kasalliklarining rivojlanish manbai hisoblanadi);

  1. olingan hosil sifatini pasaytiradi.

9) odam va hayvonlarning zaharlanishiga olib keladi (akonit, bangidevona, mingdevona, tuyaqorin, g‘umay, yosh vaqtida urug‘ida hamda vegetativ organlarida zaharli moddalar saqlovchi boshqa o‘simliklar).
10) sug‘orish tarmoqlaridan suvning isrof bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.
Ekinlar hosildorligini oshirish va hosil sifatini yaxshilash uchun begona o‘tlarni puxta o‘rganish va ularga qarshi kurashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish lozim. Begona o‘tlar turlicha biologik xususiyatga ega bo‘lganligi sababli ularni o‘rganishga kirishishdan avval ularni ba’zi xususiyatlariga ko‘ra biologik guruhlarga bo‘lib olish lozim. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston tuproqlarida begona o‘tlarning 72 oilaga mansub 850 yaqin turlari uchraydi. Bunday ko‘p sonli begona o‘tlarni.



Yüklə 26,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin