Reja: Begona otlar keltiradigan zararlar


Yarim parazit begona o‘tlar



Yüklə 26,84 Kb.
səhifə3/6
tarix20.06.2023
ölçüsü26,84 Kb.
#133065
1   2   3   4   5   6
Reja Begona otlar keltiradigan zararlar

Yarim parazit begona o‘tlar. Bu begona o‘tlar Markaziy Osiyo davlatlarida tarqalmagan bo‘lib, asosan Evropada, Rossiyada uchraydi. Yarim parazit begona o‘tlarning yashil barglari bo‘lib, ular fotosintez qilish qobiliyatiga ega. Ularga katta rinantus (Rhinanthus major), katta pogryemok (Alectorolophus major), zubchatka (Odontites rubra), ochanka (Euphra sia montana) kabi o‘simliklar kiradi.
Noparazit begona o‘tlar. Begona o‘tlarning bu guruhiga yashil bargi va ildiz tizimi bo‘lgan, mustaqil hayot kechiradigan o‘simliklar kiradi. Noparazit begona o‘tlar o‘suv davrining uzun yoki qisqaligiga qarab ikki katta guruhga: kam yillik va ko‘p yillik o‘tlarga bo‘linadi.
Kam yillik begona o‘tlar – butun hayotida bir marta hosil tugadi va hayotining uzun-qisqaligiga qarab, bir yillik va ikki yillik begona o‘tlarga bo‘linadi.
Bir yillik begona o‘tlar. Bir yillik begona o‘tlar eng ko‘p tarqalgan biologik guruh hisoblanadi. Ularning ildiz tizimi ko‘p yilliklarnikiga qaraganda ancha kuchsiz rivojlanganligi sababli ularni tuproqdan sug‘urish oson bo‘ladi. Ularning ildizi ingichka o‘qildiz yoki popukildiz. Yer ustki qismi hamma vaqt o‘tsimon. Yil davomida – bahor, yoz yoki kuzda – bir yillik begona o‘tlar urug‘dan unib chiqadi, gullaydi va hosil tugadi. Urug‘i pishgandan keyin ular tezda nobud bo‘ladi. Hozirgi vaqtda sug‘oriladigan yerlarda bir yillik begona o‘tlarning 520 dan ortiq turi uchraydi. Markaziy Osiyo sharoitida g‘o‘za va sug‘oriladigan boshqa ekinlar dalasida ko‘pincha shamak, ko‘k yoki oq itqo‘noq, olabo‘ta, yovvoyi gultojixo‘roz, qo‘ytikan, qora ituzum, qurtena, temirtikan, qorako‘za va boshqalar uchraydi.
Bir yillik begona o‘tlar o‘z navbatida urug‘ining unib chiqish muddatlariga qarab: 1) Efemerlar; 2) bahorgilar; 3) qishlovchilar va 4) kuzgilarga bo‘linadi.
Efemerlar. Bu guruhga qor erib ketgandan keyin tez unib chiqadigan, urug‘i unishidan to yangi hosili pishguncha 45-60 kun vaqt o‘tadigan, o‘suv davri issiq kunlar boshlanguncha tugaydigan (yulduzo‘t,
lolaqizg‘aldoq singari) begona o‘tlar kiradi. Yulduzo‘tga o‘xshash ba’zi еfemer begona o‘tlar yoz davomida bir necha bo‘g‘in beradi.
Lolaqizg‘aldoq - ko‘knoridoshlar oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi o‘rtacha 15-40 sm, poyasida sussimon shira bo‘lgan, gullari yirik, yakkayakka joylashgan Efemer o‘simlikdir. Poyasi tik o‘suvchi, oddiy, qalin
tukchalar bilan qoplangan. Lolaqizg‘aldoq fevralning oxiri – mart oyining boshlarida unib chiqadi va aprel-may oyining boshlarida gullaydi. Mevasi
may-iyun oylrida pishadi. Bir tup o‘simligida 25 mingtagacha urug‘ bo‘ladi va urug‘i unuvchanligini 15-25 yilgacha saqlaydi. Urug‘lari faqat 1,5 – 2 sm chuqurlikdan unib chiqadi. Yulduzo‘t – Stellaria media L. chinniguldoshlar (Saryophyllaceae) oilasiga kiradi. Poyasi to‘g‘ri, ko‘tarilgan yoki yotiq, sershox bo‘lib, 60 sm gacha etadi. Yulduzo‘t yer yuzasining hamma joyida uchraydi. U faqat Arktika va Alp tog‘larida bo‘lmaydi. Tomorqa va bog‘larda, shuningdek, turar joylar yaqinida, yo‘llar yoqasida, daryolar bo‘yida juda ko‘p uchraydi. U har xil tuproq sharoitlariga tezda moslashadi va nam joylarda ayniqsa yaxshi rivojlanadi. Yulduzo‘t nam yerda sudralib o‘sadigan poya bo‘g‘imlaridan ildiz otish xususiyatiga ega. Bahordan kuzgacha gullaydi va hosil tugadi. Urug‘dan ko‘payadi. Bitta o‘simligi 25 mingtagacha urug‘ tugadi. Urug‘i tuproqda 1 sm chuqurlikda va harorat 5-70 bo‘lganda juda yaxshi unib yaiqadi. Urug‘i 25 yilgacha unuvchanligini yo‘qotmaydi. Yoz bo‘yi yulduzo‘t ikki–uch bo‘g‘in
beradi.

Yüklə 26,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin